20.06.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3355-1
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3355-1]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-apreldagi 191-son “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “IT-visa” joriy etilganligi hamda aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 25-martdagi 7-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3355, 2022-yil 28-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2022-y., 10/22/3355/0248-son) bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda, “IT-visa”ga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar, shuningdek ularning oila aʼzolari (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandlari) tibbiy xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqiga ega.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. INOYATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 14-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/3355-1/0409-son)