Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3479]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 10-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 31-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M. TASHXODJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 12-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 10-noyabrdagi 18-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasinitayinlash vatoʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasini (bundan buyon matnda stipendiya deb yuritiladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Stipendiya har oylik toʻlov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga (bundan buyon matnda sport terma jamoalari tarkibi deb yuritiladi) kiritilgan hamda mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom qoidalari Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlganligi uchun umrbod oylik toʻlovlar tayinlangan sportchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Stipendiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish va uning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri buyrugʻi bilan stipendiyani tayinlash va toʻlash boʻyicha Stipendiya komissiyasi (bundan buyon matnda Stipendiya komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi va u stipendiyaga nomzod sportchilarning roʻyxatini shakllantirish hamda stipendiya tayinlashga masʼul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Stipendiya komissiyasi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparati va Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan xodimlari orasidan kamida yetti kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Stipendiya komissiyasiga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarga muvofiq Stipendiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish, shuningdek komissiya yigʻilishlarini oʻtkazish va ularga rahbarlik qilish vazir oʻrinbosari — Stipendiya komissiyasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Stipendiya komissiyasi faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash uning kotibi zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Stipendiya komissiyasi stipendiyaga nomzod sportchilar maʼlumotlarini koʻrib chiqish va ularning roʻyxatini shakllantirish boʻyicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi (bundan buyon matnda masʼul ijrochilar deb yuritiladi) tomonidan taqdim qilinadigan stipendiyaga nomzod sportchilarning roʻyxatini koʻrib chiqish;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyxatidagi sportchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqiqiyligini va mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mosligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun masʼul ijrochilardan zarur axborotlarni soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
stipendiya tayinlash uchun barcha zarur hujjatlar va maʼlumotlarning masʼul ijrochilar tomonidan oʻz vaqtida taqdim etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan sportchilar roʻyxatini doimiy ravishda monitoring qilib borish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sportchilarga stipendiya tayinlash yoki stipendiya toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Stipendiya komissiyasi yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Yigʻilishlarda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan kollegial tarzda qarorlar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Stipendiya komissiyasi yigʻilishlari aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Stipendiya komissiyasi qarorlari yigʻilishda ishtirok etayotgan aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi tomonidan maʼqullangan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyxatini koʻrib chiqish, ularning maʼlumotlarini tekshirish va stipendiya tayinlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Masʼul ijrochilar har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar mazkur Nizom ilovasida belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar roʻyxatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezon talablariga mos keluvchi hamda sport terma jamoalari tarkibiga kiritilgan barcha sportchilarning stipendiyaga nomzodlar roʻyxatiga toʻliq kiritilishiga masʼul ijrochilar javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Masʼul ijrochilar stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyxati bilan birgalikda Stipendiya komissiyasi koʻrib chiqishi uchun mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlar asosida sportchilarning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Stipendiya komissiyasi stipendiyaga nomzod sportchilar haqida boshqa zarur maʼlumotlarni (shaxsiga oid maʼlumotlar, sport terma jamoalari tarkibidagi holati boʻyicha maʼlumotlar va boshqalar) “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Stipendiya komissiyasi masʼul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyxatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida koʻrib chiqadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida Stipendiya komissiyasi masʼul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar roʻyxatidagi sportchilarning haqiqatdan ham sport terma jamoalari tarkibida ekanligini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlari haqiqiyligini, shuningdek mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan holatlarni tekshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.22.00.00 Davlat mukofotlari, pul va boshqa mukofotlar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Stipendiya komissiyasi yigʻilishida umumiy ovoz berish yoʻli bilan stipendiya tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida yoki stipendiya tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha sport terma jamoalari tarkibiga kiritilgan hamda mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga stipendiya tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Stipendiyalar stipendiya tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan oydan boshlab bir yil muddatga mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan miqdorga qatʼiy rioya qilgan holda tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Stipendiya komissiyasi qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Stipendiya komissiyasi qarori Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Stipendiya komissiyasi qarori yuzasidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining buyrugʻi bilan Stipendiya komissiyasi qarori yuzasidan berilgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda apellyatsiya komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga Vazirlikning Stipendiya komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan masʼul xodimlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi aʼzolari soni toq sonda hamda kamida besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Stipendiya komissiyasi qaroridan norozi boʻlgan masʼul ijrochilar yoki stipendiyaga nomzod sportchilar yoxud ularning qonuniy vakillari (bundan buyon matnda murojaatchi deb yuritiladi) Stipendiya komissiyasining qarori qabul qilingan kundan boshlab, besh kun davomida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishlari aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Apellyatsiya komissiyasi qarorlari yigʻilishda ishtirok etayotgan aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi tomonidan maʼqullanganda, qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan kelib tushgan murojaatlar uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishlarida yoki qaror qabul qilinayotgan vaqtda murojaatchining ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Apellyatsiya komissiyasi murojaatchining apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha murojaatchining talablarini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Apellyatsiya komissiyasi tegishli qaror nusxasini murojaatchiga bir kun muddatda pochta orqali yoki elektron shaklda uning elektron pochta manziliga yetkazilishini, agar murojaatchi Apellyatsiya komissiyasi qarori qabul qilinayotgan vaqtda ishtirok etgan boʻlsa, shaxsan oʻziga topshirilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Stipendiyani tayinlash va toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Stipendiya toʻlovlari uchun mablagʻlar “sportchi” lavozimi uchun belgilangan ish haqi, terma jamoalar va ularning zaxirasi, sportchilar energiya sarfini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun ajratiladigan maqsadli toʻlovlarni maqbullashtirish hisobidan qoplanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlikning xarajatlari smetasida inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Stipendiya toʻlovlari uchun mablagʻlar hisobi Vazirlikda ochiladigan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.07.00 Bank kartalarining emissiyasi va ulardan foydalangan holda operatsiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Vazirlik Stipendiya komissiyasining stipendiya tayinlash va toʻlash haqidagi qarori asosida stipendiya toʻlovi uchun talab etiladigan mablagʻlarni Vazirlikning xarajatlar smetasida stipendiya toʻlovi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan masʼul ijrochilarning xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritish orqali ajratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Stipendiyani toʻlash masʼul ijrochilar tomonidan sportchilarning bank kartalariga yoki depozit hisobvaraqlariga moliyaviy mablagʻlarni oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, moliya yili yakuni boʻyicha foydalanilmay qolgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Sportchilar uchun stipendiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Stipendiya miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Stipendiya komissiyasining stipendiya tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan oydan boshlab sportchiga stipendiya hisoblanadi va toʻlab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Stipendiya tayinlangan sportchilar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida eʼtirof etilish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Masʼul ijrochilar har yarim yilda stipendiya tayinlangan sportchilarning sport natijalarini monitoring qilib boradi va Stipendiya komissiyasiga axborot kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Stipendiya toʻlashni toʻxtatish asoslari va tartibi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Stipendiya tayinlangan sportchilarga stipendiya toʻlash quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatilishiga yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) stipendiya tayinlangan sportchilar sport terma jamoalari tarkibidan chiqarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) stipendiya tayinlangan sportchilarga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlganligi uchun umrbod oylik toʻlovlar tayinlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mazkur Nizomning 36-bandida keltirilgan holatlar aniqlangan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan Stipendiya komissiyasi mazkur Nizomning 8 — 10-bandlarida belgilangan tartibda stipendiya toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Stipendiya toʻlovlarini toʻlash Stipendiya komissiyasining stipendiya toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan oyning oxirgi sanasidan toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasiga nomzod sportchilarning oxirgi bir yilda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga oid asosiy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Harbiylar oʻrtasidagi va talabalar oʻrtasidagi jahon chempionatlari uchun ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** Osiyo-Okeaniya chempionati, Sharqiy-Osiyo chempionati, Gʻarbiy-Osiyo chempionati, Janubiy-Osiyo chempionati, Shimoliy-Osiyo chempionatlari uchun ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*** 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar hamda kichik oʻsmirlar musobaqalari natijalari uchun ham tatbiq etiladi.