16.04.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1919-9
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining boʻyrugʻi, 16.04.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1919-9
Дата вступления в силу
17.04.2024
Hujjat 17.04.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1919-9]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor D. LI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 4-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024-yil 4-apreldagi 38-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarining hisob registri toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ushbu Nizom uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritish hamda ularning qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan roʻyxatga olinishi tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizomning talablari aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalar, shuningdek qimmatli qogʻozlarning hosilalari bilan birjadan tashqari bitimlarga tatbiq etiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi tahrirdagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari — fond birjasi va fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn uchinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar yozma” degan soʻzlardan keyin “yoki elektron” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qimmatli qogʻozlar tegishli shartnomalarni tuzish yoʻli bilan birinchi egalariga begonalashtirilganda, bundan qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining maydonchalarida tuzilgan bitimlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalari sotib olinganda, bundan qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining maydonchalarida tuzilgan bitimlar mustasno;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 10/24/1919-9/0281-son)