Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016 02.02.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1307
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2016
Hujjat 12.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASIDAN OʻTAYoTGAN ShAXSLARNI KOʻZDAN KEChIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 2-fevralda 1307-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 9-apreldagi 01-02/12-21-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1307-4, 12.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda), Bojxona kodeksining 45-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi 374-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining 1995-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi Muvaqqat yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 59-sonli buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Rais oʻrinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 5-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/20-46-son

Davlat bojxona qoʻmitasining
2003-yil 5-noyabrdagi 1-02/20-46-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA

Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Bojxona kodekslariga hamda “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va bojxona chegarasidan oʻtayotgan yoxud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aeroportlarning tranzit zonasida turgan shaxsni koʻzdan kechirish asoslari va uning tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 49-moddasiga koʻra, bojxona organlari bojxona nazoratini oʻtkazishda qoida tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash uchun yetarli boʻlgan shakllarini qoʻllaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish shaxslarni qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinishini bildirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bojxona nazoratining “Shaxsni koʻzdan kechirish” shakli bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosarining yozma qaroriga asosan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni oʻz yonida yashirayapti va koʻrsatmayapti deb hisoblashga asoslar boʻlgan taqdirda bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan yohud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq aeroportning tranzit zonasida turgan har qanday jismoniy shaxs koʻzdan kechirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va sobiq Prezidenti, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan holda bojxona chegarasidan oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari bojxona nazoratining “Shaxsni koʻzdan kechirish” shaklidan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining sudyalari ham shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1961-yil 18-aprelda qabul qilingan “Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisida”gi Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik immunitetga ega boʻlgan shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan koʻzdan kechirishdan ozod etilgan boshqa shaxslar koʻzdan kechirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar, koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni koʻzdan kechirish zarurati mavjud boʻlsa, “Shaxsni koʻzdan kechirish” xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Shaxsni koʻzdan kechirish asoslari va tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shaxsni koʻzdan kechirish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fuqarolarning xabarlari yoki arizalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlaridan tushgan materiallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlarning maʼlumotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlaridan kelgan axborotlarda mavjud boʻlgan tegishli maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) jismoniy shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi taqiqlangan ashyolar yashirilayotgani va bojxona nazoratiga taqdim etilmayotganligi toʻgʻrisida gumon qilinishiga toʻgʻridan toʻgʻriyoki bilvosita ishora qiluvchi alomatlarning bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan aniqlanishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Jismoniy shaxsni koʻzdan kechirish toʻgʻrisida bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosari yozma qaror qabul qiladi. Shaxsni koʻzdan kechirish shakli bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosari tomonidan shaxsni koʻzdan kechirishni tezlashtirish maqsadida aniq sharoitlar — vaqt, kun, masofaning uzoq yoki yaqinligiga qarab belgilanadi. Qarorda shaxsni koʻzdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsi aniq koʻrsatilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shaxsni koʻzdan kechirish — bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosari tayinlagan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan, xolislar ishtirokida, zarurat tugʻilganda mutaxassislar, shu jumladan tibbiyot xodimi va tarjimon taklif etilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Voyaga etmagan shaxslar ularning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari) ishtirokida, qarovga muhtoj boʻlgan jismoniy shaxslar esa ularni yetaklab yuruvchi shaxslar ishtirokida koʻzdan kechiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etish uchun beriladigan ruxsat masalasi ushbu tadbirni amalga oshirayotgan mansabdor shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi talablariga binoan va mazkur Yoʻriqnomaga asosan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirilayotgan shaxs koʻzdan kechirish jarayonida himoyachini (advokatni) ishtirok etishini talab qilishga haqli. Bu holda himoyachi etib kelguniga qadar koʻzdan kechirish toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etishi nazarda tutilmagan yoki ushbu tadbirga umuman aloqasi boʻlmagan shaxslarning qatnashishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shaxsni koʻzdan kechirishni amalga oshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxsi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar koʻzdan kechirilayotgan shaxs bilan bir jinsda boʻlishlari shart. Shu bilan bir qatorda shaxsni koʻzdan kechirishda qatnashuvchi boshqa shaxslar koʻzdan kechirish oʻtkazilgan kunga qadar voyaga etgan boʻlishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Koʻzdan kechirilayotgan shaxsning tanasini tekshiruvdan oʻtkazish faqat tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Shaxsni koʻzdan kechirish ushbu shaxsning qadr-qimmatini kamsitmasdan, uning sogʻligi va mulkiga zarar yetkazmasdan, yashirishi mumkin boʻlgan ashyoni aniqlash uchun zarur boʻlgan doirada oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Shaxsni koʻzdan kechirish natijasida uning joʻnab ketishi asossiz kechiktirilsa va u aybsiz deb topilsa bojxona organi mansabdor shaxslari tomonidan mazkur shaxs navbatdagi yaqin reys bilan manziliga joʻnatib yuborilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Koʻzdan kechirishda bojxona organi mansabdor shaxsining huquq va majburiyatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagi hollarda shaxsni koʻzdan kechirishni oʻtkazishida qatnasha olmaydi va koʻzdan kechirish oʻtkazishni rad etishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilayotgan jismoniy shaxsning qarindoshi boʻlgan chogʻda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organi mansabdor shaxsi, mazkur tekshiruv natijasidan toʻgʻridan toʻgʻriyoki qisman manfaatdor boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish jarayonida koʻzdan kechirilayotgan shaxsga zarar keltirishi ehtimoli mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi mansabdor shaxsi yuqorida koʻrsatilgan sabablarga koʻra shaxsni koʻzdan kechirish imkoniyatiga ega boʻlmasa, bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosari shaxsni koʻzdan kechirishni yangi qaror bilan boshqa mansabdor shaxsga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirishni oʻtkazish vazifasi yuklatilgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan shaxsni koʻzdan kechirish oʻtkazishiga eʼtiroz bildirib, koʻzdan kechirilishi lozim boʻlgan voyaga etmagan yoki aqli noraso boʻlgan shaxslarning qonuniy vakillari shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat asosli deb topilsa koʻzdan kechirishni oʻtkazish bojxona organining boshqa mansabdor shaxsiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida, shuningdek mazkur Yoʻriqnomada belgilangan huquqlarga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Shaxsni koʻzdan kechirish topshirilgan bojxona organi mansabdor shaxsining majburiyatlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi koʻrsatmani aniq va oʻz vaqtida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibga amal qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Yoʻriqnomaga ilova qilingan shaklda shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi bayonnomani tuzish va koʻzdan kechirilayotgan shaxsni tuzilgan bayonnoma bilan tanishtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirish jarayonida qatnashayotgan shaxslarning fikr-mulohazalarini bayonnomada toʻliq qayd etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Koʻzdan kechirishda xolislarning ishtiroki.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Xolis sifatida, shaxsni koʻzdan kechirish natijalaridan manfaatdor boʻlmagan voyaga etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taklif etiladigan xolislar soni ikki kishidan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Xolislar koʻzdan kechirish jarayonini kuzatib borish, shaxsni koʻzdan kechirish vaqtidagi xatti-harakatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish, fikr-mulohazalarini bayonnomada qayd etilishini talab qilish, bayonnoma bilan tanishish hamda koʻzdan kechirish jarayonidagi bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga egalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Xolislar shaxsni koʻzdan kechirishning barcha jarayonlarida ishtirok etishlari, oʻtkazilgan koʻzdan kechirish jarayoni va natijalarini bayonnomada imzo chekib tasdiqlashlari hamda bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz koʻzdan kechirishda aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmasliklari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Koʻzdan kechirishda tibbiyot xodimining ishtiroki.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Tibbiyot xodimi shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida jismoniy shaxs sogʻligʻiga ziyon keltirmaydigan tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish, koʻzdan kechirilayotgan shaxsga savollar berish, oʻz fikr-mulohazalarini shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasiga kiritishni talab qilish, koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha tuzilgan bayonnoma bilan tanishish, tana aʼzolari koʻrigiga aloqador bandlarda oʻz tuzatishlarini kiritish, koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan shaxsni koʻzdan kechirishga jalb qilingan tibbiyot xodimi koʻzdan kechirilayotgan jismoniy shaxsning tana aʼzolarini va zarur boʻlganda ichki organlarini zarar keltirmagan holda shaxsan tekshirishi, koʻzdan kechirish jarayoni haqida tushuntirish berishi, shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasi va boshqa hujjatlarni oʻz imzosi bilan tasdiqlashi, shuningdek, koʻzdan kechirish natijasida aniqlangan maʼlumotlarni bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz oshkor qilmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Koʻzdan kechirishda qatnashuvchi boshqa mutaxassislarning ishtiroki.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Koʻzdan kechirishda qatnashuvchi boshqa mutaxassis koʻzdan kechirilayotgan shaxsga savol berish, yashirilgan ashyolarni topish va aniqlashda ilmiy-texnika vositalari va usullaridan foydalanish, kuzatuvlar, oʻlchov va tadqiqotlar olib borish, shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsiga maxsus bilim va tajriba talab qilinadigan masalalar boʻyicha zarur boʻlganda oʻz maslahatlarini berish, oʻzi ishtirok etayotgan masalalar yuzasidan fikr bildirish va ularni bayonnomada qayd etilishini talab qilish, shuningdek, koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan boshqa mutaxassis bojxona mansabdor shaxsining talablarini aniq bajarishi, shaxsni koʻzdan kechirishning barcha bosqichlarida ishtirok etishi, oʻzining maxsus bilimlari va tajribasidan foydalanib, koʻzdan kechirilayotgan shaxs yashirgan ashyolarni topish va aniqlashda qatnashishi, shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarga bojxona mansabdor shaxsining eʼtiborini qaratishi, oʻzi bajarayotgan xatti-harakatlarga izoh berib borishi, shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi bayonnoma va uning ishtirokida rasmiylashtirilayotgan boshqa hujjatlarga imzo chekishi hamda koʻzdan kechirish jarayonida aniqlangan holatlarni bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz oshkor qilmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Shaxsni koʻzdan kechirishda tarjimonning ishtiroki.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Koʻzdan kechirilayotgan shaxs bayonnoma rasmiylashtirilayotgan tilni bilmasa, zarurat yuzasidan tarjimon jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimon shaxsni koʻzdan kechirishning barcha bosqichlarida bojxona organi mansabdor shaxsining tashabbusi yoki koʻzdan kechirilayotgan shaxs yohud uning qonuniy vakillari talabi asosida jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimon jalb qilingan hollarda koʻzdan kechirish tarjimon kelguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Koʻzdan kechirish jarayonida ishtirok etuvchi tarjimon tarjimani toʻgʻri boʻlishi maqsadida ishtirokchilarga savol berish, koʻzdan kechirish bayonnomasi bilan tanishish, bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan mulohazalarini bildirish, agar tarjima qilishga yetarli bilimi va tajribasi boʻlmasa koʻzdan kechirishda ishtirok etishni rad qilish hamda koʻzdan kechirish jarayonida bojxona organi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Tarjimon koʻzdan kechirish jarayonida qatnashishi, tarjimani aniq va toʻliq bajarishi, tarjimaning toʻgʻriligi haqida koʻzdan kechirish haqidagi bayonnomaga imzo chekib tasdiqlashi, bojxona organi mansabdor shaxsining ruxsatisiz koʻzdan kechirishda aniqlangan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Shaxsni koʻzdan kechirish jarayonida koʻzdan kechirilayotgan shaxsning huquq va majburiyatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Koʻzdan kechirilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organi mansabdor shaxsidan koʻzdan kechirish haqidagi qarorni koʻrsatilishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz huquq va majburiyatlari bilan tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz eʼtirozi yoki noroziligini yozma yoki ogʻzaki maʼlum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tushuntirish va tavsiflar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha toʻldirilgan bayonnoma bilan tanishish, uning mazmuni boʻyicha oʻz eʼtirozlarini bildirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarjimon xizmatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirish jarayonida himoyachi qatnashishini talab qilish va himoyachi xizmatidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida qoʻllanilgan xatti-harakatlar yuzasidan hamda koʻzdan kechirgan shaxs va boshqa ishtirokchilar ustidan shikoyat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Shaxsni koʻzdan kechirishga tayyorgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Bojxona organi mansabdor shaxsi shaxsni bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosarining koʻzdan kechirish haqidagi qarori bilan tanishtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Koʻzdan kechiriladigan shaxs bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosarining koʻzdan kechirish haqidagi qarori bilan tanishib, bayonnomaga oʻz imzosini qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shunday harakatdan voz kechilgan taqdirda, shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi bayonnomaga bu haqda yozib qoʻyiladi va bojxona organining mansabdor shaxsi hamda xolislar imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Koʻzdan kechiriladigan shaxs, shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga yoki mazkur Yoʻriqnomaga zid kelmagan koʻrsatmalar va talablarga amal qilishi, shaxsni koʻzdan kechirish tayinlangan vaqti, joyi, usullari va rasmiylashtirish tartiblariga boʻysunishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablari, koʻzdan kechirilayotgan shaxs tomonidan bajarilmasa yoki bajarilishiga toʻsqinlik qilinsa, ushbu xatti-harakatlar koʻzdan kechirilayotgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 287-moddasi 6-bandiga binoan maʼmuriy ushlab turilishiga asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Shaxs koʻzdan kechirish haqidagi qaror bilan tanishtirilgach, koʻzdan kechirish xonasiga olib kiriladi hamda xolislar ishtirokida uning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jismoniy shaxsga bojxona nazoratidan yashirgan buyum va ashyolarni oʻz xohishiga koʻra topshirishi taklif etiladi. Oʻz xohishi bilan topshirilgan buyum va ashyolar koʻzdan kechirishda ishtirok etayotgan shaxslarga koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jismoniy shaxs oʻz ixtiyori bilan yashirgan ashyolarini berishdan bosh tortsa yoki ushbu ashyo berilgandan keyin ham bojxona organi mansabdor shaxsi yashirilgan ashyolar borligi haqida shubha qilsa, bojxona organi mansabdor shaxsi jismoniy shaxsni koʻzdan kechirishga kirishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Agar jismoniy shaxs oʻzini koʻzdan kechiradigan bojxona organi mansabdor shaxsidan norozi ekanligini maʼlum qilsa, bu holatda ushbu mansabdor shaxs bojxona organi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosarini bu haqda xabardor etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Shaxsni koʻzdan kechirish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xavfsizlikni taʼminlash maqsadida koʻzdan kechirilayotgan shaxsning yonida oʻq-otar, gazli yoki sovuq qurollar yoxud hujum qilishga asqotadigan boshqa ashyolar yoʻqligiga ishonch hosil qilinganidan keyingina koʻzdan kechirish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Shaxsni koʻzdan kechirish bojxona organining ushbu tadbir oʻtkazishga moʻljallangan va maxsus jihozlangan xonasida oʻtkaziladi. Ushbu xona tozalik qoidalariga mos kelishi shart. Sharoit taqozo qilganda, shaxsni koʻzdan kechirish yopiq, tozalik qoidalariga mos binolarda, jumladan bojxona postlarida, aeroport, vokzal va boshqa tashkilotlarning berk xonalarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Shaxsni koʻzdan kechirish xonasiga olib ketilayotganda, u oʻzidagi ashyolar, hujjatlarini yerga tashlab yubormasligi yoki biror joyga yashirmasligi ustidan nazorat taʼminlanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Shaxs koʻzdan kechiriladigan xona, bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilishi lozim. Xonaning eshigi, derazasi, tuynugi yopiq boʻlishi, hujum qilish uchun foydalanadigan ashyolar boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Shaxsni koʻzdan kechirish xonasiga begona kishilarning kirishi, chetdan xonani kuzatish imkoniyati butunlay boʻlmasligi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bitta xonada bir vaqtning oʻzida bir necha kishini koʻzdan kechirish qatʼiyan man qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan jismoniy shaxsning kiyimi, poyabzali va boshqa buyumlarini diqqat bilan tekshirish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Shaxsni koʻzdan kechirish paytida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning barcha ashyolari (tayoq, soyabon, portmone, zajigalka, avtoruchka, portsigara va boshqalar) koʻzdan kechiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning ustki kiyimi, poyabzali va bosh kiyimi echib koʻzdan kechiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning ichki kiyimlarining ustki qismi sinchiklab koʻzdan kechiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning ichki kiyimlari echib koʻzdan kechiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) koʻzdan kechirilayotgan shaxsning badani koʻzdan kechiriladi, uning sochlari, qoʻllari, oyoqlarining tagi, barmoqlarining orasi koʻzdan kechiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Shaxsni koʻzdan kechirish chogʻida, uning oʻzini qanday tutishi doimo kuzatib boriladi, shuningdek kiyimlari, poyabzali va boshqa shaxsiy ashyolarining taʼmirlanganligiga, uning tanasiga bogʻlangan bintlari yoki baʼzi bir narsalarni yashirishi mumkin boʻlgan oʻziga xos jihatlariga alohida eʼtibor beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kiyim-bosh va poyabzallarni koʻzdan kechirayotganda ularning qoʻlda ishlanganligi, ortoped poyabzal, bosh kiyim yoki oyoq kiyimning tikilgan choklari, yamoqlari, qaytarilgan joylari, yelkalari, kiyim qavatlari, beli, poyabzalining qoʻnji, patagi va tovonlariga eʼtibor qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Koʻzdan kechirilayotgan shaxsning mulkiga ehtiyot boʻlib muomalada boʻlish maqsadida, baʼzi bir ashyolar faqat zarurat tugʻilganda qoʻlga olib yoki ichini ochib koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Agar koʻzdan kechirilayotgan shaxs bojxona nazoratiga taqdim etmagan ashyolarni oʻz ixtiyori bilan topshirsa va bojxona organi mansabdor shaxsi koʻzdan kechirilayotgan shaxsda boshqa ashyolar yoʻqligiga ishonch hosil qilsa, bojxona organi mansabdor shaxsi shu ashyolarni rasmiylashtirish bilan cheklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Koʻzdan kechirilayotgan shaxsdan topilgan yoki uning oʻzi topshirgan ashyolar unga koʻrsatiladi hamda uning olish imkoniyati boʻlmagan joyga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Bojxona organi mansabdor shaxsi koʻzdan kechirish tugallangandan soʻng, koʻzdan kechirish oʻtkazilgan xonani eʼtibor bilan koʻzdan kechiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar koʻzdan kechirilishiga qadar boʻlmagan ashyolar, koʻzdan kechirish oʻtkazilgandan keyin paydo boʻlib qolgan boʻlsa, bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu ashyoning kimga tegishli ekanini aniqlash uchun zarur choralar koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Koʻzdan kechirishda ishtirok etgan shaxslarning koʻzdan kechirish natijalarini oshkor qilishlari qatʼiyan man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Koʻzdan kechirish paytida shaxsning maʼlum boʻlgan jismoniy kamchiliklari yoki boshqa oʻziga xos tomonlarini oshkor qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Shaxsni koʻzdan kechirish paytida ushbu Yoʻriqnomaning 38 va 39-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni oshkor qilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Shaxsni koʻzdan kechirishni rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Shaxsni koʻzdan kechirish nihoyasiga etgandan soʻng bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan tartibda shaxsni koʻzdan kechirish haqida ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning bir nusxasi, koʻzdan kechirish oʻtkazilayotgan shaxsga berilishi shart. Agar shaxs bayonnomaning nusxasini olishdan bosh tortsa, u holda bayonnomaning ikkinchi nusxasi ham bojxona postidagi yigʻma jildda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasida quyidagilar qayd etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayonnomaning qayerda va qaysi kuni tuzilgani hamda shaxsni koʻzdan kechirish boshlangan va tugallangan vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirgan va bayonnoma tuzgan bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi hamda u xizmat qilayotgan bojxona organining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish haqida qaror chiqargan bojxona organi boshligʻi (yoki uning oʻrinbosari) familiyasi, ismi, otasining ismi hamda u xizmat qilayotgan bojxona organining nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilayotgan shaxsning fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, hujjatlaridagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish xonasi yoki joyi (aeroport, vokzal, poyezd va boshqa binolar) haqida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etgan xolislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash yoki ish joyi haqida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etgan tibbiyot xodimi va tarjimon, shu jumladan boshqa mutaxassislarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi mutaxassisligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilgan shaxs va boshqa ishtirok etayotgan shaxslarning huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi haqida maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilayotgan shaxsga koʻzdan kechirish haqidagi qarorni eʼlon qilinganligi hamda yashirgan ashyolarini oʻz ixtiyori bilan topshirish haqidagi taklif;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilayotgan shaxsning yashirgan ashyolari qay holda topilgani yoki uning oʻz ixtiyori bilan topshirganligi, ashyolarning xususiyatlari, soni haqida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirishning davomiyligi yoki chegarasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirishda qoʻllanilgan texnika vositalari, tibbiy asbob-uskunalar (ularning turi, rusumi, markasi), ularning qoʻllanish sharoiti va tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilayotgan shaxs va ushbu tadbirda ishtirok etayotgan shaxslarning fikr-mulohazalari, eʼtirozlari va arizalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilayotgan shaxsning oʻzini qanday tutganligi haqida tavsifnoma (agar zarurat tugʻilsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxs bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortsa, buning sababi bayonnomada qayd etiladi va xolislar tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxs oʻz ixtiyori bilan bergan ashyolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish vaqtida topilgan yoki tortib olingan ashyolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni koʻzdan kechirish vaqtida olingan fotosuratlar, ularning negativlari, kinolentalar, audio va video yozuvlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxs, ushbu tadbirda ishtirok etgan mutaxassis, tibbiyot xodimi, xolislarning tushuntirish xatlari va arizalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiylashtirilgan kuzatuv, oʻlchov va tadqiq natijalari hamda qoʻllanilgan tibbiy vositalar yoki ular toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Koʻzdan kechirilgan jismoniy shaxsning oʻz ixtiyori bilan topshirgan yoki topilgan ashyolar, video, audio, foto va kinotasmalar va boshqa narsalar alohida paketga joylanadi va muhrlanadi. Ushbu paketda zarur boʻlgan tushuntirishlar boʻlishi, bojxona organi mansabdor shaxsi va xolislar imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Shaxsni koʻzdan kechirish bayonnomasi “Shaxsni koʻzdan kechirishlarni qayd etish” jurnalida kun va yil tartibida qayd etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Jurnal va bayonnoma shaxsni koʻzdan kechirilgan bojxona organida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi haqida ish qoʻzgʻatilsa, shaxsni koʻzdan kechirish toʻgʻrisidagi bayonnoma bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzish holati boʻyicha yuritilgan ish materiallariga qoʻshiladi. Koʻzdan kechirish oʻtkazilgan postda uning nusxasi qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi holati aniqlansa, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Bojxona organi mansabdor shaxsining shaxsni koʻzdan kechirish chogʻidagi noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish — koʻzdan kechirilayotgan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining noqonuniy xatti-harakati natijasida va koʻzdan kechirish oqibatida koʻzdan kechirilayotgan shaxsning mulkiga yetkazilgan zarar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Shaxsni koʻzdan kechirayotgan bojxona organi mansabdor shaxsi ushbu Yoʻriqnoma talablariga rioya qilmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan shaxslarni koʻzdan kechirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Shaxsni koʻzdan kechirish
BAYoNNOMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

200__ y. “___”______________

_______________________‎

(joy nomi)‎

‎‎_________________________________________________________________________________________

‎‎(bojxona organi mansabdor shaxsining lavozimi, unvoni, familiyasi va otasining ismi)

‎‎_________________________________________________________________________________________
quyidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksining 45-moddasiga asoslanib
‎‎_________________________________________________________________________________________

‎‎(bojxona organ“ boshligʻining yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ismi va familiyasi)

‎‎va qaroriga koʻra tuzdim. ‎
‎‎Shaxsni koʻzdan kechirishda fuqaro ___________________________________________________________

‎‎(fuqaroligi, ismi va familiyasi‎

‎‎________________________________________________________________________________________

‎‎tugʻilgan joyi va kuni, chegarani kesib oʻtishiga

________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎berilgan ruxsat haqidagi pasport yoki boshqa hujjat raqami, koʻzdan kechirish oʻtkazilgan joy)

‎‎Qayerdan kelmoqda ________________________________‎ ___________________________‎
(qaysi davlatdan) ‎

(qaysi davlatga)‎

‎‎_________________________________________________________________________________________

‎‎(safardan koʻzlangan maqsad, reys, poyezd, avtomashina raqami)

‎‎Xolislar ishtiroki 1. _____________________________________________________________________

‎‎(ismi va familiyasi lavozimi, ish joyi va yashash manzili)

‎‎_________________________________________________________________________________________
‎‎2. _______________________________________________________________________________________

(ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi va yashash manzili)

‎‎Mutaxassis, tibbiyot xodimi va tarjimon ishtiroki
‎‎1. Mutaxassis _____________________________________________________________________________

‎‎(ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi va yashash manzili)

‎‎2. Tarjimon va tibbiyot xodimi _____________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________________

‎‎(ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi va yashash manzili)

‎‎Fuqaro __________________________________________ shaxsni koʻzdan kechirish haqidagi qaror bilan
‎‎tanishtirildi va unga bojxona nazoratiga koʻrsatilmagan valyuta, ashyolar qimmatbaho narsalarini topshirish taklif etildi.
‎‎fuqaro _________________________________________ maʼlum qildi ____________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________

‎‎(agar ashyolar, qimmatbaho narsalar koʻrsatilgan boʻlsa ularning alohida jihatlari, soni, qayerda turgani)

________________________________________________________________________________________‎
‎‎imzolar

‎‎shaxsni koʻzdan kechirish natijasida fuqaro ________________________________________________ dan

‎‎(ismi va familiyasi)‎

‎‎topildi _________________________________________________________________________________‎

‎‎(qanday ashyolar, ashyolarning bahosi, ularning xususiy

_________________________________________________________________________________________

‎‎jihatlari, soni, qayerda saqlangani, ularni topishda

‎_________________________________________________________________________________________

qanday texnik vositalardan foydalangann haqida)

‎_________________________________________________________________________________________

‎_________________________________________________________________________________________

‎_________________________________________________________________________________________

‎_________________________________________________________________________________________

‎_________________________________________________________________________________________
‎‎

‎Koʻzdan kechirilgan shaxs arizasi ____________________________________________________________

‎_________________________________________________________________________________________

‎_________________________________________________________________________________________

‎Eslatma: ________________________________________________________________________________

‎‎(amalga oshirilgan shaxsni koʻzdan kechirishda qatnashgan shaxslarning

‎‎_________________________________________________________________________________________

fikrlari, eʼtirozlari va shikoyatlari)

_________________________________________________________________________________________

‎_________________________________________________________________________________________‎

‎suhbat fuqaro erkin soʻzlasha oladigan _____________________________________ tilda olib borildi.
‎‎
‎Bayonnoma _______________________________________________________________________________

‎‎(tarjimonning ismi, familiyasi, ish joyi va yashash manzili)

‎‎_________________________________ tomonidan fuqaro erkin soʻzlashadigan tilga tarjima qilindi.

‎‎

‎Shaxsni koʻzdan kechirishda ishtirok etgan shaxslar:

‎Koʻzdan kechirish oʻtkazilgan shaxs: ‎

‎___________________________‎

‎___________________________‎

(imzo)‎

(ismi va familiyasi)‎

Xolislar: 1. ‎

___________________________‎

___________________________‎

(imzo)‎ ‎

(ismi va familiyasi)‎ ‎

2.‎

___________________________‎ ‎

___________________________‎ ‎

(imzo)‎ ‎ ‎

(ismi va familiyasi)‎ ‎ ‎

Mutaxassis: ‎

___________________________‎ ‎

___________________________‎ ‎

(imzo)‎ ‎ ‎

(ismi va familiyasi)‎ ‎ ‎

Tarjimon: ‎

___________________________‎ ‎ ‎

___________________________‎ ‎ ‎

(imzo)‎ ‎ ‎ ‎

(ismi va familiyasi)‎ ‎ ‎ ‎

Shaxsni koʻzdan kechirishni oʻtkazdi ‎

___________________________‎‎

‎‎____________________________‎

(imzo)‎ ‎ ‎ ‎ ‎

(ismi va familiyasi)‎ ‎ ‎ ‎ ‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 58-modda; 2008-y., 14-15-son, 114-modda; 2010-y., 46-son, 415-modda; 2013-y., 32-son, 430-modda)