Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-190-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada faollashtirish hamda mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish va turizm salohiyatini rivojlantirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi “Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-190-son Farmonining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2024-yil 15-martdan boshlab Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilansin”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
PF-43-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2024-y., 06/24/43/0198-son)