06.02.2024 yildagi O‘RQ-904-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.02.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 28-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 20-yanvarda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimizda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda sanitariya holatini va ekologik vaziyatni yaxshilash, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq qurilish, ishlab chiqarish va urbanizatsiya koʻlamlarining kengayishi atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining ortishiga sabab boʻlmoqda. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish uchun qonunlarda atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatuvchi obyektlarning faoliyatini maxsus vakolatli davlat organlarining qaroriga koʻra cheklash yoki toʻxtatib turish mumkinligi nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga qonunchilikda tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash yoki toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan noaniq taʼriflarning mavjudligi davlat organlarining diskretsion vakolatlari kengligi bilan bogʻliq korrupsiya holatlari paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonun bilan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorlarni, birinchi navbatda, aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruriyatini hisobga olgan holda qabul qilish asoslarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun ekologik vaziyatni yaxshilashga, aholining hayotiga va sogʻligʻiga xavf yuzaga kelishining oldini olishga, tadbirkorlik subyektlarini himoya qilishga, shuningdek korrupsiya omillarini bartaraf etishga hamda vakolatli davlat organlarining masʼuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda, № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 10-moddaning uchinchi qismidagi “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda” degan soʻzlar “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 48-moddaning ikkinchi qismidagi “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda” degan soʻzlar “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 50-moddaning ikkinchi qismidagi “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda” degan soʻzlar “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 353-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 3, 164-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 13-moddasining birinchi qismidagi “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda” degan soʻzlar “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-363-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 9, 591-modda, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 5, 465-modda) 22-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga boshqa real tahdid yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan” degan soʻzlar “favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 6-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-904-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son)