25.03.2024 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishini apellyatsiya, kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining sud hujjati ustidan shikoyat berishga bo‘lgan huquqini kafolatlovchi huquqiy institutning muhim qismi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 383, 403-moddalariga muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) da’vo tartibida yuritiladigan ishlar bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
da’vogar, javobgar, uchinchi shaxsning shikoyati bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil shikoyati bo‘yicha, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarining palata a’zolari manfaatida bergan shikoyati bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) buyruq tartibida yuritilgan ishlar bo‘yicha (sud buyrug‘i bundan mustasno):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi (undiruvchi), qarzdorning shikoyati bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi, manfaatdor shaxsning shikoyati bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hakamlik muhokamasi taraflarining shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish, shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning shikoyati bo‘yicha ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ushbu shaxs sud hujjatida ko‘rsatilmagan hollarda ham uning ustidan shikoyat qilish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek, taraflar, uchinchi shaxslar hamda ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning huquqiy vorislari ham ega. Bunday holda shikoyatga huquq o‘tganligi faktini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning qonuniy vakili (ota-ona, farzandlikka olganlar, vasiy, homiy va h.k.) o‘z vakilligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilishi talab qilinadi (FPK 66-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda qatnashayotgan shaxs vakili, shu jumladan, advokat, sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilishga bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan holdagina haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi).
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror va ularning o‘rinbosarlari prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha hamda qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishga haqli. Shuningdek, prokuror FPK 383-moddasining birinchi qismi, 403-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lganda, apellyatsiya, kassatsiya protesti keltirishi mumkin.
(2-bandining o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 52-moddasining birinchi qismiga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar (masalan, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va sh.k.) faqat da’vo ariza (ariza) ular tomonidan berilgan holdagina sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat berishi mumkin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari bundan mustasno.
(3-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ular tomonidan bunday shikoyat berilgan hollarda, uni qabul qilish FPK 3891-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 4074-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sud buyrug‘i;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydigan birinchi instansiya sudi ajrimlari (masalan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar bo‘yicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan ish muhokamasini keyinga qoldirish haqidagi ajrim). Biroq bunday ajrimlarga qarshi e’tirozlar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday sud hujjati ustidan shikoyat (protest) berilgan bo‘lsa, shikoyatni (protestni) qabul qilish FPK 3891-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 4074-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. FPK 385, 405-moddalariga ko‘ra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) u kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir shikoyat (protest) kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarga tushuntirilsinki, agar shikoyat (protest) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa, shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytariladi (FPK 389-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 4073-moddasi birinchi qismining 4-bandi). Shikoyat (protest) qayd etilgan asos bilan qaytarilganda, sud ajrimida shikoyat (protest) sud hujjatini qabul qilgan sud orqali berilishi lozimligi ko‘rsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatini qabul qilgan sud berilgan shikoyatni (protestni) protsessual qonunning biror-bir talablariga mos emasligi asosi bilan qaytarishga yoki qabul qilishni rad qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonunga muvofiq birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida, kassatsiya shikoyati (protesti) esa, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni inobatga olish lozimki, sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tishining boshlanishi, tegishlicha, sud hujjati qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FPK 262-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari mazmuniga ko‘ra, qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ham asosiy hal qiluv qarori qabul qilingan kundan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan FPK 3851, 4051-moddalari qoidalari bo‘yicha yakka tartibda hal qilinadi. Shikoyat qilish (protest berish) muddatini o‘tkazib yuborilganligining uzrli sabablari deb sudga bunday shikoyat (protest) bilan o‘z vaqtida murojaat qilishga to‘sqinlik qilgan obyektiv holatlar (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, pandemiya, karantin, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi va boshqalar) tan olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxsning kasalligi, uning oilaviy sharoiti (oila a’zosining o‘limi yoki og‘ir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda shikoyat berishni istisno etgan yoxud jiddiy ravishda qiyinlashtirgan bo‘lsa, uzrli sabablar deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati tiklanishi rad etilganligi sababli (FPK 3891-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 4074-moddasi birinchi qismining 4-bandi) uni qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash qaysi asoslarga ko‘ra rad etilganligi, ajrimning xulosa qismida esa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilganligi ko‘rsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudlarga tushuntirilsinki, o‘tkazib yuborilgan muddat, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va muddatni o‘tkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan bo‘lsa, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, bunday shikoyat (protest) FPK 389-moddasi birinchi qismining 5-bandi, 4073-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi, ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish, qabul qilishni rad etish asoslari bilan birga shikoyatni berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala ham hal etilishi lozim. Bunda pochta xarajatini qaytarish qonunda nazarda tutilmaganligi bois, shikoyat berishda to‘langan pochta xarajati qaytarilmasligi tushuntirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga qonunda belgilangan muddatda taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin (FPK 389-moddasining uchinchi qismi, 3891-moddasining uchinchi qismi, 4073-moddasining uchinchi qismi, 4074-moddasining uchinchi qismi, 4196-moddasining beshinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga asosan FPK 3851 va 4051-moddalariga muvofiq tiklanganda, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatni, o‘tkazib yuborilishi sabablaridan qat’i nazar, tiklash to‘g‘risidagi masalani qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqish talab etilmaydi. Bu shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) tegishincha, FPK 386, 387, 406, 407-moddalari talablariga rioya etgan holda apellyatsiya, kassatsiya muhokamasi tugaguniga qadar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilishi va umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. FPK 386, 387 va 406, 407-moddalarida apellyatsiya, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni, shuningdek, unga ilova qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi sababli, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu talablarga rioya etganligini tekshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddalarning talablariga javob bermaydigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) FPK 389 va 4073-moddalari asosida qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs tomonidan davlat boji to‘lashning qonun bilan belgilangan tartibi va miqdoriga oid talablarga rioya qilinganligi haqidagi masalani hal qilishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining 1-bandi, 8-moddasining va ushbu Qonunning ilovasi bo‘lgan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ga amal qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va uning miqdorini kamaytirish haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qilishda hal qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, qabul qilishni rad etish yoki ish yuritishga qabul qilish masalasi FPK 388, 4072-moddalarida belgilangan shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatdan kechiktirmay apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rilayotganda boshqa shaxsdan shikoyat (protest) kelib tushgan taqdirda uni ish yuritishga qabul qilish, qaytarish yoki qabul qilishni rad etish masalasi sudlov hay’ati tarkibi tomonidan hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqarilganda, ajrimning ko‘chirma nusxasi shikoyat (protest) va ilova qilingan hujjatlar bilan birga shikoyatni (protestni) bergan shaxsga yuboriladi. Ajrim va shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasi fuqarolik ishiga qo‘shib qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, FPK 389-moddasining birinchi qismi, 4073-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, agar shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud bo‘lsa, sud ajrimida ushbu asoslarning har birini ko‘rsatib o‘tishi va ular bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli ekanligini ko‘rsatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilgan ayni bir xil kamchilik bilan takroran shikoyat (protest) bilan murojaat qilinganda, ayni bir asoslar bilan shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqarilmasdan, shikoyat (protest) bergan shaxsga ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish haqida yozma tushuntirish berilishi hamda shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sudlarga tushuntirilsinki, agar shikoyatda uni imzolagan shaxsning familiyasi to‘liq va ismi, otasi ismining faqat bosh harflari ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu holat shikoyatni FPK 389-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 4073-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytarish, agar shikoyat ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, uni FPK 3894-moddasining birinchi qismi, 4078-moddasining birinchi qismiga asosan ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. FPK 389-moddasi birinchi qismining 6-bandi, 4073-moddasi birinchi qismining 6-bandiga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) uni bergan shaxs tomonidan qaytarib olinishiga (chaqirib olinishiga) sudyaning shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimi chiqarilguniga qadar yo‘l qo‘yilishini inobatga olib, shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng u qaytarilmaydi. Bunda shikoyat (protest) umumiy asoslarda sudlov hay’ati majlisida ko‘rib chiqiladi yoki shikoyat (protest) bergan shaxsga undan voz kechish (chaqirib olish) huquqi tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. FPKda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etilgan holda berilgan shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda uni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi hamda bu to‘g‘risida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish haqida FPK 3893-moddasining birinchi qismiga muvofiq berilgan iltimosnomani muhokama qilishda iltimosnomada keltirilgan vajlarni o‘rganishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi hal qiluv qarori ijroga qaratilganligini aniqlasa, bunday iltimosnomani qanoatlantiradi, bundan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi FPK 4076-moddasining birinchi qismiga muvofiq berilgan iltimosnomani har qanday holatda qanoatlantiradi, bundan darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sud hujjatining ijrosi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin. Bunday holda sudlar shuni inobatga olishi lozimki, shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijasida hal qiluv qarori kuchida qoldirilgan bo‘lsa, uning ijrosini davom ettirish (tiklash) yuzasidan alohida protsessual hujjat qabul qilinmaydi va yozma ko‘rsatma yuborilganligi yetarli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish masalasi sudning tashabbusi bilan hal qilinmaydi. Bu masala nafaqat shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, balki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi asosida ham hal qilinishi mumkin. Bunday iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida ish yuritishning har qanday bosqichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) sudlov hay’atida mazmunan ko‘rilayotganda, hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish haqida iltimosnoma kelib tushganda, ushbu masala sudlov hay’ati tarkibi tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sudlarning e’tibori ishlarni apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rishda FPK 395, 415-moddalarida belgilangan muddatlarga, shu jumladan, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tgan holda ham rioya qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) bo‘yicha tushgan ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish muddatlari alohida hollarda qonunda belgilangan muddatlar doirasida (FPK 395, 415-moddalari) sudlov hay’ati tomonidan uzaytirilishi mumkin (masalan, bir ish yurituvida bir nechta talablarning birlashtirilishi, sud jarayoni ishtirokchilarining ko‘pligi, qo‘shimcha hajmdagi dalillarni talab qilib olinishi va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni jalb qilish, sud topshiriqlarini yuborish zarurati va h.k.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarni shikoyat (protest) bo‘yicha ishni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi majburiyligi qonunda belgilanganligi sababli, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ularni bu haqda tegishli ravishda xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda ham, ulardan birortasining kelmaganlik sababini uzrli deb topsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganlik sabablari uzrsiz deb topilgan taqdirda, shuningdek, kelmaganlik sabablari haqida ma’lumotlar va bu sabablarni uzrli ekanligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lmaganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. FPK 47-moddasiga asosan protsessual huquqiy vorislik sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil qilinishi va h.k.), apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirilishiga yo‘l qo‘yadi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 3894, 3895, 4078, 4079-moddalarida ko‘rsatilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, u bo‘yicha ish yuritishni tugatish asoslari shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilganidan so‘ng aniqlangan bo‘lishini nazarda tutganligi sababli, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, u bo‘yicha ish yuritishni tugatish masalasi sudlov hay’ati tarkibi tomonidan hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. FPK 393, 413-moddalarining talablariga ko‘ra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatdan voz kechilganda (protest qaytarib olinganda) sud apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatdan voz kechilishi (protest qaytarib olinishi) munosabati bilan apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish masalasi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud majlisida shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni qaytarib olish) vakolati tekshirilganidan so‘ng hal qilinadi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, FPK 69-moddasi mazmuniga ko‘ra, vakilning ishonchnomada ko‘rsatilgan sud hujjati ustidan shikoyat berish huquqi o‘z-o‘zidan, basharti bu holat ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat (protest) berilganligi bu shaxslarning shikoyatdan voz kechishini (protestni qaytarib olishini) qabul qilmaslikka asos bo‘lmaydi. Bunday holda voz kechilgan shikoyat (qaytarib olingan protest) qismi bo‘yicha ish yuritish tugatilib, boshqa shaxsning shikoyati (protesti) umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boji to‘lashni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash belgilangan holda ish yuritishga qabul qilingan shikoyatdan voz kechilganda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimda davlat bojini taraflar o‘rtasida taqsimlash masalasini hal qiladi (FPK 3895-moddasining ikkinchi qismi, 4079-moddasining ikkinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya shikoyatidan voz kechilganligi (protest qaytarib olinganligi) munosabati bilan apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilganda, sud hujjati qonuniy kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. FPK 166-moddasiga ko‘ra, sud taraflarni yarashtirish choralarini ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etilishi kerak. Bunda taraflarning tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi FPK 166, 167-moddalari talablariga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgar tomonidan arz qilingan talablar tan olinishi yoxud taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida muhokama qilinayotganda amalga oshirilsa, bu haqda sud majlisi bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi da’vogarning da’vodan voz kechishini qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da’vogarga (taraflarga) ish yuritishni tugatishning FPK 126-moddasida nazarda tutilgan huquqiy oqibatlarini tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi da’vogarning da’vo talablaridan voz kechishini qabul qilishda, taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlashda hal qiluv qarorining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish bo‘yicha ish yuritishni tugatadi. Bunday holda sud, shikoyatni (protestni) qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik masalasini hal qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning arz qilingan talablarni tan olishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud bunday voz kechishni, talablarni tan olishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida mazmunan ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. FPK 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 3724-moddasi ikkinchi qismining 2 va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tadi va bu haqida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi va bu ajrim ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli, uning ustidan shikoyat (protest) berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning ko‘rilishi hay’atda, uch nafar sudyadan iborat tarkibda FPK 397-moddasida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlarining tushuntirishlarida shikoyatda (protestda) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FPK 276-moddasi talablariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining har bir sud majlisi, shuningdek, sud majlisi zalidan tashqarida amalga oshirilgan protsessual harakati haqida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida bo‘lganligidan yoki yangidan taqdim etilgan yoxud talab qilib olinganidan qat’i nazar, tekshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi taqdim qilingan dalillarni tekshirishni rad qilishni ajrimda asoslantirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza o‘tkazish, dalillarni ta’minlash va talab qilib olish, guvohlarni so‘roq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalillar birinchi instansiya sudi uchun belgilangan tartib bo‘yicha tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Sudlarning e’tibori birinchi instansiya sudida muhokama predmeti bo‘lmagan, shu jumladan, qarshi da’vo tariqasida keltirilgan yangi moddiy-huquqiy talablar, shuningdek, tarafning da’vo muddatini qo‘llash haqida arz qilgan talabi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinishi va ko‘rilishi mumkin emasligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu qoida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish chog‘ida ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan yoki xabardor qilinmagan shaxslar tomonidan berilgan talablarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni to‘xtatib turish FPK 10-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish yuritish tiklanganligi to‘g‘risida tegishli instansiya sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish ko‘riladigan kun to‘g‘risida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest) bo‘yicha ishni ko‘rish natijalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining e’tibori shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani ajrimda ko‘rsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni inobatga olish lozimki, asoslantirilgan ajrim tuzilishi keyinga qoldirilgan va sud majlisida uning xulosa qismi e’lon qilinganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan ajrim bilan qachon tanishishlari mumkinligini tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida FPK 399, 419-moddalarida belgilangan vakolatlar doirasida ishni shikoyat (protest) bo‘yicha ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar, zarur hollarda esa, sud xarajatlari taqsimlanishi ko‘rsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qabul qilingan ajrimni o‘qib eshittirganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qonunga ko‘ra, ish apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rilayotganda quyidagilar aniqlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq tekshirgan-tekshirmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha bildirilgan talablar bo‘yicha sud hujjati qabul qilingan-qilinmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan-qo‘llanilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilingan sud hujjati protsessual va moddiy qonun talablariga muvofiq-muvofiq emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 396, 416-moddalariga muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini to‘liq hajmda tekshiradi. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) vajlaridan qat’i nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatini to‘liq hajmda tekshirish deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlanganligini, moddiy va protsessual normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirishni tushunmoq lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) vajlaridan qat’i nazar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish, ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish yoki arizani ko‘rmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yo‘qligini ham aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunga ko‘ra, mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan sud hujjati faqat rasmiy, ya’ni ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatli bo‘lmagan asoslar (masalan, sud muzokaralarini o‘tkazish tartibi buzilganligi, davlat boji asossiz kamaytirilganligi yoki kechiktirilganligi va h.k.) bo‘yicha bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan kamchilik rasmiy ekanligi to‘g‘risidagi masala apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan har bir muayyan holda, ishning haqiqiy holatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Moddiy huquq normalarini buzish yoki noto‘g‘ri qo‘llash deganda, birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilmaganligi yoki qo‘llanilishi lozim bo‘lmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilganligi, qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi faqat ishni noto‘g‘ri hal etilishiga olib kelgan bo‘lsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari FPK 3722-moddasida belgilanganligiga e’tibor qaratishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shuni inobatga olish lozimki, birinchi instansiya sudi tomonidan o‘z kuchini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarining qo‘llanilganligi ham moddiy huquq normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi deb baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga nazarda tutish kerakki, ayrim qonunchilik hujjatlarida huquqiy munosabatlar vujudga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlari qo‘llanilishi nazarda tutilishi mumkin. Bunday holda sud tomonidan kuchini yo‘qotgan yoki o‘zgartirilgan qonunchilik hujjatlari qo‘llanilganligi moddiy huquq normalarini noto‘g‘ri qo‘llash deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va to‘liq aniqlab, qonuniy, asosli va adolatli sud hujjati chiqargan degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimida shikoyat (protest) vajlari noto‘g‘ri va sud hujjatining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishiga asos bo‘lmaydi, deb topilganligi sabablari ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Shuni nazarda tutish lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (FPK 399, 419-moddalari). Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mavjud, shuningdek, qo‘shimcha taqdim etilgan yoki talab qilib olingan materiallar (dalillar) asosida ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlab, o‘zi hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga yoxud uni to‘liq yoki qisman bekor qilib, yangi hal qiluv qarori qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Sudning hal qiluv qarorini o‘zgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga o‘zgartirishlar kiritish tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi hal qiluv qarori deganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sudning asosiy xulosasini jiddiy o‘zgartiradigan qaror qabul qilinishi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi FPK 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga hamda arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga, agar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida shunday qaror qabul qilinishiga sabab bo‘luvchi holatlar aniqlangan bo‘lsa, haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ish sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan holda ko‘rib chiqilganligini aniqlasa, sudning hal qiluv qarorini bekor qilib, FPK 311-moddasida belgilangan tartib bo‘yicha ish materiallarini taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki noto‘g‘ri hal etilishi, o‘z-o‘zidan sudning hal qiluv qarorini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi. Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida sud xarajatlarini FPK 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha taqsimlash haqida ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. FPK 261 — 263-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajrim yozuvida yo‘l qo‘yilgan xatolarni va ochiq ko‘rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qo‘shimcha ajrim chiqarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajrimni tushuntirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi o‘tkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. FPK 400, 4191-moddalariga muvofiq, qonunda nazarda tutilgan, shuningdek, ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish va ko‘rish sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish va ko‘rish uchun nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish uchun FPK 400-moddasining birinchi qismida belgilangan yigirma kunlik muddat sud ajrimi taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilgan yoki yuborilgan kundan e’tiboran, ajrim ustidan kassatsiya tartibida xususiy shikoyat (protest) berish uchun FPK 4191-moddasining birinchi qismida belgilangan olti oylik muddat esa, birinchi instansiya sudi ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (protestni) FPK 402, 4192-moddalariga muvofiq hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 4021, 4193-moddalariga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha birinchi instansiya sudi qarori ustidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish uchun qonunda nazarda tutilgan qoidalar va tartibda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi faktlari bo‘yicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qat’i nazar, FPK 275-moddasiga muvofiq xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy ajrim va xabarnoma sud majlisida e’lon qilinadi va bu haqda bayonnomada aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ish bo‘yicha chiqarilgan birinchi instansiya sudi xususiy ajrimining qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik bo‘lganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga fuqarolik ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellyatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi 14-sonli va “Fuqarolik ishlarini kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2021-yil 27-noyabrdagi 35-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 25-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-son