13.04.2000 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.04.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KAPITAL QURILISHNI BOSHQARISH TUZILMASINI YANADA QAYTA TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qarorini bajarish yuzasidan Qurilish kompleksi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan kapital qurilishni boshqarish tarkibini oʻzgartirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar buyurtmalar portfelini shakllantirish va obyektlarni foydalanishga tayyor holda topshirish masalalarida pudrat tashkilotlarining mustaqilligini oshirish, pudrat ishlari bozorida raqobatni rivojlantirish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, kompleksning tashkiliy tuzilmasi bozor munosabatlari shart-sharoitlariga hali ham javob bermaydi, boshqarishning ortiqcha boʻgʻinlarini, kam quvvatli va zarar koʻrib ishlayotgan qurilish korxonalarini tugatish jarayoni nihoyasiga yetkazilgani yoʻq, aksiyalarning ikkilamchi bozori shakllantirilmagan. Xususiy qurilish tashkilotlari hali ham yaxshi rivojlanmagan, qurilish va qurilish industriyasi sohasiga xususiy va xorijiy sarmoya sust jalb qilinmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilish tashkilotlarining mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi, Davlat mulki qoʻmitasi, qurilish idoralari va tashkilotlarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga* muvofiq kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlarini belgilangan tartibda tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaga* muvofiq qurilish industriyasi korxonalarini yuridik shaxslar sifatida belgilangan tartibda pudrat idoralari, birlashmalar va trestlar tarkibidan chiqarish va ularga mustaqil xoʻjalik faoliyati yuritish huquqini berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarini belgilangan tartibda tugatish va qayta tashkil etish, ularning mol-mulkini asosan xususiy mulk qilib sotishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 3-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus Respublika komissiyasi tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1 va 2-ilovalarda koʻrsatib oʻtilgan kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarini tugatish va ularni qayta tashkil etish jadvalini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarga borib va viloyatlar, shaharlar hamda tumanlar hokimliklarini, manfaatdor idoralar, trestlar, korxonalar va tashkilotlarni jalb qilgan holda qurilish kompleksining har bir kam quvvatli, norentabel korxonasini, ayniqsa, qurilish industriyasi korxonalarini sinchiklab oʻrganib chiqsin va ularni tugatish hamda xususiy mulk qilib sotishga alohida eʼtibor bergan holda ular yuzasidan aniq qaror qabul qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlari hamda qurilish industriyasi korxonalarini tugatish masalalarini uch oy muddatda uzil-kesil hal qilsin. Qilingan ish natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksiga kiruvchi idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda 2000-yilning birinchi yarim yili davomida aksiyadorlik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalarini mustahkamlash, pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi va tasarrufida qurilish tashkilotlari boʻlgan boshqa vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2000-yil davomida ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilishini va tarkibini oʻzgartirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoq korxonalari tarkibini oʻzgartirish jarayonida jamoa korxonalarini qayta oʻzgartirishga, pudrat qurilish tashkilotlarini rivojlantirishga, qurilish sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga va qoʻshma korxonalar tashkil etishga alohida eʼtibor berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam quvvatli va norentabel qurilish tashkilotlarini tugatishda boʻshab qoladigan davlat mulkining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish kompleksi korxonalari va tashkilotlarining ustav jamgʻarmalaridagi davlatga tegishli ulush miqdorlari toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 13-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144-son