26.04.2023 yildagi O‘RQ-833-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 27-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 2-martda ma’qullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq faoliyat yuritishini ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida mansabdor shaxslarning qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish orqali sud nazoratining qo‘llanilish sohasini kengaytirish, qarori, harakati (harakatsizligi) qonunga xilof emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyatini uni qabul qilgan mansabdor shaxsning zimmasiga yuklatish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, shuningdek sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hozirgi vaqtda ma’muriy sud ishlarini yuritishda arizachi hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan ma’muriy organga, uning mansabdor shaxsiga — javobgarga nisbatan tengsiz holatdadir. Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatining davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etilishini ta’minlash ustidan samarali nazorat mexanizmi ham nazarda tutilmagan. Buning natijasida fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab chiqarilgan sud hujjatlari ko‘p hollarda davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilmasdan qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari da’vo arizasini (arizani), shikoyatni yoxud ishni ularni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan sudga o‘tkazgan holda, sudlar tomonidan da’vo arizasini, arizani, shuningdek shikoyatni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etishni yoki ish bo‘yicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash belgilanishi zarurati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, ushbu Qonun sud tizimida “yagona darcha” prinsipini keng joriy etish maqsadida arizalarni sudga taalluqliligidan qat’i nazar, qabul qilishga va vakolatli sudga yuborishga hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni ta’minlash tizimi joriy etilishiga, ma’muriy sud ishlarini yuritish “sudning faol ishtiroki” prinsipi asosida amalga oshirilishiga, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan bir qatorda unga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talabning ma’muriy sud tomonidan ko‘rilishiga, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha taraflarga kelishuv bitimini tuzish huquqi berilishiga, sud hujjatlari ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qo‘llanilishiga doir protsessual qoidalarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona sud amaliyotini ta’minlash hamda qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida ushbu Qonunda jinoyat protsessida kassatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimiga, fuqarolik protsessida kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirishga, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatishga doir protsessual qoidalar ham nazarda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlashga, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatishga, ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirishga hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, №2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda) quyidagi mazmundagi 50914-modda bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“50914-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda) 167-moddasining beshinchi xatboshisidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda, № 8, 469-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 4, 337-modda, № 6, 570-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-moddaning 1-bandidagi “fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar bo‘yicha sudlarning” degan so‘zlar “fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning, iqtisodiy va ma’muriy sudlarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 27-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — uch yil ichida”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sud tomonidan berilgan ijro hujjatiga asosan qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish o‘sha sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi sud tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida yoxud O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 861-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“861-modda. Davlat ijrochisining qarorlari ustidan shikoyat berish va protest keltirish. Davlat ijrochisining harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijrochisining qarori, harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qaror chiqarilganligi to‘g‘risida xabar qilingan kundan yoki manfaatdor shaxsga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan erdagi ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijrochisining qaroriga qonunda belgilangan tartibda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar, 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 27-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zaro bog‘liq bo‘lgan, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan to‘ldirilsin:

“311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan boshqa sudga o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda, da’vo arizasi (ariza) taalluqliligiga ko‘ra iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishni ko‘rib chiqish jarayonida da’vo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi aniqlansa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va fuqarolik sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan da’vo arizasi (ariza), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida sudlar o‘rtasida sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi”;

3) 75-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Iqtisodiy yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni ko‘rayotgan sud uchun iqtisodiy yoki ma’muriy sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taalluqli bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha majburiydir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 124-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) ish fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 192-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudya arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yakka tartibda hal etadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud arizani sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qaytarish, shuningdek arizani taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga arizachiga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy yoki ma’muriy suddan ariza yoki ish materiallari sudga taalluqliligiga ko‘ra kelib tushganda sudya ariza ushbu Kodeksning 189, 190 va 191-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, iqtisodiy sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismidagi “talab sudga taalluqli bo‘lmasa va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 195-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41) da’vogar (arizachi) sudyaning ushbu Kodeks 192-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) 387-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Prokuror ishtirokisiz ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha apellatsiya protestiga tarafning mazkur protestni keltirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandining o‘zbekcha matnidagi “haqli” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5) agar ish sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandining o‘zbekcha matnidagi “haqli” degan so‘z chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:

“4) ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) quyidagi mazmundagi 4078 va 4079-moddalar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4078-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kassatsiya shikoyatining (protestining) imzolanmaganligi yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan yoxud mansab mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolanganligi aniqlansa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holat bartaraf etilganidan keyin kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sudga yangidan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4079-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo‘l qo‘yilib qabul qilingan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga xatoga yo‘l qo‘yilib qabul qilingan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) kassatsiya shikoyatidan voz kechish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya shikoyatini bergan shaxsdan kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) protestni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ishda taraf bo‘lgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ishda taraf bo‘lgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, unda sud xarajatlarini taraflar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilgan taqdirda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) 419-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7) agar ish sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilgan bo‘lsa, hal qiluv qarorini, ajrimni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 26-modda birinchi qismining 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12) undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi, bundan ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talab bo‘yicha ijro hujjati yoki boshqa hujjat mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) quyidagi mazmundagi 311-modda bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“311-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra iqtisodiy suddan boshqa sudga o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda iqtisodiy sudga taqdim etilgan taqdirda, da’vo arizasi (ariza) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar da’vo arizasi (ariza) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlansa, iqtisodiy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va iqtisodiy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra iqtisodiy suddan boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan da’vo arizasi (ariza), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida sudlar o‘rtasida sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 110-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa”;

4) 152-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudya da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani da’vo arizasi sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish yoxud da’vo arizasini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki ma’muriy suddan da’vo arizasi (ariza) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya da’vo arizasi (ariza) ushbu Kodeksning 149, 150 va 151-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay da’vogarni (arizachini) kamchiliklarni bartaraf yetish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 154-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 155-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“11) da’vogar sudyaning ushbu Kodeks 152-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandining o‘zbekcha matnidagi “haqli” degan so‘z chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:

“6) ushbu Kodeks 279-moddasi to‘rtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) 279-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi”;

9) 281-modda uchinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandining o‘zbekcha matnidagi “haqli” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4) ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandining o‘zbekcha matnidagi “haqli” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7) ushbu Kodeks 302-moddasi to‘rtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) 302-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) 305-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5) birinchi instansiya sudining ajrimini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilishga va da’vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda; 2021-yil, № 1, 9-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 8, 787-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 11-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“11-modda. Sudning faol ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, ular tomonidan taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan ma’muriy ishning to‘g‘ri hal qilinishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘playdi, shuningdek ma’muriy sud ishlarini yuritish vazifalarini hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirishda va dalillarni to‘plashda sudga ko‘maklashishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi qismi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi qismi “iqtisodiy sudga” degan so‘zlardan keyin “yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bandining o‘zbekcha matnidagi “ishlarni hal qiladi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:

“8) ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha undirish so‘zsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni hal qiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Arizachi ushbu moddada ko‘rsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada ko‘rsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda yoki iqtisodiy sudda ko‘rib chiqilishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) quyidagi mazmundagi 273-modda bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“273-modda. Ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra ma’muriy suddan boshqa sudga o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ma’muriy sudga taqdim etilgan bo‘lsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida aniqlansa, ma’muriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish va ma’muriy sud ishini yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani (shikoyatni), ish materiallarini ma’muriy suddan sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy suddan taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari o‘ziga o‘tkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida sudlar o‘rtasida sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 45-moddaning ikkinchi qismi “arz qilingan talabni tan olish” degan so‘zlardan keyin “yoxud kelishuv bitimi tuzish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 46-moddaning to‘qqizinchi qismi “hamda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi” degan so‘zlardan keyin “bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) 62-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) 67-moddaning matni quyidagi mazmunda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agar ushbu Kodeksda ma’muriy ishlar bo‘yicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘z talablariga yoki e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizachi dalillarni yig‘ishda o‘z imkoniyatlari doirasida ishtirok etishi shart. Arizachi o‘ziga yetkazilgan zararning miqdorini isbotlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isbotlash majburiyati qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashilayotgan ma’muriy organlarning va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Ma’muriy organlar va mansabdor shaxslar o‘z e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Mazkur shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat o‘zi tayangan asoslarni keltirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taraf sud tomonidan talab etilgan dalilni o‘zida ushlab turgan va uni sud tomonidan belgilangan muddatda sudning so‘roviga ko‘ra taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi ma’lumotlar ushbu tarafning manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va mazkur taraf tomonidan tan olingan deb hisoblanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taraflar o‘z talablarini yoki e’tirozlarini qaysi dalillar bilan asoslab berayotgan bo‘lsa, o‘z ixtiyoridagi ushbu barcha dalillarni sudga taqdim etishi shart. Ma’muriy organ ham ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha materiallarini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqdim etilgan dalillar ishni to‘g‘ri hal qilish uchun yetarli bo‘lmasa, sud o‘z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra qo‘shimcha dalillarni talab qilib oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar biron-bir dalilni yo‘q qilishga yoki yashirishga yoxud dalilni tekshirishga va baholashga dalillarni olishni imkonsiz qilib qo‘ygan yoki qiyinlashtirgan holda boshqacha tarzda monelik qilishga haqli emas. Bunday holda sud monelik qilayotgan tarafning zimmasiga, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalardan qat’i nazar, isbotlash majburiyatini yuklatishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — to‘qqizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida hal qilinadigan, dalillar maqbulligi to‘g‘risidagi arizasiga bog‘lanib qolmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) 92-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha sud, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ma’muriy ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar arizachining yoki manfaatlarini ko‘zlab ariza berilgan shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining aniq xavfi mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini bunday choralarni ko‘rmasdan turib himoya qilish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin bo‘lsa, dastlabki himoya choralarini ko‘rishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ko‘rib chiqishda sud arizachining arizasiga ko‘ra dastlabki himoya choralarini ko‘rishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki himoya choralarini ko‘rishga ma’muriy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) 93-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablag‘larini xatlash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) 105-modda quyidagi mazmundagi 5-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8) kelishuv bitimi tuzilgan va u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud hujjati takroran ijro etilmagan taqdirda, dastlabki solingan jarimaning o‘n baravari miqdorida sud jarimasi solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan miqdorda sud jarimasi solinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) quyidagi mazmundagi 151-bob bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“151-bob. Kelishuv bitimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1261-modda. Taraflarning kelishuvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflar ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda to‘liq hajmda yoki qisman hal etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning kelishuvi ixtiyoriylik, hamkorlik va teng huquqlilik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning kelishuviga faqat javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning kelishuvi faqat ularning nizoli ommaviy huquqiy munosabatlar subyekti sifatidagi huquq va majburiyatlariga taalluqli bo‘lishi hamda taraflarning o‘zaro yon berishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 27-moddasi birinchi qismining 1, 3, 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha, shuningdek uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan shartlarni nazarda tutadigan ishlar bo‘yicha kelishuv bitimining tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1262-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimi albatta ijro etilishga oid talablarga javob berishi hamda unda majburiyatlarni bajarishning taraflar tomonidan kelishilgan shartlari, tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar, shuningdek sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimi sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masalaga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi shart mavjud bo‘lmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta nusxa ortiq bo‘lgan nusxalarda tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1263-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ish qaysi sudning ish yurituvida bo‘lsa, o‘sha sud tomonidan, sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda ko‘rib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tuzgan, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda bitimning qonun talablariga muvofiqligini hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldorligini aniqlash uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ishning haqiqiy holatlarini, vajlar va dalillarni tekshiradi, ularga baho beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish to‘liq yoki qisman tugatilganligi ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala bitim sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud kelishuv bitimini qisman tasdiqlashga, o‘zgartirishga yoki undan taraflar tomonidan kelishilgan biron-bir shartni chiqarib tashlashga haqli emas. Sud ushbu bitimdan qonunga zid bo‘lgan yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan ayrim shartlarni chiqarib tashlashni taraflarga taklif qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1264-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud ajrimida ushbu Kodeksning 169-moddasida nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar ham ko‘rsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kelishuv bitimining shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sud xarajatlarining taqsimlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari ish bo‘yicha avval qabul qilingan barcha sud hujjatlarini bekor qilish haqidagi ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud ajrimida kelishuv bitimining shartlari va kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi xulosa, shuningdek sud hujjatining ijro etilmasligi haqidagi shartlar ko‘rsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi sud hujjatlari ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tuzgan shaxslar uni ushbu bitimda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimi ushbu bitimda nazarda tutilgan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, bitim ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1265-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uning shartlari qonunchilikka zid bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uning shartlari ko‘rib chiqilayotgan nizo (ish) predmeti bilan bog‘liq bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) javobgarda ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) mavjud bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) bitim shart asosida tuzilgan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Bunda sud muhokamasi umumiy tartibda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) 131-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun o‘n kundan oshmaydigan muddat beradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) 133-modda birinchi qismining 1 va 2-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1) ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi yoxud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi mavjud bo‘lsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) 134-moddaning birinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 11-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“11) arizachi sudyaning ushbu Kodeks 131-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo‘lsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9) ariza (shikoyat) sud muomalaga layoqatsiz deb topgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) 140-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 10 va 11-bandlar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“10) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) taraflarni kelishtirish choralarini ko‘radi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) 149-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“taraf nizoni kelishuv yo‘li bilan hal qilish maqsadida sudga ko‘maklashishni so‘rab murojaat etgan taqdirda, tarafning iltimosnomasiga ko‘ra”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida undirilishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi va sakkizinchi qismlari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) 218-moddaning ikkinchi qismidagi “sud raisi” degan so‘zlar “ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandining o‘zbekcha matnidagi “haqli” degan so‘z chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“6) ushbu Kodeks 220-moddasi to‘rtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) 223-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“223-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrimni, qarorni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi, arizani (shikoyatni) qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni) birinchi instansiya sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ajrimni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko‘rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27) 243-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7) ushbu Kodeks 244-moddasi to‘rtinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28) 244-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9) ishning sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda ko‘rilganligi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“247-modda. Ajrim, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrimi, qarori va apellatsiya instansiyasining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrim, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ajrimni, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ajrimni, qarorni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani, ishni ko‘rib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va apellatsiya shikoyatini (protestini), ishni apellatsiya instansiyasi sudiga ko‘rib chiqish uchun yuborishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani (shikoyatni), ishni ko‘rib chiqish uchun taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30) 276-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari, agar sud tomonidan boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy ichida ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan ijro etilishi lozim. Ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa organlar, tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar sud hujjati ijro etilganligi to‘g‘risida sudni xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 14-bobida belgilangan tartibda va miqdorda birinchi instansiya sudi tomonidan sud jarimasi solinadi hamda sud hujjatini ijro etish uchun bir oydan oshmaydigan takroriy muddat beriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 5-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“3) ma’muriy sudlarga beriladigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi, notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan beriladigan, shu jumladan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talablar bilan bog‘liq arizalardan (shikoyatlardan), ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan, shuningdek ma’muriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ilovaning 3-bandi quyidagi mazmundagi b1-kichik band bilan to‘ldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

b1) zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha

zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi talab summasining 2 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda

”.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 26-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘RQ-833-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son)