19.01.1998 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.01.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALQARO ILMIY-TEXNIKAVIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHNI, XALQARO VA XORIJIY TASHKILOTLAR VA JAMGʻARMALAR GRANTLARI BOʻYICHA ILMIY DASTURLAR VA LOYIHALARNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, begʻaraz muruvvat va texnik yordam sifatida hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladigan xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha bajariladigan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlarini va loyihalarini muvofiqlashtirishni va ularning monitoringini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan, shuningdek ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish sohasidagi xalqaro bitimlar doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalardan olingan grant summasi Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining xulosasi asosida soliq solish uchun jismoniy shaxslarning yalpi yillik daromadiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 1998-yil 1-yanvardan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar grantlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida bajarilayotgan ilmiy-texnikaviy va innovatsiya dasturlari va loyihalarini amalga oshirish doirasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida yetkazib beriladigan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining koʻrsatib oʻtilgan asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida bojxonada rasmiylashtirishda undiriladigan bojxona poshlinasi, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib olingan yoki xorijdan keltirilgan asbob-uskunalar (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) olib qoʻyilgan taqdirda barcha toʻlovlar va soliqlar belgilangan tartibda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan keltirilayotgan pul mablagʻlari va asbob-uskunalarning (priborlar, materiallar, axborot va tashkiliy-texnika tizimlari va vositalari) ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 19-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-son