14.08.2023 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.08.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida qishloq xoʻjaligida suv hisobini yuritish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorishda foydalanilgan suv resurslarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali hisobga olish va suvdan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-apreldagi PQ-107-son qarori 5-bandida 2024-yil 1-martga qadar Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi barcha suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasi (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tizimida Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida suv kirish nuqtalari boshqaruvini raqamlashtirish va suvni foydalanuvchilarga yetkazib berish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish guruhini (keyingi oʻrinlarda — loyiha guruhi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki hafta muddatda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda loyiha guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, uni Kasbi tumani soliq inspeksiyasi maʼmuriy binosida joylashtirish, malakali mutaxassislarni jalb etish, belgilangan limit doirasida xizmat avtomobili, telefon va internet aloqasi bilan taʼminlash, zaruratga koʻra mutaxassislar uchun vaqtincha yashash sharoitlarini yaratish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutadigan Loyiha guruhi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha guruhining vazifalari va funksiyalari, shuningdek, uning faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbi tumanidagi suv kirish va chiqish nuqtalari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining suv olish joylarini toʻliq raqamlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xatlov maʼlumotlari asosida suv olish joylarida gidroinshootlar qurilishini, oʻrnatiladigan raqamli qurilmalar va bajariladigan ish hajmlarini aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur mablagʻlarni ajratish yuzasidan Soliq qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan doimiy ravishda monitoring olib borish va boshqalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2023-yil 1-oktabrga qadar mahalliy hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilardan loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilmalar va ularning ehtiyot qismlarini xarid qilish, oʻrnatish hamda ularga servis xizmatlarini koʻrsatish uchun bosh loyiha va bosh pudrat tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tanlov (tender) orqali aniqlanishi va shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha guruhi aʼzolarining tarkibi soliq organlarining umumiy shtat birliklari doirasida hamda fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etish orqali shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan, loyiha guruhini saqlash xarajatlari Soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha guruhini saqlab turish, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida ishga jalb etiladigan xodimlarga ish haqi va unga qoʻshimcha toʻlovlar, shuningdek, loyiha guruhi xodimlariga qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlarini belgilash xarajatlari Soliq qoʻmitasi raisi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish yakunlariga koʻra suv kirish va chiqish nuqtalarida oʻrnatilgan qurilmalar tegishliligi boʻyicha suv xoʻjaligi tashkilotlariga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining loyihaning dastlabki qiymatini 71 mlrd soʻm miqdorida belgilash hamda unga belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov (tender) savdolari yakunidan kelib chiqib, aniqlik kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Kasbi tumani qishloq xoʻjaligida suv hisobini yuritish tizimini raqamlashtirish maqsadida har bir suv kirish va chiqish nuqtalari suv hisobini real vaqt rejimida aniqlab beradigan qurilmalar bilan jihozlanishi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Kasbi tumanidagi barcha suv kirish va chiqish nuqtalari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalarining suv olish joylarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularning texnik parametrlarini shakllantirgan holda loyiha guruhiga taqdim etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 1-martga qadar suv resurslarini onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi “Smartwater.uz” axborot tizimining elektron xaritasida Kasbi tumanidagi barcha sugʻorish tarmoqlari va inshootlari, shuningdek, ulardagi suv olish nuqtalari aks ettirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikki oy muddatda suv xoʻjaligi obyektlarida oʻrnatiladigan raqamli qurilmalarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha texnik shartlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2024-yil 1-martga qadar raqamlashtirish natijasida shakllangan maʼlumotlarni “Suv hisobi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2024-yil 1-aprelga qadar Kasbi tumanida amalga oshirilgan tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, quyidagilarni nazarda tutuvchi Suv resurslari hisobini yuritish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanilgan suv resurslarining isteʼmolchilar kesimida aniq hisobini yuritish tizimini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv yetkazib berish boʻyicha toʻlovlarini maqbullashtirish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv xoʻjaligi maxsus xizmatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha tumanlar va shaharlar hududiga kiruvchi suv nuqtalarini raqamlashtirgan holda, “Suv hisobi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus qurilmalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish asosida ularning tannarxini kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar hududiga yetkazilgan suv hajmi balansini shakllantirish va isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslarini yetkazib berish xarajatlarini bosqichma-bosqich isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlash va undirish tizimini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv isteʼmoli normativlari asosida soliq hisoblash mexanizmini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslaridan foydalanish hajmi, davriy ketma-ketligi hamda ekilgan ekin turlari asosida tasniflagan holda oʻsib boruvchi soliq stavkalarini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 14-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
371-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 09/23/371/0598-son; 08.01.2024-y., 07/24/5/0010-son)