O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGASHINING
Qarori
“JISMONIY TARBIYA VA SPORT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga uch oylik muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hukumat qarorlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlarini “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish topshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YO‘LDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-yanvar,
514–XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 161-modda)