Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONChILIK VA METALLURGIYA SANOATI XODIMLARI KUNINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
May oyining uchinchi yakshanbasi “Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” etib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 12-may,
221-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 90-modda)