10.01.2024 yildagi PQ-14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika tarmogʻini yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika sohasida yuqori talabga ega boʻlgan mahsulotlarni oʻzlashtirish, yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, aholini sifatli, samarali va arzon farmatsevtika mahsulotlari bilan taʼminlash, mahalliy korxonalarga umumeʼtirof etilgan amaliyotlar va standartlarni keng tatbiq etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-2025-yillarda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlari 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari farmatsevtika korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shaxsan javobgar boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) korxonalar va investitsiya loyihalari bilan ishlash quyidagi yondashuv asosida tashkil etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushirish ishlarini loyihabay kesimida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir loyiha va korxonalarni joyiga chiqqan holda oʻrganib, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishda tashabbuskorlarga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlarni tadbirkorlar orasida targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farmatsevtika tarmogʻida yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kam quvvatda ishlayotgan korxonalarning mavjud quvvatlaridan samarali foydalanish hamda raqobatbardoshligini oshirishda tarmoq korxonalariga koʻmaklashish va ularni qoʻllab-quvvatlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya (J. Xodjayev) korxonalar faoliyati va loyihalarni amalga oshirish holatini muntazam ravishda tahlil qilib, mavjud muammoli masalalarni hal etish choralarini koʻrsin va komissiya yigʻilishlarida muhokama qilib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Biotexnologiyalar klasteri”ni Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (keyingi oʻrinlarda — Klaster) hududida tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Klasterga tutash hududdan qoʻshimcha 60 gektar yer maydonini ajratish hisobiga Klaster hududini kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A. Azizov) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Klaster hududini kengaytirish uchun mazkur bandda koʻrsatilgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer fondi toifasi oʻzgartirilganidan keyin tegishli yer uchastkasini “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi” davlat muassasasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Biotexnologiyalar klasteri” loyihasini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “Biotexnologiyalar klasteri”da biofarmatsevtik yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish hamda mahalliy biotexnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-dekabrga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun farmatsevtika mahsulotlariga boʻlgan talab va ehtiyojni shakllantiradi va internet saytida joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-martdan davlat xaridlarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisi bir lotda faqat bitta farmatsevtika mahsulotini (xalqaro patentlanmagan nomi boʻyicha dori vositalari va tibbiy buyumlar) kiritishi mumkin boʻlgan tizim joriy qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvardan bosqichma-bosqich barcha tibbiyot muassasalari tomonidan markazlashmagan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari xaridi markazlashtirilgan tartibga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) uch oy muddatda markazlashtirilgan tartibda xarid qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari roʻyxatini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan hududiy tibbiyot tashkilotlarining omborlarini “Zarur saqlash amaliyoti — (GSP)” talablari asosida tashkil etsin va termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalari bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Toshkent viloyati hokimligi (Z. Mirzayev), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) va Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) bilan birgalikda ikki oy muddatda hududlarda tashkil etilgan farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan maxsus iqtisodiy zonalardagi yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazsin va yangi loyihalarni joylashtirish mumkin boʻlgan yer maydonlarini aniqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A. Azizov) xatlov natijasida aniqlangan boʻsh yer maydonlariga import oʻrnini bosuvchi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan yangi investitsiya loyihalarini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda joylashtirish choralarini koʻrsin hamda natijalari yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotlarni kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilansinki, farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Asakabank” AJga xorijiy ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishga yoʻnaltirilgan, innovatsion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani ishlab chiqarishga moʻljallangan loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida 10 yil muddatgacha, shundan 4 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada kredit liniyasi ajratiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Asakabank” AJ tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar nufuzli xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlaridan 500 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari jalb qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Asakabank” AJ jalb qilinayotgan kredit mablagʻlarini Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Asakabank” AJ (Q. Tulaganov)ga kredit liniyalarini boshqa tijorat banklariga farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida qayta moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari (biznes-rejalari) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Ilmiy-texnik kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori A.A. Azizov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosiga masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 10-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-14-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-14-son qaroriga

1-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-2025-yillarda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼullar

1.

Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Loyihalarning oʻz vaqtida ishga tushishi, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish maqsadida har bir loyihaga masʼul biriktirish.

2024-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari direksiyalari

2. “Parkent-farm”, “Boʻstonliq-farm”, “Andijon-farm”, “Kosonsoy-farm” va “Zomin-farm” EIZlarida amalga oshirilayotgan loyihalarni xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil aprel

3. Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

2.

“Boʻstonliq-farm” va “Zomin-farm” EIZlarining infratuzilmasini yaxshilash.

1. “Boʻstonliq-farm” va “Zomin-farm” EIZlarining infratuzilma bilan bogʻliq muammolarini bartaraf etish.

2024-yil sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklari,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

2. “Boʻstonliq-farm” va “Zomin-farm” EIZlariga yangi investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. “Boʻstonliq-farm” va “Zomin-farm” EIZlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

3.

Hududlarda farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun xalqaro konsultant va mutaxassislarni jalb etish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga hududda farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha xalqaro maslahatchi va mutaxassislarni biriktirish.

2024-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

2. Hududning ixtisoslashuvidan kelib chiqib farmatsevtika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash.

2024-yil may

3. Investorlarni jalb etgan holda investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

4.

Hududlarda farmatsevtika sohasini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash.

1. Farmatsevtika korxonalarining joriy faoliyatini oʻrganish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda joylarda yuzaga keladigan muammoli masalalarni bartaraf etib borish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Belgilangan investitsiya loyihalarining oʻz muddatida ishga tushishini taʼminlash.

2024-2025-yillar

5.

Oʻzbekistonga yirik xorijiy kompaniyalarni jalb etish.

1. Farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarni toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish.

2024-yil mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

2. Nufuzli xalqaro kompaniyalarni Oʻzbekistonga jalb etish boʻyicha muzokaralar olib borish.

Reja asosida

3. Kafolatli xarid va transfer texnologiyalarini qoʻllagan holda yirik xorijiy kompaniyalarni jalb etish choralarini koʻrish.

2024-yil dekabr

6.

Farmatsevtika tarmogʻida biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish.

1. Biologik faol qoʻshimchalar bozorining joriy holatini tahlil qilish.

2024-yil mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

(B. Yusupaliyev)

2. Xalqaro tajriba asosida biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy maqsad va yoʻnalishlarini belgilash.

2024-yil may

3. Mahalliy korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish, yangi biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish va xorijiy bozorlarga kirib borishni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

2024-yil dekabr

7.

Tarmoqdagi mavjud korxonalar muammolarini oʻrganish va past quvvatda faoliyat koʻrsatayotgan farmatsevtika korxonalarini toʻliq quvvatga olib chiqish choralarini koʻrish.

1. Past quvvatda ishlayotgan korxonalarga “korxonabay” tamoyili asosida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan masʼullar biriktirish.

2024-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

2. Korxonalar faoliyati uzluksizligini taʼminlash, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida aylanma mablagʻlar jalb etish.

Korxona talabidan kelib chiqib

8.

Mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan “Asakabank” AJga farmatsevtika loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlarini ajratish.

2024-yil fevral

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Sh. Vafayev),

“Asakabank” AJ

(Q. Tulaganov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

2. 2024-yil yakuniga qadar nufuzli xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlaridan 500 million AQSH dollari miqdoridagi davlat kafolatisiz kredit liniyalarini jalb qilish.

2024-yil dekabr

3. Farmatsevtika yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish.

Reja asosida

9.

Farmatsevtika sohasini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.

1. Farmatsevtika texnik universitetida 2024-2025 oʻquv yilida taʼlim jarayonlarini boshlash.

2024-yil oktabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sh. Turdiqulova)

2. Har yili sohadagi 30 nafar mutaxassislarni xorijiy taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida va xorijiy korxonalarda malaka oshirishlarini tashkil etish.

2024-yil dekabr

10.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini takomillashtirish.

Institutlar faoliyatini tahlil qilish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash.

2024-yil iyun

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sh. Turdiqulova)

11.

“Oʻzmedimpeks” davlat muassasasi moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. Hududlarda “Oʻzmedimpeks” davlat muassasasi uchun zarur boʻladigan omborlarni “Zarur saqlash amaliyoti — (GSP)” talablari asosida tashkil etish.

2. Tibbiyot muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminotini yaxshilash maqsadida termolabil dori vositalarini yetkazib berish uchun 14 ta maxsus yuk tashuvchi avtotransport vositalarini xarid qilish.

2024-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov)

12.

Tibbiy buyum va texnikalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga ISO 13485 standarti talablarini joriy etish.

Tibbiy buyum va texnikalarni ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga ISO 13485 standarti talablarini joriy etish boʻyicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil mart

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(D. Sattarov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

13.

Xalqaro maslahatchi kompaniyalarni jalb etgan holda farmatsevtika sohasini rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish.

1. Xalqaro konsultativ kompaniyalarni jalb etish choralarini koʻrish.

2024-yil may

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

2. Jalb qilingan kompaniya bilan birgalikda farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda mazkur “yoʻl xaritasida” quyidagilarni nazarda tutish:

mamlakatda ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning respublika umumiy isteʼmolidagi ulushini 2030-yilgacha 70 foizga yetkazish;

rekombinant texnologiyalarga asoslangan mahalliy biotexnologik mahsulotlardan vaksina va rekombinant oqsillar ishlab chiqarishni tashkil etish;

saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish.

2024-yil avgust

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-14-son qaroriga

2-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmatsevtika sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YIGʻMA PARAMETRLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hudud nomi

Umumiy qiymati

(mln doll.)

shundan, moliyalashtirish manbalari boʻyicha

Ish oʻrinlari

oʻz mablagʻlari

tijorat banklari kreditlari

kafolatlanmagan xorijiy kreditlar

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar

davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

Jami:

1 911,0

648,9

277,9

121,0

642,6

188,7

32,0

13 516

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

35,5

18,5

5,0

4,5

7,5

0,0

0,0

270

2.

Andijon viloyati

77,5

39,4

22,5

15,6

0,0

0,0

0,0

610

3.

Buxoro viloyati

53,8

32,5

14,3

0,0

7,0

0,0

0,0

214

4.

Jizzax viloyati

110,2

25,5

28,7

6,0

50,0

0,0

0,0

910

5.

Qashqadaryo viloyati

37,3

17,3

10,0

3,0

7,0

0,0

0,0

312

6.

Navoiy viloyati

50,2

14,6

13,1

0,0

22,5

0,0

0,0

345

7.

Namangan viloyati

104,1

34,9

40,2

0,0

29,0

0,0

0,0

882

8.

Samarqand viloyati

138,8

56,4

12,0

15,4

55,0

0,0

0,0

684

9.

Sirdaryo viloyati

98,8

48,8

1,0

20,0

29,0

0,0

0,0

1 015

10.

Surxondaryo viloyati

56,2

19,5

6,0

9,2

21,5

0,0

0,0

530

11.

Toshkent viloyati

859,5

176,2

80,2

21,7

360,7

188,7

32,0

4 802

12.

Fargʻona viloyati

41,7

18,3

2,0

15,6

5,9

0,0

0,0

570

13.

Xorazm viloyati

57,8

10,6

9,7

10,0

27,5

0,0

0,0

710

14.

Toshkent shahri

189,7

136,5

33,2

0,0

20,0

0,0

0,0

1 662

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya hamda Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev)ga yigʻilish bayoni asosida mazkur ilovaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-14-son qaroriga

3-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini jadallashtirish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Bajarish muddati

Masʼullar

I bosqich

Klasterning sanoat obyektlarini va ilmiy-oʻquv qismi I fazasini qurish

(amalga oshirish muddati: 2024 — 2027-yillar)

1.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasining maʼmuriy binosini qurib, foydalanishga topshirish.

2024-yil avgust

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

2.

Klasterning sanoat zonasini rivojlantirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida “roud-shou” oʻtkazish.

Doimiy ravishda

(investitsiya paketlari shakllantirilgandan soʻng)

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

Tashqi ishlar vazirligi

(B.Saidov)

3.

Farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (I faza) boʻyicha Koreya maslahatchilari tomonidan loyihani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

4.

I fazani tashkil etish uchun bosh pudratchini tanlash.

2025-yil mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

5.

I fazani amalga oshirish doirasida zarur jihozlar va inventarlar roʻyxatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash.

2025-yil aprel

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

6.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash (I faza).

2025-yil aprel

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

7.

Montaj va ishga tushirish ishlari.

2027-yil iyul

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

8.

I fazani foydalanishga topshirish.

2027-yil noyabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

II bosqich

Klasterning ilmiy-oʻquv qismi II faza obyektlarini qurish

(amalga oshirish muddati: 2024 — 2028-yillar)

9.

EDCF jamgʻarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish (II faza) boʻyicha imtiyozli moliyalashtirish shartlarini kelishish va qarz shartnomasini imzolash.

2024-yil iyun

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

10.

II fazani amalga oshirish boʻyicha maslahatchilarni aniqlash uchun tender oʻtkazish.

2025-yil mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

11.

Maslahatchilar tomonidan II fazani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

12.

Loyiha boʻyicha bosh pudratchini tanlash (II faza).

2026-yil mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

13.

Zarur jihozlar va inventarlar roʻyxatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash.

2026-yil aprel

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

14.

Qurilish-montaj ishlarini boshlash (II faza).

2026-yil aprel

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

15.

Montaj va ishga tushirish ishlari.

2028-yil mart

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov)

16.

Foydalanishga topshirish (II faza).

2028-yil aprel

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(A. Azizov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-14-son qaroriga

4-ILOVA

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4574-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 1-ilovaning 5-bobida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “136,0 million AQSH dollari” soʻzlari “188,7 million AQSH dollari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“foiz stavkasi: I bosqich uchun — yillik 0,10 foiz, II bosqich uchun — yillik 0,05 foiz”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-459-son qaroriga 6-ilovaning 92-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

92.

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish (1-bosqich)

2020 — 2026 yy.

EDCF jamgʻarmasi (Koreya)

83,7

83,7

1,4

1,4

1,4

.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-ilovaning 880-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-ilova izoh qismining 4-bandi “7” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Obyektni sotish “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri maʼmuriy binosining qurilish ishlari toʻliq yakunlanganidan soʻng amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2024-y., 07/24/14/0015-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 29.01.2025-y., 06/25/13/0080-son; 07.03.2026-y., 06/26/35/0205-son; 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son; 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)