19.08.2023 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq maslahati institutining roli va faoliyatini kengaytirish orqali soliq toʻlovchilar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa berish jarayoniga soliq maslahatchilari tashkilotlarini yanada kengroq jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining ixtiyoriy tugatilishi toʻgʻrisida soliq organlarini xabardor qilish muddatini 7 ish kunidan 10 ish kuniga uzaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy tugatish natijalari yuzasidan soliq maslahatchilari tomonidan tuziladigan xulosa shaklini rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchilarga soliq maslahatchilari tomonidan xizmat koʻrsatish jarayonida yuzaga kelgan tafovutlarni bartaraf etish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilganligi munosabati bilan mazkur nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 19-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
400-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi)” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 8, 11, 12, 21, 22-bandlardagi va 1-ilovadagi “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari “Soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 9 va 19-bandlardagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” soʻzlari “Soliq qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) birinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasidan”, “Davlat soliq qoʻmitasini” va “yetti ish kuni” soʻzlari tegishlicha “Soliq qoʻmitasidan”, “Soliq qoʻmitasini” va “oʻn ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi xatboshidagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” soʻzlari “Soliq qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) birinchi xatboshidagi “teng kuchga ega boʻlgan” soʻzlardan keyin “mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Davlat soliq qoʻmitasiga” soʻzlari “Soliq qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari maʼlumotlar oʻrtasida aniqlangan tafovutlarni soliq maslahatchilari tashkilotlarining tavsiyasiga koʻra xulosa bergunga qadar soliq toʻlovchilar tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Soliq toʻlovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir

XULOSA

Soliq toʻlovchi __________________________________________ boʻyicha

(toʻliq nomi)

(soliq maslahatchilari tashkilotining nomi, davlat roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumot, uning rekvizitlari)

(soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilganligi haqida maʼlumot (Soliq maslahatchilari palatasi veb-saytidagi roʻyxat raqami)

(soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari va soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatgan soliq maslahatchisining F.I.O. va malaka sertifikati berilgan sanasi va raqami)

(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining (mijoz) toʻliq nomi, STIR, manzili, rekvizitlari)

(ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana/roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ixtiyoriy toʻxtatish toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan sana)

(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliq maslahatchilari tashkiloti bilan u tomonidan soliqlarga doir xulosa berish boʻyicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan xabarnoma yuborilgan sana)

(soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilgan shartnoma haqida maʼlumot (raqam va sana)

Xizmat koʻrsatilgan davrlar

(kalendar yil(lar))

(soliq toʻlovchi haqida qisqacha maʼlumot (davlat roʻyxatidan oʻtgan sana), amalga oshirgan faoliyat turlari)

(taʼsischilar va ustav fondi haqida maʼlumot)

litsenziyalanadigan faoliyat turi haqida maʼlumot (nomi, raqami, sanasi)

(xulosa berilgan davrda (yillar boʻyicha) toʻlangan soliq turlari, aylanma (tushum) miqdori)

(aniqlangan tafovutlarning soliq maslahatchilari tashkiloti tavsiyasiga koʻra xizmat koʻrsatish jarayonida bartaraf etilishi toʻgʻrisida maʼlumot (agar bartaraf etilgan boʻlsa)

Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchiga koʻrsatilgan soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish natijasi quyidagicha:

_________ yilgi faoliyati boʻyicha:

soʻmda

T/r

Soliq turi

Soliq toʻlovchi hisoboti boʻyicha

Soliq maslahatchilari tashkilotining maʼlumoti boʻyicha

Farqi

Tavsiyalar:

(tafovut aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha Soliq qoʻmitasiga yuboriladigan hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot va boshqa tavsiyalar)

Soliq maslahatchilari

tashkilotining rahbari __________________ F.I.O. __________ imzo

Soliq maslahatchisi _____________________ F.I.O. __________ imzo”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)