16.11.2023 yildagi F-72-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoyishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan umumxalq referendumida xalqimiz oʻzining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʻoyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish, “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda nishonlanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, ochiq muloqot va suhbatlar, badiiy kechalar, festivallar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini samarali oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etgan holda bayram tadbirlarini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramini bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻnggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning oʻrni va rolini yoritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligini ochib berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini taʼminlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Konstitutsiya haftaligi”da umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida — Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Toshkent shahar hokimligining zaxira jamgʻarmalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 16-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
F-72-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tadbir nomi

Ijro muddati

Masʼul tashkilotlar

I. Tuman va shaharlarni bayramga tayyorlash, targʻibot-tashviqot materiallarini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarning mazmunini oʻzida aks ettiruvchi shiorlar, fotolavhalar, plakatlar, pannolar, qisqa videoroliklar va boshqa koʻrgazmali vositalarni tayyorlash.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan Konstitutsiya ramzini (bayroq, gerb elementiga ega) va ushbu ramz tushirilgan mahsulotlarni (flayer, stiker, bayroqcha, koʻkrak belgisi, sharf, kepka, bloknot, ruchka, sumka va b.) tayyorlash va aholiga tarqatish.

2023-yil 1 — 10-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid targʻibot-tashviqot vositalarini (banner, video roliklar) quyidagilarda joylashtirish:

1) viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda;

2) jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va ulardagi monitorlarda;

3) jamoat joylarida (bozorlar, savdo doʻkonlari, gipermarket va boshqa savdo shoxobchalari, bekatlar, aeroport va aviakassalar, temiryoʻl vokzallari va kassalari, avtomobil yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.).

2023-yil 1 — 10-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

OʻzMTRK,

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Transport vazirligi

Mahallalarda, maktablar hovlilarida 7-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish.

2023-yil 7-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi”ni tashkil etish, unda:

Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish;

Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish;

konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish;

bolalar va yoshlarga Konstitutsiyada belgilangan normalarning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi koʻrgazmali materiallar burchagini tashkil etish;

“Konstitutsiya koʻchasi”ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish;

Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar, kuiz va chellenjlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash.

2023-yil 5 — 8-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

IIV,

Bosh prokuratura,

Milliy gvardiya,

Oliy sud,

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

II. Bayram tadbirlarini ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha chora-tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarning mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

OʻzMTRK,

OʻMMA,

OʻzA,

AOKA,

Adliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, viktorina, maqola va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Telekanallar belgisi yonida Konstitutsiya ramzini joylashtirish.

2023-yil noyabr-dekabr

AOKA,

OʻzMTRK,

OʻMMA,

OʻzA,

Adliya vazirligi

Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Konstitutsiyaviy sud, OʻzMTRK, OʻzA, OʻMMA, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi

Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2023-yil 7-8-dekabr

OʻzMTRK,

OʻMMA,

AOKA,

Adliya vazirligi

Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida (gazeta va jurnallarda):

1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnallarning maxsus sonlarini chop etish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

OʻzMTRK,

OʻMMA,

OʻzA,

“Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari,

AOKA,

Adliya vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

IIV,

Oliy sud,

Konstitutsiyaviy sud,

Milliy gvardiya,

Bosh prokuratura

Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish.

2023-yil 7-8-dekabr

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar siyosati va sp�rt vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

AOKA,

Adliya vazirligi

Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish.

2023-yil noyabr-dekabr

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

AOKA

“Constitution.uz” veb-saytini uning yaratilish tarixiga oid, uning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatib beruvchi turli maʼlumotlar bilan toʻldirgan holda muntazam yangilab borish.

2023-yil noyabr-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Konstitutsiyaviy sud,

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

Adliya vazirligi

#-Meningkonstitutsiyam, #-Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.

2023-yil 1 — 10-dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

AOKA

III. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

2023-yil 7-dekabr

Toshkent shahri hokimligi,

Madaniyat vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida (Yakkasaroy tumanidagi Konstitutsiya koʻchasida) Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

2023-yil 4 — 7-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Advokatlar palatasi, shuningdek, “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalari xodimlari ishtirokida respublika “Zakovat” intellektual turnirini tashkil etish.

2023-yil 7-dekabr

“Zakovat” intellektual klubi NNT,

Konstitutsiyaviy sud,

Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi,

IIV,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Davlat bojxona qoʻmitasi,

Milliy gvardiya

Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash.

2023-yil 4 — 7-dekabr

Mudofaa vazirligi,

IIV,

DXX

Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga budjetdan qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlar doirasida 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etish.

2023-yil dekabr

AOKA,

Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati

(kelishuv asosida)

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish.

2023-yil 1 — 7-dekabr

Oliy Majlis palatalari,

Konstitutsiyaviy sud

(kelishuv asosida),

“Oʻzarxiv” agentligi

Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga koʻrsatish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Madaniyat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yoʻllash.

2023-yil 8-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

IV. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida davlat tashkilotlarida va siyosiy partiyalarda tashkil etiladigan tadbirlar

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, mahalliy hokimliklarda, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida, mahallalarda, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

TDYU

Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,

“Dunyo” AA

Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida hamda xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,

“Dunyo” AA

Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisida axborotini taqdim etish va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilish.

2023-yil 5-dekabr

Konstitutsiyaviy sud

(kelishuv asosida)

“Konstitutsiya haftaligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish.

2023-yil 1 — 7-dekabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati

(kelishuv asosida)

Davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi”ni tashkil qilish (flayerlar tayyorlash va ularni tashrif buyurgan fuqarolarga bepul tarqatish).

2023-yil 1 — 8-dekabr

Adliya vazirligi

Siyosiy partiyalar tomonidan oʻz dasturining ustuvor yoʻnalishlariga mos boʻlgan Konstitutsiyaning tegishli normalarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi turkum tadbirlarni tashkil etish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar

(kelishuv asosida)

Ichki ishlar organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish.

2023-yil 7-dekabr

IIV, Adliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

V. “Konstitutsiya haftaligi” doirasida taʼlim tashkilotlari va ilmiy jamoalarda oʻtkaziladigan tadbirlar

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida).

2023-yil 1 — 8-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

TDYU

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

OʻzMTRK,

OʻMMA

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Yoshlar ishlari agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan yoshlar konferensiyasini oʻtkazish.

2023-yil 5-dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

Barcha oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida
“Yangi Konstitutsiya — taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish

2023-yil 1 — 8-dekabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

Ilmiy jamoatchilikni keng jalb qilgan holda Konstitutsiya va uning normalarini amalga oshirishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

2023-yil 6-dekabr

Konstitutsiyaviy sud,

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

DBA,

TDYU,

JIDU

Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish, jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2023-yil 1 — 8-dekabr

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

“Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya jamgʻarmasi

(kelishuv asosida)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son farmoyishiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

R.Q. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

3.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri

4.

Q.Q. Quronboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari

5.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri

6.

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi v.b., Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari

7.

A.J. Toshqulov

adliya vaziri

8.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

9.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

10.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

11.

A.H. Qoʻldoshev

favqulodda vaziyatlar vaziri

12.

R.M. Joʻrayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

13.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

14.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vaziri

15.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

16.

A.I. Ikramov

yoshlar siyosati va sport vaziri

17.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

18.

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

19.

R.J. Qurbonov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

20.

F.F. Abduholiqov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

21.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

22.

A.J. Xodjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

23.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

24.

M.M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

25.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.