Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda madaniyat va sanʼatni rivojlantirish hamda soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatining natijadorligini yanada oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doyr birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonining 1-ilovasida “16. Madaniyat vazirligi” boʻlimida “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-oktabr,
PF-182-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 06/23/182/0817-son)