24.02.2024 yildagi 101-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.02.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, fuqarolarning bu boradagi faolligini oshirish hamda ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik ekologiya nazoratchilari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik ekologiya nazoratchilari maqomini tugatish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi 2024-yil 1-iyunga qadar jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazishni mustaqil taʼlim shaklida amalga oshirish tartibini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 24-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 101-son qaroriga

1-ILOVA

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom jamoatchilik ekologiya nazoratchisi (keyingi oʻrinlarda — ekologiya nazoratchisi) faoliyatini tashkil qilish tartibi, uning maqomi, vazifasi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzod — Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan va 18 yoshga toʻlgan ekologiya nazoratchisi boʻlish istagini bildirgan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sertifikat — tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida maxsus tayyorgarlikni toʻliq oʻzlashtirgandan soʻng yakuniy imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganlikni tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya nazoratchisi — davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi organlarga jamoatchilik asosida ixtiyoriy asosda yordam beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ekologiya nazoratchisi oʻz faoliyatini qonuniylik, xolislik, mustaqillik va oshkoralik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlik ekologiya nazoratchilariga faoliyatini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi hamda koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ekologiya nazoratchisi maqomi mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxema asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Nomzodlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularni maxsus tayyorgarlikdan oʻtishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nomzodlar ekologiya nazoratchisi maqomini olish uchun maxsus tayyorgarlikdan oʻtishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzodlar maxsus tayyorgarlikdan oʻtish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — vazirlikning hududiy organlari) yozma ariza yoki vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron ariza bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga fuqaroning biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi va 3x4 sm hajmdagi rangli fotosurat ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nomzodlarning arizalari tegishliligi boʻyicha vazirlikning hududiy organlari tomonidan oʻn ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi va ularning roʻyxati vazirlik huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi maqomini berish komissiyasiga (keyingi oʻrnilarda — Komissiya) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Komissiya tarkibi vazirlik va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi vakillari hamda ekologiya sohasidagi olimlardan shakllantiriladi. Vazir maslahatchisi Komissiya raisi hisoblandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibi va nizomi vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya yigʻilishlari, agar ularning ishida barcha aʼzolar umumiy sonining yarmidan koʻpi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya yigʻilishlari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida toʻrt marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Komissiya nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kunida koʻrib chiqib, ularning roʻyxatini tasdiqlaydi va vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq taqdim etilmaganda, nomzodga kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch kun muddat beriladi. Belgilangan muddatda hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, Komissiya nomzodning maxsus tayyorgarlikdan oʻtishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda bu haqda nomzodni uch ish kunida yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlik nomzodlar roʻyxatini uch ish kunida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ularni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Nomzodlar vazirlik tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida Markaz tomonidan bepul maxsus tayyorgarlikdan oʻtkaziladi. Nomzodlarning maxsus tayyorgarligi ularning talab va istaklaridan kelib chiqib, masofaviy taʼlim tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bunda nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazganlik uchun Markazning murabbiy va oʻqituvchilariga haq toʻlash vazirlikning Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻquv jarayoni oʻquv guruhlariga boʻlingan holda, Markaz rahbari tomonidan tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Maxsus tayyorgarlikning muddati 72 soatni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Markaz nomzodlarni maxsus tayyorgarlik boshlanishidan oʻn kun avval maxsus tayyorgarlikni oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Maxsus tayyorgarlikni oʻtkazish jarayonida nomzodlarga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik tadbirlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtiroki, shuningdek, ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari, jamoatchilik ekologiya nazorati natijalarini rasmiylashtirish tartibi hamda ekologiya sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik yuzasidan tayanch tushuncha va bilimlar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish jarayoniga tegishli oliy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari, ilmiy tashkilotlar xodimlari, vazirlik tizimi xodimlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarining tajribali mutaxassislari belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nomzod maxsus tayyorgarlikda uzrli sabablarga koʻra qatnasha olmagan taqdirda, u olti oy ichida navbatdagi maxsus tayyorgarlikka qabul qilish toʻgʻrisida ariza bilan Komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya nomzodning arizasini qonunchilikda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqib, navbatdagi maxsus tayyorgarlikdan oʻtishi lozim boʻlgan nomzodlar roʻyxatiga kiritadi va vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nomzodlar quyidagi hollarda maxsus tayyorgarlikdan chetlashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xohishiga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ichki meʼyor va odob-axloq qoidalarini bir marta qoʻpol ravishda yoki muntazam buzganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sababsiz 6 soat mashgʻulotni qoldirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salomatligi tufayli (tibbiy maʼlumotnomaga asosan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy yashash uchun boshqa mamlakatga koʻchib ketganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodga nisbatan jinoiy jazo tayinlash boʻyicha sud hukmi kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vafot etganda.

20. Markaz nomzodning maxsus tayyorgarlikdan chetlashtirilganligi toʻgʻrisida bir ish kunida Komissiyani va tegishliligi boʻyicha vazirlikning hududiy organini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ekologiya nazoratchisi maqomiga ega boʻlish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Maxsus tayyorgarlikni toʻliq yakunlagan nomzodlarga yakuniy imtihondan oʻtish uchun ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Yakuniy imtihon masofaviy shaklda yakka tartibdagi suhbat koʻrinishida Komissiya tomonidan maxsus tayyorgarlikdan oʻtish yakunlangandan soʻng oʻn besh ish kunida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat Komissiya aʼzolarining nomzodlarga beradigan savollariga ogʻzaki javob berish orqali oʻtkaziladi. Bunda har bir nomzodga maxsus tayyorgarlikdan oʻtish boʻyicha tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari doirasida beshta savol beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakuniy imtihon shaffof oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida suhbat jarayoni audio va video tasvirga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Nomzodlar besh ballik tizimda baholanadi hamda imtihon jarayonida berilgan beshta savoldan uchtasiga javob bera olmasa, Komissiyaning qaroriga muvofiq imtihondan oʻtmagan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon natijalari boʻyicha Komissiyaning qarori imtihon yakunlangandan soʻng uch ish kunida vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomzod Komissiyaning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Yakuniy imtihon natijalari boʻyicha nomzodlarga vazirlikning tegishli hududiy organlari tomonidan oʻn ish kunida sertifikat hamda vazirning elektron raqamli imzosi (QR-kod) bilan tasdiqlangan ekologiya nazoratchisi guvohnomasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikat va ekologiya nazoratchisi guvohnomasining amal qilish muddati uch yilni tashkil etadi hamda belgilangan muddat tugaganidan soʻng nomzod qayta tayyorlovdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ekologiya nazoratchisi guvohnomasi tartib raqamga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya nazoratchisi guvohnomasi ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalardagi shakl va tavsif boʻyicha uch yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ekologiya nazoratchisi guvohnomasini olgan fuqaro bu haqda vazirlikning rasmiy veb-saytidagi hisobga olish sahifasiga elektron raqamli imzosi bilan qayd etadi. Bunda guvohnoma raqami hisobga olishning elektron sahifasidagi tartib raqamga mos kelishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nomzod guvohnoma berilgan kundan eʼtiboran ekologiya nazoratchisi maqomiga ega boʻladi hamda oʻz faoliyatini vakolatli organlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Ekologiya nazoratchisi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Ekologiya nazoratchisi oʻz faoliyatini vakolatli organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitning holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlashda vakolatli organga, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlariga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar bilan hamkorlikda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek, brokonyerlikka qarshi kurashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya nazoratchisi oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ekologiya nazoratchisi quyidagi huquqbuzarliklarni aniqlaganda, huquqbuzarlik boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy, sanoat, qurilish va boshqa chiqindilarni belgilanmagan joylarga joylashtirish, tashlash va oqizish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chiqindilarni yoqib yuborish va boshqacha holatda atmosfera havosini ifloslantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalarini ochiq suv havzalari (kanal, kollektor, ariqlar) yaqinida yuvish hamda oqova suvlarni ushbu havzaga oqizish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daryolar, soylar va kanallarning muhofaza zonalarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish jarayonini ruxsatsiz yoki belgilanmagan joyda amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatidan hosil boʻlgan oqova suvlarni belgilanmagan joylarga oqizish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik va baliqchilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolar tomonidan ov qilish qoidalari buzilishi, ov hududidan chiqib ketilishi, hayvonlar ruxsatnomasiz ovlanishi, shuningdek, ov quroli ruxsatnomasi mavjud emasliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerni oqova suvlar va chiqindilar bilan ifloslantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daraxtlarni noqonuniy kesish, yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni noqonuniy yigʻish va boshqa turdagi oʻsimlik dunyosini yoʻq qilishga olib keladigan holatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Dalolatnomada ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ruxsat etuvchi hujjatlar mavjudligi, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt hamda uni sodir etgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ekologiya nazoratchisi ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan huquqbuzarliklardan birini aniqlagan taqdirda, Ekonazorat elektron tizimi orqali dalolatnomani rasmiylashtirib, foto yoki video tasvirni va boshqa dalillarni ilova qilgan holda, vakolatli organlarga darhol xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ekologiya nazoratchisi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini amalga oshirishda maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish uchun bepul taʼlim olish va malakasini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organlar tomonidan davlat ekologik nazorati amalga oshirilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik huquqbuzarlikni aniqlash, tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish va Ekonazorat elektron tizimiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan koʻrilgan choralar yuzasidan axborot olish, huquqbuzarga jazo tayinlash bilan bogʻliq jarayonlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yashil makon” va boshqa platformalardan foydalanish hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami va natijalari bilan muntazam tanishib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonun buzilishini bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot olish uchun tegishli davlat organlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi va (yoki) nodavlat notijorat tashkilotining murojaatini tayyorlashda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organlari, tashkilotlar rahbarlarining atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi toʻgʻrisidagi masalalarga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishlarda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samarali faoliyat uchun belgilangan tartibda va miqdorda haq olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ekologiya nazoratchisi quyidagilarni bajarishi majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik nazorat sohasidagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyatini ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan prinsiplar asosida amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik nazoratning boshqa subyektlari vazifalarini bajarmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya nazoratchisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Ekologiya nazoratchisining maqomini bekor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ekologiya nazoratchisining maqomi Komissiyaning qarori bilan quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz arizasiga binoan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki doimiy yashash uchun boshqa mamlakatga koʻchib ketganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan huquqlarini suiisteʼmol qilish holatlariga yoʻl qoʻyganda va majburiyatlarini bajarmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatini davom ettirish imkoniyatini istisno etuvchi jazoga tortilganligiga doir sud hukmi qonuniy kuchga kirganda, shuningdek, unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi sudning ajrimi chiqarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻligʻi holati boʻyicha (tibbiy xulosaga koʻra) oʻziga yuklangan vazifa va majburiyatlarini davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vafot etganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan boshlab oʻn ish kunida Komissiyaning ekologiya nazoratchisi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya nazoratchisining faoliyati Komissiyaning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran tugatilgan deb hisoblanadi va ekologiya nazoratchisi maqomining bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ekologiya nazoratchisi guvohnomasi uning maqomi bekor qilinganda yoki guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng vakolatli organga qaytarib berilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ekologiya nazoratchisi maqomi bekor qilingan fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar vazirlikning rasmiy veb-saytidagi hisobga olish sahifasidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Ekologiya nazoratchisi faoliyatini moliyalashtirish va ragʻbatlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ekologiya nazoratchisini maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish boʻyicha xarajatlar vazirlikning Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ekologiya nazoratchisi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlashi va zarur choralar koʻrishi natijalariga koʻra Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pul mukofotlari bilan quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish boʻyicha — huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi boshqa huquqbuzarlik boʻyicha — huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining oʻn besh foizi miqdorida. Bunda oʻn besh foiz jarima miqdorining besh foizi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi inspektorini ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Sud qaroriga asosan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun undirilgan jarima (mablagʻ) bekor qilinganda, ekologiya nazoratchisini hamda Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi inspektorini ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda alohida tashabbus koʻrsatgan ekologiya nazoratchilari vazirlik hududiy organlari taklifiga koʻra qonunchilikda belgilangan tartibda “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ekologiya nazoratchilariga ular tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlangan taqdirda, qonunchilikda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun joriy qilingan pensiyani hisoblash uchun ish stajini hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ekologiya nazoratchisi faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki toʻsqinlik qilish, notoʻgʻri maʼlumotni taqdim etish yoki taqdim etishdan boʻyin tovlash, shuningdek, uni qonunchilik hujjatlari bilan yuklanmagan vazifalarni bajarishga majburlash hamda unga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisidagi nizomga

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi maqomini olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Nomzod

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi maqomini olish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — vazirlikning hududiy organlari) yozma ariza yoki vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron ariza bilan murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Vazirlikning hududiy organlari

1. Arizalarni koʻrib chiqadi va nomzodlarning roʻyxatini vazirlik huzuridagi Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi maqomini berish komissiyasiga (keyingi oʻrnilarda — Komissiya) taqdim etadi.

Oʻn ish kunida

3-bosqich

Komissiya

Nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqadi, ularning roʻyxatini tasdiqlaydi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Uch ish kunida

4-bosqich

Vazirlik

Roʻyxatni Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) nomzodlarni maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish uchun yuboradi.

Uch ish kunida

5-bosqich

Markaz

1. Nomzodlarni maxsus tayyorgarlik boshlanishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.

Oʻn kun avval

2. Vazirlik tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida nomzodlarni masofaviy taʼlim tarzida maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazadi.

72 soat

6-bosqich

Komissiya

1. Maxsus tayyorgarlik yakunlangandan soʻng nomzodlarni ogʻzaki suhbat orqali yakuniy imtihondan oʻtkazadi.

Oʻn besh ish kunida

2. Yakuniy imtihon natijalarini eʼlon qiladi.

Uch ish kunida

7-bosqich

Vazirlikning hududiy organlari

Nomzodlarga sertifikat va ekologiya nazoratchisi guvohnomasini beradi.

Oʻn ish kunida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi guvohnomasining

SHAKLI

Guvohnomaning old qismi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning orqa tomoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi guvohnomasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TAVSIFI

Jamoatchilik ekologiya nazoratchisining guvohnomasi xalqaro standartlar boʻyicha asosida plastikdan tayyorlanadi. Plastikdan tayyorlangan guvohnoma oʻlchami 54x86 millimetrni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma och yashil rangli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Seriyali raqami ikki harfli, nomeri olti raqamli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi guvohnomasining plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining logotipi tasviri shaklidagi gologramma, u nishablikning turlicha burchagida oʻz shaklini oʻzgartiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mikromatn — “JAMOATCHILIK EKOLOGIYA NAZORATCHISI GUVOHNOMASI”, oʻlchami 30 mikron;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ultrabinafsha qoplama;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoatchilik ekologiya nazoratchisi guvohnomasi plastik shaklining seriyali raqamining lazer oʻyma naqshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi guvohnomasining old tomonida “JAMOATCHILIK EKOLOGIYA NAZORATCHISI GUVOHNOMASI”, “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM OʻZGARISHI VAZIRLIGI” soʻzlari yozilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, jamoatchilik ekologiya nazoratchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi ketma-ket koʻrsatiladi), guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati koʻrsatiladi, fotosurat uchun joy nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orqa tomonida “JAMOATCHILIK EKOLOGIYA NAZORATCHISI — davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ixtiyoriy asosda yordam beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi” soʻzlari yoziladi hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchisining “ASOSIY VAZIFALARI” koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, guvohnomaning orqa tomonida Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi maqomini berish komissiyasining qarori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻngi qismda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining manzili, telefon raqamlari yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matnning joylashuvi — gorizontal.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma blankalari jamoatchilik ekologiya nazoratchisi pasporti maʼlumotlari asosida kompyuter yordamida toʻldiriladi. Guvohnoma matni qora rangda yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma blankiga barcha zarur maʼlumotlar kiritilganidan soʻng guvohnoma egasining fotosurati yopishtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining elektron raqamli imzosi (QR-kod) bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matn bir xil mazmunda, oʻzbek tilida, lotin yozuvida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 101-son qaroriga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 8-banddagi “ekologik nazoratning jamoatchilik inspektorlari” soʻzlari “jamoatchilik ekologiya nazoratchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 17-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari” soʻzlari “jamoatchilik ekologiya nazoratchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “ekologik nazoratning jamoatchilik inspektorlariga” soʻzlari “jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “ekologik nazoratning jamoatchilik inspektorlari” soʻzlari “jamoatchilik ekologiya nazoratchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 22-bandning oʻn ikkinchi xatboshisidagi “ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari” soʻzlari “jamoatchilik ekologiya nazoratchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 101-son qaroriga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga 1-ilova 66-bandining “v” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilova 27-bandining “b” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 9-avgustdagi 438-son qaroriga 1-ilova 5-bandining “b” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/101/0153-son)