19.10.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2456-6
Hujjat 20.10.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-son “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, 2021-yil 18-noyabrdagi O‘RQ-729-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-son “Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-son “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PF-6196-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. 5-banddagi “IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda JIEBB deb yuritiladi)” degan so‘zlar “IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (bundan buyon matnda JIED deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 9-bandning yettinchi xatboshisidagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
4. 18-banddagi “Saqlash muddati” degan so‘zlar “Qamoqda saqlash muddati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 72-bandning uchinchi xatboshisidagi “nogironlariga” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 96-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 100-banddagi “eng kam ish haqi miqdorining o‘ttiz foizigacha” degan so‘zlar “mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ellik foizigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 107-banddagi “nogironlari” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 161-bandning birinchi xatboshisidagi “JIEBBga” qisqartmasi “JIEDga” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
10. 189-banddagi “boshqa majburiy to‘lovlar” degan so‘zlar “yig‘imlar” degan so‘z bilan almashtirilsin.
11. 194-banddagi “JIEBBga” qisqartmasi “JIEDga” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
12. 197-banddagi “JIEBB” qisqartmasi “JIED” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
13. 234-banddagi “nogironlariga” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan shaxslarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 10-ilovalardagi “UYa-64/___ ” degan so‘zlar “___ -son” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.