Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 3321-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-1017-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Aholiga maʼmuriy jarimalarni toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Aholiga maʼmuriy jarimalarni toʻlashda qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish kiritish haqida”gi QL-1017-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 3321-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-aprel,
3076-IV-son