04.11.2023 yildagi 586-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlikka yanada keng jalb qilish va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda kambagʻallikka qarshi kurashish jarayonini yanada takomillashtirish hamda bunga tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida yanada kengroq jalb qilish maqsadida “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ushbu jarayonlarda tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratishda yuqoridagi dasturni amalga oshirish boʻyicha masʼul rahbarlar tarkibiga tegishli aniqliklar kiritish zarurati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, dastur bilan qamrab olinadigan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosarlariga “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida 200 tadan ortiq ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari bilan “hamkorlik shartnomasi”ni tuzish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibiga tegishli aniqliklar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 4-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
586-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 586-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 7-iyuldagi 279-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-ilovaning matnidagi “Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri” soʻzlari bilan, “Sh. Kudbiyev — iqtisodiyot va moliya vaziri” soʻzlari “I. Norqulov — iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2-ilovaning 7-bandi toʻrtinchi xatboshisi “Iqtisodiyot va moliya vaziri” soʻzlaridan keyin “yoki ularning birinchi oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2023-y., 09/23/586/0828-son)