27.11.2023 yildagi 628-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Advokatlik faoliyati uchun litsenziya olish tartibi soddalashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziya olish tartibini soddalashtirish orqali sohaga yosh kadrlarni keng jalb etish hamda qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida” 2023-yil 9-avgustdagi OʻRQ-862-son Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida” 2023-yil 9-avgustdagi OʻRQ-862-son Qonuniga muvofiq advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish talabi bekor qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 27-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
628-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 09/23/628/0907-son)