Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.04.1994 yildagi 185-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 05.04.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAZIRLAR MAHKAMASINING “RESPUBLIKADA KAM QAVATLI UY-JOY-XOʻJALIK OBYEKTLARI QURIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1993 YIL 30 AVGUSTDAGI 434-SON QARORIGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi 434-son qaroriga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari boʻyicha, shuningdek, birlashmaning oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan mebellar bilan jihozlangan kam qavatli obyektlarni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish “Toshxorijiyqurilish” davlat-aksionerlik qurilish birlashmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar Diplomatik servis xizmatiga ularning 1994-1995-yillardagi hisob-kitoblariga muvofiq miqdorlarda kredit resurslari bersinlar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent shahar hokimligining yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga yer maydonlari ularning sifatiga, qanday erda joylashganligiga va muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganligiga bogʻliq ravishda toʻlovlarning tabaqalashtirilgan miqdorlari joriy etilishi hisobga olingan holda ajratilishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga birlashmaning oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan qurilgan kottejlarni koʻchmas mulk birjasida sotishga yoki Oʻzbekiston fuqarolariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga ruxsat berilsin. Bunday hollarda uy-joylar jismoniy shaxslarga ularning mavjud uy-joy sharoitlaridan qatʼi nazar, sotiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu masala boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlasin hamda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1994-yil 5-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
185-son