17.02.2024 yildagi 95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 1-fevraldagi PQ-51-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning xorijiy tillarni bilish koʻnikmalarini oshirish va ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 1-fevraldagi PQ-51-son qarorining 1-bandida xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yoshlarning oʻqish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi va ingliz tilida B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibi joriy etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2024-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yoshlarning oʻqishi hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ingliz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajaga ega boʻlgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda oʻqish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yoshlarning oʻqish hamda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organ etib — Raqamli texnologiyalar vazirligi, ishchi organ etib — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish maqsadida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻini (keyingi oʻrinlarda — shaxsiy hisobvaraq) ochish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekistonning IT-isteʼdodlari” portali va ishchi organning maxsus axborot tizimini takomillashtirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) vakolatli organ tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada talab yuqori boʻlgan xalqaro IT-sertifikatlar va ushbu sertifikatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar roʻyxati Global Knowledge kompaniyasi va boshqa xalqaro nufuzga ega tashkilotlar tomonidan har yili shakllantiriladigan xalqaro IT-sertifikatlar roʻyxatidan kelib chiqib, ehtiyojlar oʻrgangan holda tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobvaraq tushumlari va xarajatlarining yillik parametrlari, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlar hamda yillik ish rejalari tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishchi organ tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlarning xalqaro IT-kurslarda oʻqishi, xalqaro IT-sertifikatlarga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish yuzasidan murojaat qilgan yoshlarning hujjatlarini koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy hisobvaraq mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq jarayonlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024-yil 1-mayga qadar “Oʻzbekistonning IT-isteʼdodlari” portali va ishchi organning maxsus axborot tizimini takomillashtirgan holda, uning YIDXP bilan oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarorining 2, 3 va 4-bandlari hamda ilova 2024-yil 1-martdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 17-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qaroriga

ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yoshlarning oʻqish hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha boʻlgan qismini, shuningdek, ingliz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajasiga ega boʻlgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olishi va oʻqishi uchun sarflagan xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — xalqaro IT-sertifikatlarga ega boʻlgan yoshlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan xalqaro IT-sertifikat va ingliz tili boʻyicha sertifikatning haqiqiyligini uni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshlar — oʻn toʻrt yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalqaro IT-sertifikatlar va ushbu sertifikatlarni taqdim qiluvchi kompaniyalar roʻyxati vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni soʻrab ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat olish xarajatlarini toʻliq qoplash boʻyicha soʻrovnoma yuborish vaqtida ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatning amal qilish muddati tugamagan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha boʻlgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xalqaro IT-sertifikatlar boshlangʻich darajada boʻlganda 30 foiz, oʻrta darajada boʻlganda 40 foiz hamda professional darajada boʻlganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro IT-sertifikatlar boshlangʻich darajada boʻlganda 30 foiz, oʻrta darajada boʻlganda 40 foiz hamda professional darajada boʻlganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ingliz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning mazkur sertifikatni olish xarajatlari ushbu Reglamentga 2-ilovada nazarda tutilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar roʻyxatiga muvofiq toʻliq qoplab beriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun oʻquv markazlarida oʻqiganlik xarajatlari toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi tijorat banki maʼlumotnomasi yoki toʻlov kvitansiyasi nusxasi (pdf shaklda) taqdim etilganda qoplab beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlmasdan turib, ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikat olish uchun oʻquv kursiga sarflagan xarajatlari qoplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchi mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro IT-sertifikat nusxasi (pdf shaklida);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi (yoki uning ota-onasi yoxud qonuniy vakili) tomonidan xalqaro IT-sertifikat uchun oʻqish va uni olish xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi tijorat banki maʼlumotnomasi va toʻlov kvitansiyasining nusxasi (pdf shaklda);
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoplanishi zarur boʻlgan mablagʻlar yoʻnaltiriladigan aktiv holatda boʻlgan milliy valyutadagi bank plastik kartasiga oid maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatini toʻliq qoplash boʻyicha soʻrovnoma toʻldirayotgan boʻlsa, ingliz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajaga egaligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat nusxasi (pdf shaklida);
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikatni olish uchun oʻquv kursiga sarflangan xarajatlarni qoplash maqsadida soʻrovnoma toʻldirayotgan boʻlsa, u holda ariza beruvchi (yoki uning ota-onasi yoxud qonuniy vakili) hamda oʻquv markazi oʻrtasida xalqaro IT-sertifikatni olish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi va oʻquv kursini tamomlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (pdf shaklida).
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Ariza beruvchidan ushbu Reglamentning 12-bandida koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlar hamda ilova qilingan hujjatlarning haqqoniyligi va toʻgʻriligiga ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ariza beruvchi tomonidan toʻldirilgan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda ishchi organga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Ishchi organ tomonidan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, bu haqida besh ish kuni ichida ariza beruvchiga YIDXP orqali kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xabarnoma yuboriladi va ariza rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi mavjud kamchiliklarni bartaraf etib, yangi soʻrovnoma bilan takroran murojaat qilish huquqiga ega.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ishchi organ ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni yetti ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi hamda xalqaro IT-sertifikat va ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xalqaro IT-sertifikat va ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, ishchi organ xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatni taqdim qilgan tashkilotga ushbu sertifikatning haqiqiyligini aniqlash yuzasidan soʻrov yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatning haqiqiyligini aniqlash muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi va bu haqda ishchi organ tomonidan ariza beruvchiga elektron shaklda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ishchi organ tomonidan xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatni taqdim qilgan tashkilotga yuborilgan soʻrovga 30 kalendar kun ichida javob berilmaganda yoki ushbu sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida belgilangan muddatdan kechikib javob olinganda, ishchi organ tomonidan bu haqda ariza beruvchiga elektron shaklda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xalqaro IT-sertifikat va ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatning haqiqiyligi uni taqdim qilgan tashkilot tomonidan 30 kalendar kun muddatdan oʻtib tasdiqlanganda, mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat etmagan holda ariza beruvchining xarajatlari qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda ishchi organ tomonidan xalqaro IT-sertifikat va ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat haqiqiyligi ariza beruvchining roziligi bilan ularning login va paroli orqali xalqaro IT-sertifikat va ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat taqdim qilgan tashkilotning rasmiy veb-sayti (platforma) yordamida aniqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi login va parolini berishga rozi boʻlmagan taqdirda, uning xohishiga koʻra Raqamli texnologiyalar vazirligining tegishli hududiy tarkibiy boʻlinmalarida ariza beruvchining ishtirokida tekshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Quyidagi holatlarda ishchi organ tomonidan ariza beruvchining soʻrovnomasini qanoatlantirish rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtgandan keyin mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berish soʻralganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlarini toʻliq qoplash boʻyicha soʻrovnoma yuborish vaqtida ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatning amal qilish muddati tugagan holatlarda murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat haqiqiy emasligi aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro IT-sertifikat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sertifikatlar roʻyxatida mavjud boʻlmasa;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat taqdim qilgan tashkilotga yuborilgan soʻrovga belgilangan muddatda javob berilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari ilgari qoplab berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tamomlagan oʻquv markazining taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasi yoki tasdiqnomasi mavjud boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnomaga ilovaga qilinishi lozim boʻlgan hujjat va maʼlumotlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-dekabrdagi 849-sonli qaroriga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan muddatda soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlardagi xato va kamchiliklar bartaraf etilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ishchi organ ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga shubha paydo boʻlganda, ularga oydinlik kiritishni talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning xalqaro IT-sertifikat olish xarajati qoplab berilishini soʻrab ushbu fuqarolarning ota-onasi yoki ularning qonuniy vakili murojaat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda IT-sertifikatni olish xarajatlari ushbu Reglament talablariga muvofiq oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning ota-onasi yoki uning qonuniy vakiliga qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ishchi organ ariza beruvchilar tomonidan kelib tushgan soʻrovnomalar va ularga ilova qilingan hujjatlarni belgilangan muddatda koʻrib chiqqandan keyin xalqaro IT-sertifikat olish xarajatlarini qoplab berish yuzasidan takliflarni uch ish kuni davomida vakolatli organga kelishish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Vakolatli organ ishchi organ tomonidan kiritilgan takliflarni oʻn ish kuni ichida kelishib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Vakolatli organ tomonidan takliflar kelishilgandan soʻng ishchi organ besh ish kun ichida tegishli mablagʻlar ariza beruvchi, uning ota-onasi yoki qonuniy vakiliga oʻtkazib berilishini taʼminlaydi hamda bu haqda ariza beruvchiga YIDXP orqali xabar yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza beruvchilarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun chet el valyutasida sarflangan xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan xorijiy valyutani qoplash kunida belgilangan kursida soʻmda naqd pulsiz shaklda qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar toʻlovni amalga oshirish mobaynida Ishchi organga taalluqli boʻlmagan holat yuzaga kelganda yoki ariza beruvchining bank plastik kartasiga oid maʼlumotlar notoʻgʻriligi sababli toʻlovni amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, xizmat koʻrsatish muddati besh ish kuniga uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Belgilangan tartibda murojaat qilgan va xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish rad etilmagan ariza beruvchilar joriy moliya yili doirasida budjet parametrlarida mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchining xarajatlari keyingi choraklarda qoplab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Vakolatli organ hamda ishchi organning xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarish natijasida ariza beruvchilar haqida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi soʻrovnomasi asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ va ishchi organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning ota-onasi yoki qonuniy vakili) YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtib soʻrovnomani toʻldiradi va yuboradi.

Xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida

2-bosqich

“Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ)

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.

1. Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida.

2. Xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʻlmaganda, ushbu sertifikatlarni taqdim qilgan tashkilotga sertifikatlarning haqiqiyligini aniqlash yuzasidan soʻrov yuboradi.

2. Hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 30 kalendar kuni mobaynida.

3. Ariza beruvchining hujjatlarini umumlashtirib, xalqaro IT-sertifikat olish xarajatlarini qoplab berish yuzasidan takliflarni vakolatli organga kelishish uchun kiritadi.

3. Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.

4. Xalqaro IT-sertifikat va/yoki ingliz tili boʻyicha sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda bu haqida ariza beruvchiga YIDXP orqali xabar yuboradi.

4. Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmagan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.

3-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)

Ishchi organ tomonidan kiritilgan takliflarni kelishib beradi.

Takliflar kiritilgandan keyin oʻn ish kuni mobaynida

4-bosqich

Ishchi organ

Ariza beruvchi koʻrsatgan hisobvaraqqa tegishli pul mablagʻlarini yoʻnaltiradi va bu haqda ariza beruvchiga YIDXP orqali xabar yuboradi.

Takliflar vakolatli organ bilan kelishilgandan keyin besh ish kuni mobaynida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning mazkur sertifikatni olish xarajatlarini toʻliq qoplab berishda talab etiladigan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Sertifikat nomi

Muvofiqlik darajasi

Common European Framework of References (CEFR)

B2

S1

C2

1.

International English Language Testing System (IELTS)

5.5 — 6.5

7.0 — 8.0

8.5 — 9.0

2.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL iBT)

72 — 94

95 — 113

114 — 120

3.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP)

543 — 626

627 — 677

4.

Cambridge Assessment English

(FCE)

160+

(CAE)

180+

(CPE)

200+

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Raqamli texnologiyalar vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan kelishilgan holda, ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Kim tomonidan toʻldirilmoqda

Ariza beruvchining ota-onasi yoki qonuniy vakili (agar fuqaro 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa)

Ariza beruvchining oʻzi (oʻttiz yoshdan oshmagan fuqarolar)

2.

Sarflangan xarajatlar turi

IT-sertifikat uchun toʻlov puli

Oʻquv kursi va IT-sertifikat uchun toʻlov puli

3.

Davlat xizmati turi

60 foizgacha

(faqat xalqaro IT-sertifikat mavjud boʻlgan taqdirda)

Toʻliq qoplash

(ingliz tili boʻyicha B2 va undan yuqori xalqaro sertifikat va professional xalqaro IT-sertifikat mavjud boʻlgan taqdirda)

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot

1.1.

F.I.O.:

1.2.

Tugʻilgan sanasi:

1.3.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

1.4.

Yashash joyi manzili:

1.5.

Telefon raqami:

1.6.

Elektron pochtasi:

1.7.

Shaxsiy bank plastik kartasi raqami:

1.8.

Bank kodi:

1.9.

Bank STIRi:

1.10.

Bank tranzit raqami:

II. Ota-onasi yoki qonuniy vakil toʻgʻrisida maʼlumot

(ota-onasi yoki qonuniy vakil tugmasini belgilagan fuqarolar uchun)

2.1.

Xalqaro IT-sertifikat olgan 16 yoshga toʻlmagan fuqaroning F.I.O.:

2.2.

Tugʻilgan sanasi:

2.3.

Tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma seriyasi va raqami:

2.4.

Ota-onasi yoki qonuniy vakilining F.I.O.:

2.5.

Ota-onasi yoki qonuniy vakilining JSHSHIR:

2.6.

Yashash manzili:

2.7.

Telefon raqami:

2.8.

Elektron pochtasi:

2.9.

Ota-onasi yoki qonuniy vakilining bank plastik kartasi raqami:

2.10.

Bank kodi:

2.11.

Bank STIRi:

2.12.

Bank tranzit raqami:

III. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

3.1.

Xalqaro IT-sertifikat olingan sana (sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kundan oshmagan boʻlishi lozim)

3.2.

Xalqaro IT-sertifikatni taqdim etgan tashkilot nomi

3.3.

Xalqaro IT-sertifikat turi

3.4.

Xalqaro IT-sertifikat nusxasini yuklash

3.5.

Xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklash

Oʻquv kursi uchun xarajatlarni qoplash

(oʻquv kurslari uchun xarajatlar qoplanayotgan taqdirda)

3.6.

Xalqaro IT-sertifikatni olish uchun oʻquv kursida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini yuklash

Ingliz tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlarini toʻliq qoplash

3.7.

Imtihon turi

3.8.

Olingan sertifikatning roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami

3.9.

Xalqaro imtihondan sertifikat olingan sana

3.10.

Imtihon oʻtkazgan tashkilot

3.11.

Ingliz tilidan B2 va undan yuqori darajaga egaligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasini yuklash

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 09/24/95/0134-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son; 01.01.2026-y., 09/26/849/0002-son)