Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 2019-yil 2-avgustda ishchi tartibda imzolangan 1992-yil 15-maydagi Daromaddan va mol-mulkdan olinadigan soliqlarning ikkiyoqlama qoʻllanilishining oldini olish toʻgʻrisida bitimlarni tuzish va yondashuvlarni unifikatsiyalashtirish haqidagi bayonnoma amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi bayonnoma tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-noyabr,
PQ-368-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 07/23/368/0886-son)