25.12.2023 yildagi O‘RQ-889-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 27-oktabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda “Yangi Oʻzbekiston — yangi sud” prinsipi doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, insonning qadr-qimmati ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, mamlakatimizda davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish, davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga bugungi kunda sud qarorlarini qayta koʻrish institutining tahlili mazkur institutni takomillashtirish orqali amaldagi tartibni qayta koʻrib chiqish zarurligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga ishlarni koʻrishning oʻta markazlashtirilishiga barham berish, fuqarolarning olis hududlardan sudga kelib sarson boʻlishining oldini olish maqsadida viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlarda ishlar apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilishini, ishlar taftish tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida va alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida koʻrilishini hamda yuqori instansiya sudlari tomonidan ishlarni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish tartibi bekor qilinishini, shuningdek erga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarni maʼmuriy sudlar tomonidan koʻrishda prokuror ishtirok etishi shartligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonun fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan sud orqali himoya qilinish va sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlarini yanada oshirishga, ularning buzilgan huquqlari va erkinliklarini, shuningdek qonuniy manfaatlarini kengroq himoya qilishga, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, ishlarning sifatli va oʻz vaqtida koʻrilishiga, sud qarorlarini qayta koʻrishda oʻrta boʻgʻin — viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar imkoniyatlaridan samarali foydalanishga, shuningdek fuqarolarning sudlardagi ortiqcha xarajatlari tejalishiga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda, № 4, 269-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “apellatsiya va kassatsiya instansiyasi” degan soʻzlar “apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 7-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha apellatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismidagi “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida koʻrish hayʼatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati aʼzolarining koʻpchiligi ishtirokida amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda, shuningdek ishni yuqori turuvchi sud tomonidan taftish tartibida qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 30-moddaning toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 46-moddaning yettinchi qismi “sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda” degan soʻzlardan keyin “erga oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq ishlarda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 112-moddaning uchinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) 115-moddaning yettinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya shikoyati” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish shikoyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) 120-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Protsessual muddatni tiklash haqidagi yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) 1263-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kelishuv bitimi apellatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani apellatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) 1264-moddaning ikkinchi qismidagi “Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi” degan soʻzlar “Apellatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) 144-moddaning toʻrtinchi qismidagi “apellatsiya va kassatsiya” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya va taftish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) 201-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201-modda. Apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻruvchi sudlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya shikoyatlari (protestlari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlararo maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan;

hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) 203-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay berilgan va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) 207-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismining 2-bandidagi “qonunchilikka” degan soʻz “qonunga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismidagi “kassatsiya shikoyati (protesti)” degan soʻzlar “taftish shikoyati (protesti)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) 210-moddaning toʻrtinchi qismidagi “kassatsiya shikoyati (protesti)” degan soʻzlar “taftish shikoyati (protesti)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) 213-moddaning uchinchi qismidagi “kassatsiya tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1) apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismidagi “kassatsiya tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) 215-moddaning ikkinchi qismi “bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holi mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) 219-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;

2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;

3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;

4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;

5) ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 220-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi toʻgʻrisida koʻrsatiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa;

2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa;

3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishning sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir shaxs yoʻqligida koʻrilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hayʼati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;

5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;

6) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;

7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismining 13-bandi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

24) 223 — 226-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati (protesti)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrimni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrimni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;

4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.

224-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan va apellatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
225-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻruvchi sudlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatlari (protestlari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlararo maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
226-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) 227-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) 228-moddaning birinchi qismidagi “kassatsiya instansiyasi sudiga” degan soʻzlar “sudga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27) 230-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28) 2301-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 224-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti kiritish toʻgʻrisidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29) 231-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30) 232-modda ikkinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5) sud majlisining vaqti va joyi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31) 233 va 234-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
233-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
234-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyati (protesti) sudya tomonidan quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan boʻlsa yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi, ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 230-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32) 2341-modda chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33) 236-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosi toʻxtatib turilishi haqida koʻrsatiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “yoxud” degan soʻz “yoki” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, birinchi instansiya sudida koʻrish qoidalari boʻyicha koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish toʻgʻrisidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi, bundan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrish holi mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasini oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga kelmaganligi ishni ular yoʻqligida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37) 240-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritish tugatilganligi, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, boshqa shaxslarning kassatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38) 241-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sud ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomidagi “muddatlari” degan soʻz “muddati” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) uni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40) 243 va 244-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“243-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hal qiluv qarorini oʻzgartirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻradi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha koʻrishga oʻtish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim boʻlgan harakatlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.

244-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati notoʻgʻri talqin qilinganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protsessual huquq normalari buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) hal qiluv qarorini qabul qilish chogʻida sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda koʻrilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishning sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yoʻqligida koʻrilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hal qiluv qarorining sudya yoki, agar ish sudyalar hayʼati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) bildirilgan talab boʻyicha sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda koʻrilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismining 14-bandi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42) 246-modda chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43) 247 va 248-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“247-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining apellatsiya instansiyasida koʻrilmagan ajrimlari, qarorlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni birinchi instansiya sudiga koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni koʻrib chiqish uchun taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudining ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44) 2481-modda chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45) quyidagi mazmundagi 28-bob bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“28-bob. Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
249-modda. Taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlararo maʼmuriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori, ajrimi ustidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, ushbu sudlar taftish instansiyasining sud hujjatlari va ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan, apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga quyidagi shaxslar tomonidan taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari tomonidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan quyidagi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga taftish tartibida protest keltirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaatiga asosan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — prokuror ishtirokida koʻrilgan ish boʻyicha, shuningdek boshqa ishlar boʻyicha ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
250-modda. Taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻruvchi sudlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat (protest):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeks 249-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeks 249-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeks 249-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan kiritilgan protesti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
251-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻradigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi nomiga yoʻllanadi, lekin hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni ishni taftish tartibida koʻradigan sudga ish bilan birga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Kodeks 249-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
252-modda. Taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻtgan taqdirda, taftish tartibidagi shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ishni taftish tartibida koʻrish yakunlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi qaror qabul qilguniga qadar oʻtgan boʻlsa, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining protesti ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati kelib tushgan kundan eʼtiboran uch oy ichida, lekin ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay keltirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibida shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha, agar iltimosnoma taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va shikoyat (protest) berish muddatining oʻtkazib yuborilishi sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
253-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan taftish instansiyasi sudining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning joylashgan yeri (pochta manzili yoki yashash joyi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shikoyat (protest) berayotgan shaxs sud hujjatini qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilgan holda notoʻgʻri deb hisoblashiga oid asoslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida ustidan shikoyat qilinayotgan, qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat shikoyatni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolangan boʻlishi kerak. Protest uni keltirgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
254-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxalarini yuborish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255-modda. Taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ilova qilinadigan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taftish tartibidagi shikoyat vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning shikoyatni imzolashga boʻlgan vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi protestga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protest va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish haqidagi yoxud apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoki qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish haqidagi yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) qabul qilinishi rad etilgan yoxud qaytarilgan shikoyat (protest) hamda uni sudga taqdim etish chogʻida unga qoʻshib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
256-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;

2) shikoyat (protest) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida apellatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shikoyat (protest) ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud tomonidan ilgari koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs undan voz kechganligi, protest chaqirib olinganligi sababli shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim mavjud boʻlsa, bundan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shikoyatdan voz kechilganligi, protest chaqirib olinganligi sababli taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, shikoyatni berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
257-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish instansiyasi sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shikoyat (protest) imzolanmagan boʻlsa yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 253-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 255-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shikoyat (protest) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma mavjud boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shikoyat (protest) bergan shaxsdan uni qaytarib olish (chaqirib olish) toʻgʻrisida shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganligi haqida sud ajrimi chiqarilguniga qadar ariza kelib tushgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shikoyat (protest) ushbu Kodeks 251-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda hal qiluv qarorini qabul qilgan sud chetlab oʻtilgan holda yuborilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, taftish tartibidagi shikoyatni berish chogʻida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi masala hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusxasi shikoyat (protest) bergan shaxsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, shikoyat (protest) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat (protest) bergan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
258-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
259-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda shakl va mazmunga nisbatan belgilangan talablarga rioya qilingan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinadi va sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;

3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ustidan shikoyat berilgan (protest keltirilgan) sud hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
260-modda. Ishni talab qilib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ishni tegishli suddan talab qilib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 249-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest kiritish masalasini hal etish uchun tegishli suddan ishni oʻz vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 249 — 255-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan taqdirda esa ishni talab qilib olgan holda oʻrganadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni ushbu Kodeksning 256-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra rad etish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 257-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) agar sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida esa shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrimning koʻchirma nusxasi taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
262-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shikoyat bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ustidan taftish tartibida shikoyat berilgan sud hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;

6) taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish asoslari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda shikoyat va unga ilova qilingan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimiga qoʻshilmaslikka hamda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning arizasiga asosan uni bekor qilish va shikoyatni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida ajrim chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish uchun belgilangan muddat doirasida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
263-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ustidan taftish shikoyati (protest) berilgan sud hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish asoslarining asoslantirilgan bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) sud majlisining vaqti va joyi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
264-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr bildirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxs taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxalarini olgach, uning yuzasidan yozma fikrini hamda yozma fikrning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yozma fikr taftish tartibidagi shikoyat (protest) koʻrib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
265-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, sud hujjatining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudya taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turish rad etilishi haqida koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida koʻrilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2661-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng uning imzolanmaganligi yoxud uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan yoki mansab mavqeyi yoki familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat (protest) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2662-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shikoyat (protest) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shikoyat (protest) Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilmagan sud hujjati ustidan berilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq taftish tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shikoyat (protest) taftish tartibida ushbu sud tomonidan koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida shikoyat ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa va voz kechish taftish instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida protest ish yuritishga qabul qilinganidan keyin ariza kelib tushgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ishda taraf boʻlgan fuqaro shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar boʻyicha taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2663-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) u koʻrib chiqish uchun oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan taftish tartibidagi protest u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay koʻrilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2664-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida koʻrish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda taftish tartibida koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish tartibida koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼruzachi ishning holatlarini, ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlarining mazmunini, taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni, unga doir kelib tushgan yozma fikrlarni bayon qiladi. Shundan soʻng sud majlisida hozir boʻlgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlab taftish tartibida shikoyat bergan shaxs yoki uning vakili tushuntirish beradi, agar ish prokurorning protesti boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, dastlab prokuror soʻzga chiqadi. Sud hujjati ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan taqdirda, birinchi boʻlib arizachi soʻzga chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, sudda taraflar va uchinchi shaxslardan keyin soʻzga chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan keyin taftish instansiyasi sudi qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish instansiyasi sudining qarori ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq sud uning qaror qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq eʼlon qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2665-modda. Taftish tartibidagi shikoyatdan voz kechish. Taftish tartibidagi protestni chaqirib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibida shikoyat bergan shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar undan voz kechishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs ishni koʻrish yakuni boʻyicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2666-modda. Taftish instansiyasi sudining ishni koʻrish doirasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishni taftish tartibida koʻrish chogʻida quyi instansiyalarning sudlari tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish instansiyasi sudi birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablarni qabul qilmaydi va koʻrib chiqmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish instansiyasining sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish toʻgʻrisidagi; talabning predmetini yoki asosini oʻzgartirish haqidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni koʻrish uchun belgilangan boshqa qoidalar qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2667-modda. Taftish instansiyasi sudining vakolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2668-modda. Sud hujjatini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni yoki ajrimni taftish tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, qarori yoki ajrimi faqat yuzaki asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2669-modda. Taftish instansiyasi sudining qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qarorni qabul qilgan sudning nomi va tarkibi, sud majlisining kotibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ish raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari mazmunining qisqacha bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) shikoyatda (protestda) keltirilgan sud hujjatlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish toʻgʻrisida talab arz qilinishiga sabab boʻlgan asoslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) shikoyat (protest) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) sud tomonidan aniqlangan ish holatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ishni koʻrgan sud qaysi sabablarga koʻra oʻz xulosalariga kelgan boʻlsa, oʻsha sabablar hamda oʻzi amal qilgan qonunlarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga havola;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha sud xulosalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) agar ish yangidan koʻrish uchun yuborilayotgan boʻlsa, sud tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisida raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori yakuniy hisoblanadi va uning ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26610-modda. Taftish instansiyasi sudi koʻrsatmalarining majburiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish tartibida koʻrgan sudning qarorida bayon etilgan koʻrsatmalar mazkur ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni taftish tartibida koʻrayotgan sud hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday qaror qabul qilinishi kerakligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26611-modda. Sudning ajrimi, qarori ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudning ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 249-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan mazkur Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrimni, qarorni toʻliq yoki qisman oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni mazmunan koʻrish uchun tegishli instansiya sudiga yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ish materiallarini koʻrib chiqish uchun sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26612-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga ushbu Kodeksda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berishning belgilangan muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ushbu Kodeksda taftish tartibida shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi protestni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida protest berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining boshqa ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46) 268-moddaning ikkinchi qismidagi “apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasining” degan soʻzlar “apellatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun 1-moddasining 1 — 5, 7 — 46-bandlari 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 25-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-889-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son)