12.06.2023 yildagi PF-93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada kambagʻallikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, bu ishlarga tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Dasturda tadbirkorlik subyektlari ularning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan “hamkorlik shartnomalari” asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “hamkorlik shartnomalari” quyidagi tartibda tuziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) takliflariga asosan tuman (shahar) hokimi va uning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — hokim yordamchilarining takliflariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi taklifiga asosan kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “hamkorlik shartnomalari” loyihalari mos ravishda Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Savdo-sanoat palatasi “hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlik subyektlariga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beradi va ularga “hamkorlik shartnomalari” toʻliq bajarilishi yuzasidan har tomonlama koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) “hamkorlik shartnomalari”dagi tomonlarning majburiyatlari bajarilishi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab quyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Dasturda kamida ikki yil faoliyat koʻrsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud boʻlmagan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “hamkorlik shartnomasi” uch yilgacha muddatga tuziladi hamda unda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar oʻrnatilgan tartibda bekor qilinadi va imtiyoz qoʻllanilishi natijasida tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qolgan summalar qaytarib olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Dastur bilan qamrab olinadigan tadbirkorlik subyektlarining hududlar kesimidagi soni va ular tomonidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlari Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2023-2024-yillarda Dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun 2023-yilda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan tijorat banklariga 100 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya tashkilotlaridan 200 million AQSH dollari miqdorida kreditlar jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit liniyasi mablagʻlari Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining murojaatiga asosan ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit liniyasi mablagʻlari tijorat banklariga 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari tomonidan kreditlar (shu jumladan, ajratilgan kreditlarning soʻndirilgan qismi hisobidan) Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ushbu Farmonga 1-ilovasiga muvofiq miqdorlarda ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu Farmonga 1-ilovasiga muvofiq tabaqalashgan miqdorlarda quyidagi imtiyoz va preferensiyalar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari ushbu fuqarolarga kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam boʻlmagan ish haqi toʻlab, bandligini taʼminlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan imtiyoz beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir barobaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur mablagʻlar va infratuzilma bilan taʼminlash yoʻnalishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishsiz fuqarolarni kasbga oʻrgatish va oʻz ishchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlarini qurish va jihozlash xarajatlari Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha soliqlar (qoʻshilgan qiymat soligʻi va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlarini taʼminotsiz va foizsiz bir yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari va yerga boʻlgan huquqlar auksion orqali sotib olinganda, toʻlovlarni 5 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan 5 milliard soʻmgacha kafillik beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 milliard soʻm va undan yuqori qiymatdagi loyihalarni amalga oshirganda belgilangan tartibda zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan toʻlov miqdori bir milliard soʻmgacha boʻlgan xaridlar boʻyicha 30 foizdan 50 foizga, bir milliard soʻmdan yuqori boʻlgan xaridlar boʻyicha 15 foizdan 30 foizga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda boʻsh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan boʻsh turgan binolari Dastur ishtirokchilariga oʻz xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish hamda “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun foydalanishga tanlov (talabgor yagona boʻlganda — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma) asosida ijara stavkasining minimal miqdori boʻyicha ijaraga beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini soddalashtirish yoʻnalishida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish), shuningdek, barcha soliq turlari boʻyicha mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish bir kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bekor qilinmaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini bojxona va soliq organlarining hisob tizimlarida oʻzaro hisobga olish imkoniyati beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona nazoratini amalga oshirishda “yashil yoʻlak” qoidalari amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) barcha turdagi soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Savdo-sanoat palatasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan “hamkorlik shartnomalari”ni ekspertizadan oʻtkazish va tuzish, shartnoma majburiyatlari bajarilishini masofaviy nazorat qilish, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etadigan vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish imkoniyatlariga ega axborot tizimini ishga tushirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Adliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda “hamkorlik shartnomasi” namunasini ishlab chiqsin va Savdo-sanoat palatasi axborot tizimiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Dasturning hududlarda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi 2-ilovadagi* masʼul rahbarlar zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov Dasturni amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mazkur Farmonga 2-ilovasidagi* masʼullar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda mustaqil qarorlar qabul qilish orqali hududlarda Dastur ishtirokchilari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarning tezkorlik bilan hal qilib borilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Xitoy tajribasi asosida respublikaning har bir hududida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqsin. Bunda, kambagʻallik yuqori boʻlgan tumanlarda yoʻl-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda kichik va oʻrta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga eʼtibor qaratilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Boʻzatov, Paxtaobod, Vobkent, Doʻstlik, Shahrisabz, Xatirchi, Chust, Bulungʻur, Sirdaryo, Jarqoʻrgʻon, Oʻrta Chirchiq, Yozyovon, Urganch va Chilonzor tumanlarini kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy yechimlarni joriy etishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni qamrab olgan Hukumat qarorini qabul qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Xitoy qishloq xoʻjaligi tajribasi asosida kamida 10 ta yuqori daromadli loyihalarni respublika hududlarida joriy qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 2023-yil yakuniga qadar Xitoy oʻquv markazlari bilan hamkorlikda barcha hokim yordamchilarining malaka oshirish kurslarida oʻqitilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻz faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan 200 nafar hokim yordamchilarini Xitoyga amaliyot oʻtashga yuborilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarini saralab olish uchun avtomatlashtirishgan reyting tizimini joriy qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Savdo-sanoat palatasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy taʼlim tizimida “Kasb egasi” dual taʼlim tizimini tajriba tariqasida ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Belgilansinki, “Kasb egasi” dual taʼlim tizimi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida qoʻshimcha ishchi kuchi va ularning malakasiga boʻlgan talab shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shakllantirilgan ish oʻrinlari va malaka talablari toʻgʻrisida maʼlumotlar Palataning onlayn platformasi orqali oʻquv muassasalari talabalariga yetkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabalar tomonidan tanlangan ish oʻrinlari boʻyicha elektron yoʻllanmalar tegishli korxonaga yetkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻllanma asosida taʼlim jarayonini bevosita korxonalarda amalga oshirgan talabalar uchun korxona tomonidan ish haqi hisoblanadi va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oy uchun mazkur ish haqining 2 million soʻmgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonada boʻlib oʻtadigan amaliy mashgʻulotlar dasturi oʻquv muassasasi, korxona va Palata tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Belgilansinki, “Kasb egasi” dual taʼlim tizimi birinchi bosqichda 2023/2024 oʻquv yilida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining 3-4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Kasb egasi” dual taʼlim tizimini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmonning ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 12-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-93-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan tabaqalashtirilgan imtiyoz va preferensiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Imtiyoz va preferensiyalar

51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun

101 tadan — 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun

200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun

1.

Moliyalashtirish yoʻnalishida:

a)

Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ajratiladigan kreditlarning maksimal miqdorlari.

5 milliard soʻm

10 milliard soʻm

15 milliard soʻm

2.

Soliqqa tortish yoʻnalishida:

a)

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan fuqarolar kamida bir yil davomida ish bilan taʼminlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha imtiyoz miqdori (amaldagi stavkaga nisbatan).

50 foiz

75 foiz

100 foiz

b)

Reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir barobaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladigan miqdori.

100 foiz

v)

Reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir barobaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda, ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyoz miqdori (amaldagi stavkaga nisbatan).

50 foiz

3.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur mablagʻlar va infratuzilma bilan taʼminlash yoʻnalishida:

a)

Ishsiz fuqarolarni kasbga oʻrgatish va oʻz ishchilarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazlarini qurish va jihozlash xarajatlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish miqdori.

100 foiz

b)

Barcha soliqlar (qoʻshilgan qiymat soligʻi va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlarini taʼminotsiz va foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash muddati.

3 oy

6 oy

12 oy

v)

Auksionda davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari va yerga boʻlgan huquqlarni sotib olish toʻlovlarini foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash muddati.

3 yil

4 yil

5 yil

g)

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi beradigan kafillikning maksimal miqdori.

3 milliard soʻm

4 milliard soʻm

5 milliard soʻm

d)

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanadigan loyihalar qiymati.

50 milliard soʻm va undan yuqori

e)

Budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan toʻlov miqdori.

Amaldagi miqdorlar saqlab qolinadi

1 mlrd soʻmgacha xaridlar boʻyicha 50 foiz;

1 mlrd soʻmdan yuqori xaridlar boʻyicha 30 foiz

j)

Hududlarda boʻsh turgan va 1 yildan buyon auksion savdolarida sotilmagan davlat mulki boʻlgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan boʻsh turgan binolarini xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirish hamda “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun foydalanishga ijaraga berishda ijara toʻlovi stavkasi miqdori.

Minimal stavka

4.

Soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini soddalashtirish yoʻnalishida:

a)

Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) va barcha soliq turlari boʻyicha mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish muddati.

Amaldagi muddat 2 baravar qisqartiriladi

1 kun

b)

Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma holati.

Bekor qilinmaydi

v)

Tovarlarni import qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini hisobga olish.

Bojxona va soliq organlarining hisob tizimlarida oʻzaro hisobga olinadi

g)

Bojxona nazoratini amalga oshirishda qoʻllaniladigan xavfni boshqarish darajasi.

“yashil yoʻlak”

5.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish yoʻnalishida:

a)

Tadbirkorlarga nisbatan oʻtkazish taqiqlangan soliq tekshiruvlari turlari (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno).

Soliq auditi

Barcha turdagi soliq tekshiruvlari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Dasturga kiritilgan Toshkent shahridan roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlariga faqatgina mazkur ilovaning 2-pozitsiyasidagi “b” va “v” bandlari hamda 3-pozitsiyasidagi “d” bandida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/93/0367-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)