Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2025 29.02.2024 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-sonli “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxlarini sun’iy pasaytirib ko‘rsatish holatlarining oldini olish, valyuta tushumlari o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlanishini nazorat qilish hamda ushbu sohada yashirin iqtisodiyot ulushini keskin qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Meva-sabzavot mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida 2024-yil 1-maydan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublikadan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish va eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat o‘rnatish tartibi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, minimal eksport narxlari belgilanadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat) Savdo-sanoat palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi takliflariga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Savdo-sanoat palatasiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha minimal eksport narxlarini belgilash vakolati berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Savdo-sanoat palatasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha ichki va tashqi bozor konyunkturasini o‘rganib boradi hamda har haftada respublikadagi yirik ulgurji bozorlarda shakllangan meva-sabzavotlarning eng past narxlari asosida ro‘yxatda ko‘rsatilgan meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlarini tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda zarur hollarda ichki va tashqi bozor konyunkturasida bo‘lgan o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda, minimal eksport narxlari har kuni e’lon qilib borilishi mumkin;
(3-bandning “a” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Savdo-sanoat palatasi har hafta (zarur hollarda har kuni) meva-sabzavot mahsulotlari uchun minimal eksport narxlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilishini ta’minlaydi, Palataning hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytlarida ularni e’lon qilib boradi.
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlari Savdo-sanoat palatasining hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan kundan 2 ish kuni o‘tgach amalga kiritiladi;
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxi minimal eksport narxlaridan pasaytirib ko‘rsatilganligi aniqlaganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan ushbu holat bo‘yicha yigirma to‘rt soat ichida elektron axborot almashinuvi tizimi orqali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi.
(3-band “v” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qo‘mitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan aniqlangan dalillar yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona xizmati organlarining tegishli axborot tizimlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining axborot tizimlari bilan o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch kun muddatda ushbu qaror bilan joriy etilayotgan yangi tizimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida brifing tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vahobov hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I. Ergashev hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratov mazkur qaror bilan joriy etilayotgan yangi tizimning samarali faoliyati uchun mas’ul va shaxsan javobgar etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 29-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 09/24/107/0180-son, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)