31.10.2023 yildagi PQ-353-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda keksa, boquvchisini yoʻqotgan va mehnatga layoqatsiz aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, fuqarolarga pensiyalarni tayinlash yuzasidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, fuqarolarga toʻlanadigan toʻrt turdagi ijtimoiy toʻlovlarni ularning murojaatisiz proaktiv shaklda, ikki turdagi ijtimoiy toʻlovlarni kompozit shaklda hamda yana toʻrt turdagi ijtimoiy toʻlovlarni qoʻshimcha hujjatlar talab etmagan holda, birgina pasport asosida tayinlash amaliyoti joriy etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga pensiya tayinlash tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini faol tatbiq etgan holda davlat tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash amaliyotida quyidagi tartiblarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun amaldagi tartibga qoʻshimcha ravishda ularning xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga davlat pensiyalari tayinlanganidan soʻng ularning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2025-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida belgilangan yoshga toʻlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa maʼlumotlariga asosan davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartib va meʼyorlarga muvofiq hisoblanadi va tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, yoshga doir pensiya fuqaroning keyinchalik qilgan murojaatiga asosan davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarga muvofiq qaytadan hisoblanadi va tayinlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) 2025-yil 1-martga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi (O. Xodjakbarov) bilan birgalikda Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan yoshga doir pensiya olish yoshiga toʻlishi munosabati bilan pensiyani ularning alohida murojaatisiz proaktiv shaklda tayinlash tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasining Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini amaliyotga joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi va vazifalari, shu jumladan davlat pensiyalarini tayinlash hamda davlat xizmatlarini koʻrsatishda yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida videoroliklar va ijtimoiy reklamalar ishlab chiqqan holda, ularning ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻida keng yoritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari D.A. Kuchkarov, adliya vaziri A.D. Tashkulov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 31-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-353-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

 

1-bosqich

Adliya vazirligi

Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning pasport (identifikatsiya ID-karta) maʼlumotlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga elektron shaklda yuboradi.

Fuqaro umumiy belgilangan pensiya yoshiga toʻlgan sanada avtomatik tarzda

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

Pensiya tayinlash vakolatiga ega organlarga pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlangan yoki tayinlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali elektron soʻrov yuboradi.

Elektron maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda

3-bosqich

Pensiya tayinlash vakolatiga ega organlar

Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlangan yoki tayinlanmaganligi toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

Elektron soʻrov kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

1. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda pensiya tayinlash jarayonini toʻxtatadi.

2. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda, Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mahalla fuqarolar yigʻini kesimida yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali elektron soʻrov yuboradi.

3. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqarolarga pensiya tayinlanmaganligi toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi axborot tizimiga pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqami yoki mobil telefon raqami rasmiylashtirilmaganligi haqidagi maʼlumotlarni olish uchun elektron soʻrov yuboradi.

Elektron maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda

5-bosqich

1. Ichki ishlar vazirligi

1. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mahalla fuqarolar yigʻini kesimida yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

Elektron maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda

2. Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi

2. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqami yoki mobil telefon raqami rasmiylashtirilmaganligi haqidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

3. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga pensiya tayinlash masalasi 10 kun muddat ichida koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. “Pensiya” axborot tizimidagi mavjud pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning ish staji, ish haqi, ustama olish huquqini beradigan elektron maʼlumotlar asosida dastlab fuqaroning pensiyaga boʻlgan huquqini aniqlaydi, pensiya miqdorini hisoblaydi va pensiya tayinlaydi.

1. 10 kun muddat ichida

2. Pensiya tayinlangan taqdirda, pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya miqdori, pensiya tayinlash muddati, pensiya toʻlov shakli va pensiya toʻlash sanasi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.

Agar fuqaroning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensionerga ushbu maʼlumotlarni uning yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJning Elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazadi.

2. Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda

3. Fuqaro tayinlangan yoshga doir pensiya miqdoridan norozi boʻlganida yoki mehnat faoliyatini davom ettirib, yoshga doir pensiyaga keyinchalik chiqish xohishini bildirgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tashrif buyurgan holda ariza berish orqali tayinlangan pensiyani rad qiladi.

3. Xabarnoma olganidan soʻng 5 kun ichida

4. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga rad etish sabablari, qoʻshimcha hujjat taqdim qilish muddati, tartibi va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.

Agar fuqaroning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensionerga ushbu maʼlumotlarni uning yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJning Elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazadi.

4. Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda

7-bosqich

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

Pensiya tayinlanganligi yoki tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani pensioner yoki pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning yashash joyiga yetkazib beradi.

Maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng 5 kun ichida

Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibini amaliyotga joriy etish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Adliya vazirligining axborot tizimlari orqali Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va Oʻzbekiston Respublikasiga kirgan fuqarolar toʻgʻrisidagi elektron shakldagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuborish tizimini yaratish.

Texnik chora-tadbir

2023-yil dekabr

Adliya vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi

2.

Mahalla fuqarolar yigʻini yagona reyestrini ishlab chiqish.

Texnik chora-tadbir

2024-yil fevral

Raqamli texnologiyalar vazirligi

3.

Fuqarolarning yashash manzillarini mahalla fuqarolar yigʻini kesimida shakllantirish.

Texnik chora-tadbir

2024-yil aprel

Ichki ishlar vazirligi

4.

Fuqaroning oliy oʻquv yurtlaridagi oʻqish davri (kunduzgi, kechki, sirtqi yoʻnalishlari, bakalavr, magistratura, aspirantura, internatura, akademik taʼtil va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni raqamlashtirishni yakuniga yetkazish.

Bunda sobiq ittifoq va chet el oliy oʻquv yurtlari maʼlumotlari raqamlashtirilishi lozim.

Texnik chora-tadbir

2024-yil sentabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi organlarning pensionerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari yuritiladigan axborot tizimlarini yaratish.

Texnik chora-tadbir

2024-yil may

Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat Milliy xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Sudyalar oliy kengashi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi

Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan pensiya tayinlovchi organlar tomonidan pensiya tayinlanganligi yoki tayinlanmaganligini tasdiqlash (“ha” yoki “yoʻq”) boʻyicha veb-servis ishlab chiqish.

Texnik yoʻriqnoma

2024-yil iyun

6.

Pensiya tayinlangandan soʻng ish haqi maʼlumotlari oʻzgargan fuqarolar boʻyicha maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasiga elektron shaklda yuborish tizimini ishlab chiqish.

Texnik yoʻriqnoma

2024-yil may

Soliq qoʻmitasi, AT “Xalq banki”

7.

Fuqaro umumiy belgilangan pensiya yoshiga (ayollar 55, erkaklar 60 yosh) toʻlganda uning pasport yoki identifikatsiya ID-karta maʼlumotlarini “Pensiya” axborot tizimiga avtomatik tarzda yuborish tizimini joriy etish.

Fuqaro umumiy belgilangan pensiya yoshiga (ayollar 55, erkaklar 60 yosh) toʻlgan sanada uning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Pensiya jamgʻarmasiga yuborish tizimini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2024-yil sentabr

Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Pensiya jamgʻarmasi

8.

Pensiya jamgʻarmasi tomonidan fuqaroga pensiya tayinlanganligi yoki tayinlash rad etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuborish tizimini joriy etish.

Texnik yoʻriqnoma

2024-yil noyabr

Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Pensiya jamgʻarmasi

Fuqaroga pensiya tayinlangan taqdirda, uning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya miqdori, pensiya tayinlash muddati, pensiya toʻlov shakli va pensiya toʻlash sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda pensiya tayinlanmagan taqdirda esa rad etish sabablari, qoʻshimcha hujjatlarni taqdim qilish muddati va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida SMS-xabar yuborish tizimini joriy etish.

Texnik chora-tadbir

2024-yil dekabr

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1252-son qaroriga 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining kuzatuv kengashi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

D.A. Kuchkarov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kuzatuv kengashi raisi

O.R. Fazilkarimov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Kuzatuv kengashi raisi oʻrinbosari

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

J.I. Abruyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari

X.X. Meliyev

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi direktori, Kuzatuv kengashining masʼul kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 2.3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

2.3.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” dasturiy taʼminotini funksional kengaytirish orqali Pensiya jamgʻarmasini boshqarish axborot tizimini yaratish.

Axborot tizimini amaliyotga joriy etish

2024-yil dekabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlar

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qaroriga 1-ilovaning 86-pozitsiyasi quyidagi tahririda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

86.

“Pensiya jamgʻarmasini boshqarish axborot tizimini (Pensiya 2.0)” ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish.

2023-yil avgust

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Axborot texnologiyalari markazi” DUK

2. “Pensiya jamgʻarmasini boshqarish axborot tizimini” ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

3. “Pensiya jamgʻarmasini boshqarish axborot tizimini” amaliyotga joriy etish.

2024-yil dekabr

4. “Raqamli hukumat” tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish.

2024-yil dekabr

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish — shaxsning yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga bevosita tashrif buyurgan holda ariza berishi, shaxsning yashash joyidan qatʼi nazar eksterritorial tamoyil asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari markazi) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtib soʻrovnomani toʻldirgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“pensiyani qayta hisoblashni soʻrab murojaat etish — pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish, ilgari toʻxtatib qoʻyilgan (toʻxtatilgan) pensiya toʻlashni belgilangan tartibda tiklash (qayta tiklash) toʻgʻrisida yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ariza berish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda aynan bir qonunda belgilangan pensiyaga oid imtiyozlar boshqa qonun talablari asosida pensiya tayinlanishi munosabati bilan qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agar xodimga pensiya tayinlash rad etilgan boʻlsa, bu haqda unga rad etish sabablari koʻrsatilib, yozma ravishda xabar beriladi. Pensiya soʻrab murojaat qilgan shaxs maʼmuriyat qaroridan norozi boʻlsa, u pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizani yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shaklda beradi, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtib ushbu Nizomga 28-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnoma toʻldirgan holda murojaat qiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtgan holda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilish ushbu Nizomga 29 — 31-ilovalarga muvofiq sxemalar asosida amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza qonunchilikka muvofiq pensiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan uning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya tayinlanadigan shaxs balogʻatga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz boʻlgan taqdirda, ariza yoki soʻrovnoma uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs yoki qonuniy vakil pensiya tayinlashni soʻrab oʻzi uchun eng qulay boʻlgan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga bevosita tashrif buyurgan holda ariza berish, pochta orqali ariza berish, Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtgan holda soʻrovnomani toʻldirib murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazi orqali yoki YIDXPdan roʻyxatdan oʻtgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilish shaxsning pensiya olish huquqini beradigan maʼlumotlari “YAMMT” IDAKda raqamlashtirilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, shaxs yoki qonuniy vakil tomonidan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga taqdim qilingan raqamlashtirilmagan maʼlumotlar yoki hujjatlar orqali pensiya miqdori qayta hisoblanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “(qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtkazish)” soʻzlari “yoki qayta hisoblash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi shaxs tegishli ariza yoki soʻrovnoma orqali murojaat qilgan taqdirda, pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilish Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali amalga oshirilganida Qonun va ushbu Nizom qoidalariga muvofiq axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida pensiya hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan mehnat staji, ish haqi yoki pensiya miqdoriga taʼsir etuvchi boshqa maʼlumotlar raqamlashtirilmagan hollarda shaxs yoki qonuniy vakil yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga pensiya tayinlashni soʻrab ariza berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning yoki qonuniy vakilning pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizasi yoki soʻrovnomasi Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda tilxat, shuningdek, olingan va yetishmayotgan hujjatlar roʻyxati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya tayinlashni soʻrab Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qilinganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaat qiluvchining soʻrovnomada keltirilgan mobil telefon raqamiga yoki shaxsiy kabinetiga uning murojaati qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) 15-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya)” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hududiy boʻlimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) 21 va 132-bandlardagi “Inspeksiyaning” soʻzi “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) 110-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Komissiya tomonidan pensiya tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya turi, pensiya miqdori, pensiya tayinlash muddati, pensiyaning toʻlov shakli va pensiya toʻlash sanasi toʻgʻrisida pensionerning pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi arizasida yoki soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar yoki shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi murojaat Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali amalga oshirilganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlash rad etilganligi, rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida pensionerning soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil telefon raqamiga yoki shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) 1591-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlari “YIDXP” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) 180-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) quyidagi mazmundagi 28 — 31-ilovalar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
28-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiya tayinlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SOʻROVNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar

1. Pensiya turi

Yoshga doir


Nogironlik


Boquvchisini yoʻqotganlik


2. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun tanlangan davr (oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yillik)

3. Familiyasi

4. Ismi

5. Otasining ismi

6. Tugʻilgan sanasi

7. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami

8. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

9. Mahalla fuqarolar yigʻini nomi

10. Telefon raqami

II. Murojaat qonuniy vakil tomonidan berilganida toʻldiriladi

1. Pensiya turi

Yoshga doir


Nogironlik


Boquvchisini yoʻqotganlik


2. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun tanlangan davr (oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yillik)

3. Familiyasi

4. Ismi

5. Otasining ismi

6. Tugʻilgan sanasi

7. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami

8. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

9. Mahalla fuqarolar yigʻini nomi

10. Telefon raqami

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
29-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoshga doir pensiya tayinlash yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Bajarish muddatlari

 

1-bosqich

Murojaat qiluvchi

(shaxs yoki uning qonuniy vakili)

1. Pensiya tayinlash yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtgan holda pensiya tayinlash boʻyicha soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda –Pensiya jamgʻarmasi) boʻlimiga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 5 daqiqa ichida

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. Qonuniy vakil pensiya oluvchi shaxsning vasiysi yoki homiysi ekanligini oʻrganish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.

2. Murojaatchining oila aʼzolarini (yaqin qarindoshlarini) oʻrganish uchun Adliya vazirligiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.

Soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng 5 daqiqa ichida

4-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi murojaat qiluvchining ish staji, oylik ish haqi hamda boshqa elektron shakldagi maʼlumotlarni axborot tizimlaridan oladi hamda ushbu maʼlumotlarga asosan pensiya tayinlash yoki pensiya tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

10 kun muddat ichida

2. Pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani haqidagi elektron shakldagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqaroning mobil telefon raqamiga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida SMS-xabar yoki shaxsiy kabinetiga xabar yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

 

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

2. Pensiya tayinlangan taqdirda pensiyani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

Maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
30-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironlik pensiyasini tayinlash yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Bajarish muddatlari

 

1-bosqich

Murojaat qiluvchi

(shaxs yoki uning qonuniy vakili)

1. Pensiya tayinlash yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtgan holda soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasi) boʻlimiga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 5 daqiqa ichida

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. Murojaatchini nogironligi boʻlgan shaxs ekanligini oʻrganish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hududiy boʻlimlarining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi) soʻrov yuboradi.

1. Soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng 5 daqiqa ichida

2. Qonuniy vakil pensiya oluvchi shaxsning vasiysi yoki homiysi ekanligini oʻrganish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.

2. Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

3. Murojaatchining oila aʼzolarini (yaqin qarindoshlarini) oʻrganish uchun Adliya vazirligiga soʻrov yuboradi.

3. Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

4-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi murojaat qiluvchining ish staji, oylik ish haqi va boshqalar toʻgʻrisidagi elektron shakldagi maʼlumotlarni axborot tizimlaridan oladi va ushbu maʼlumotlarga asosan pensiya tayinlash yoki pensiya tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

10 kun muddat ichida

2. Pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani haqidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqaroning mobil telefon raqamiga nafaqa tayinlash rad etilganligi haqida SMS-xabar yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

2. Pensiya tayinlangan taqdirda pensiyani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

Maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
31-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Murojaat qiluvchi

(shaxs yoki uning qonuniy vakili)

1. Pensiya tayinlash yuzasidan Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtgan holda soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.

Murojaat qilinganda

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Pensiya jamgʻarmasi) boʻlimiga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 5 daqiqa ichida

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnomani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. Murojaatchini vafot etgan shaxs bilan qarindoshlik aloqalarini oʻrganish uchun Adliya vazirligiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.

2. Qonuniy vakil vafot etgan shaxsning mehnatga layoqatsiz oila aʼzosining vasiysi yoki homiysi ekanligini oʻrganish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.

3. Vafot etgan shaxsning 18 – 23 yoshdagi oila aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlim tashkilotining oʻquvchisi yoki talabasi ekanligini oʻrganish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron shaklda soʻrov yuboradi.

Soʻrovnoma kelib tushganidan soʻng 5 daqiqa ichida

4-bosqich

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi

1. Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vafot etgan shaxsning ish staji, oylik ish haqi va boshqalar toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni axborot tizimlaridan oladi hamda ushbu maʼlumotlarga asosan pensiya tayinlash yoki pensiya tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

10 kun muddat ichida

2. Pensiya tayinlangani yoki pensiya tayinlash rad etilgani haqidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqaroning mobil telefon raqamiga pensiya tayinlash rad etilganligi haqida SMS-xabar yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

2. Pensiya tayinlangan taqdirda pensiyani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

Maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqa ichida

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 07/23/353/0819-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 17.04.2026-y., 06/26/62/0374-son)