Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOSHKENT SHAHRINI YOʻLOVCHILAR TASHISH AVTOBUSLARI BILAN TAʼMINLASH TOʻGʻRISIDA” 2002-YIL 24-SENTABRDAGI 331-SON QARORIGA QISMAN OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahri aholisiga va xorijiy mehmonlarga transport xizmati koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish, sotib olinayotgan “Mercedes-Benz Conecto O345” rusumli yoʻlovchi tashish avtobuslarining sifatli texnik tavsiflarini hamda qulayligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi bilan “EvoBus GmbX, Mersedes-Bens Avtobuslar” (Germaniya) kompaniyasi oʻrtasida 2002-yil 5-apreldagi oldi-sotdi Bosh kontraktiga bosh kontraktning 37,42 mln yevro summasidagi tasdiqlangan umumiy qiymati doirasida avtobuslar rusumlari spetsifikatsiyalarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi shahar yoʻlovchi tashish avtbuslarini bosqichma-bosqich yetkazib berish yuzasidan Bosh kontraktga 1-son qoʻshimcha bitim tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi tuzilgan qoʻshimcha Bitimga muvofiq 30 ta “Mercedes-Benz Conecto O345U” rusumli avtobusi, 3 ta “Mercedes-Benz Sprinter 413 CDI” rusumli mikroavtobus, 1 ta “Mercedes-Benz Tourizmo RHD” rusumli sayyohlik avtobusi oʻz vaqtida sotib olinishi va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasin.
2. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi ushbu qarorga muvofiq “EvoBus GmbX, Mersedes-Bens Avtobuslar” kompaniyasi bilan tuzilgan kontraktlar asosida respublikaga keltiriladigan 270 ta “Mercedes-Benz Conecto O345” rusumli avtobus, 30 ta “Mercedes-Benz Conecto O345U” rusumli avtobus, 3 ta “Mercedes-Benz Sprinter 413 CDI” rusumli mikroavtobus, 1 ta “Mercedes-Benz Tourizmo RHD” rusumli sayyohlik avtobusi, ehtiyot qismlar, maxsus texnika, asbob-uskunalar va boshqa foydalanish materiallari uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini yoʻlovchilar tashish avtobuslari bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 2002-yil 24-sentabrdagi 331-son qarorning 11-bandi uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 2-may,
207-son