16.03.2005 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SIYOSIY PARTIYALARNING USTAVDA NAZARDA TUTILGAN FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYALASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili davlat budjeti parametrlarida siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 16-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 16-martdagi 86-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlarini olish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq siyosiy partiyalar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (keyingi oʻrinlarda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) saylovlar yakunlari boʻyicha tegishli siyosiy partiyadan Qonunchilik palatasi fraksiyasini tashkil etish uchun zarur boʻlgan kamida toʻqqiz deputat saylangan boʻlsa, oʻzining ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlarini olish huquqiga ega boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining har yilgi miqdori ushbu mablagʻlar ajratiladigan yildan oldingi yilning birinchi yanvariga belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizini Qonunchilik palatasiga soʻnggi saylovlarda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soniga koʻpaytirish hisobiga shakllantiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Siyosiy partiyalar yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab oʻzlarining ustavda nazarda tutilgan faoliyati davlat tomonidan moliyalashtirilishi huquqini oladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini davlat tomonidan moliyalashtirish yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻxtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga ajratilgan davlat mablagʻlari partiya tomonidan partiyaning ustavda nazarda tutilgan vazifalarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga ajratilgan davlat mablagʻlarini sarflashda siyosiy partiyalarga nisbatan budjet mablagʻlarini sarflash talablari, tartibi, normativlari, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar uchun belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritish qoʻllanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har yili ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga davlat mablagʻlari oladigan siyosiy partiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tasdiqlangan xarajatlar smetasini, shuningdek oʻzlarining banklar tomonidan tasdiqlangan hisob raqamlarini quyidagi muddatlarda taqdim etadilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida — siyosiy partiya davlat tomonidan moliyalashtirish huquqini oladigan oy boshlangungacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyingi yillarda — navbatdagi moliya yilidan oldingi yilning oʻninchi dekabrigacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda partiya Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida 10 kun muddatda yozma xabar beradi. Bunda joriy yil xarajatlar smetasiga joriy yilning 15-dekabridan keyin oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 3-son, 24-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaziy saylov komissiyasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq unga saylov okruglari boʻyicha saylovlarning natijalari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalarining barcha protokollari taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda har bir saylov okrugi boʻyicha, Markaziy saylov komissiyasining raisi va kotibi tomonidan imzolanadigan protokolda koʻrsatgan holda saylovchilarning umumiy sonini aniqlaydi. Koʻrsatib oʻtilgan protokolning bir nusxasi Markaziy saylov komissiyasida qoladi, qolgan ikki nusxasi imzolangandan keyin oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda har bir siyosiy partiyadan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlarining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy saylov komissiyasining maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni nazarda tutadi va Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksida belgilangan muddatlarda ajratiladigan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga Yagona gʻaznachilik hisob raqamidan ajratiladigan budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasi, smetada budjet tizimining budjetlar xarajatlari iqtisodiy klassifikatsiyasini bir satrda aks ettirgan holda, umumiy summa uchun tuziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 3-son, 24-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tegishli siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirishga moʻljallangan davlat mablagʻlarining yillik summasi va ularni oylar boʻyicha ajratish jadvali Markaziy saylov komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maʼlumotlari asosida Markaziy saylov komissiyasi va Moliya vazirligining maʼlumotlari taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda koʻrsatib oʻtilgan summa va uni ajratish jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tegishli yilga ajratiladigan mablagʻlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kundan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirligining davlat mablagʻlari summasini aniqlash va uni ajratish jadvali toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirishga moʻljallangan davlat mablagʻlari summasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular oʻrtasida siyosiy partiyalarning har biri tomonidan Qonunchilik palatasida olingan deputatlar oʻrni soniga mutanosib tarzda taqsimlanadi. Har bir siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun moʻljallangan davlat mablagʻlari summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S=(M/S) x Ds, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — muayyan siyosiy partiyaning ustav faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun moʻljallangan davlat mablagʻlari summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
M* — siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining yillik miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida ushbu summa yangi chaqiriq Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilgungacha oldingi saylovlar natijalari boʻyicha siyosiy partiyalarga ajratilgan mablagʻlar summasiga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlari olish huquqiga ega boʻlgan siyosiy partiyalar deputatlarining umumiy soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ds — ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlari olish huquqiga ega boʻlgan muayyan partiya deputatlarining soni.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida har bir siyosiy partiyaga oylar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdori unga mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq ajratilgan davlat mablagʻlari miqdorini Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab qolgan oylar soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi (1-sxema).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi faoliyatining keyingi yillarida oylar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdori muayyan siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirish uchun moʻljallangan davlat mablagʻlari summasini joriy yildagi oylarning toʻliq soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi (2-sxema).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda joriy oyning oʻninchi kunigacha siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hisob raqamiga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar oʻzining hisob raqamiga tushgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu mablagʻlarni oylar boʻyicha ajratish jadvaliga muvofiq tegishli siyosiy partiyalarning hisob raqamlariga oʻtkazadi (1 va 2-sxemalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qonunchilik palatasi apparati fraksiya roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki u tugatilgan, shuningdek deputatlar fraksiyaga kirgan yoki uning tarkibidan chiqqan kundan boshlab uch kun mobaynida bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylovlar oʻtkazilgandan (“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 46-moddasi) va chiqib ketgan deputatlarning oʻrniga Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovlari (“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasi) oʻtkazilgandan keyin, shuningdek deputatlik vakolatlari muddatidan oldin toʻxtatilganda (deputatning chaqirib olinishi va qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar), deputatlar tarkibida boshqa oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda uch kun mobaynida bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini yozma ravishda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agar mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar yil davomida taqsimlanadigan davlat mablagʻlari summasi qayta koʻrib chiqilishiga olib kelgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarorlari asosida ularni qayta taqsimlash amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan siyosiy partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining qolgan summasi mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan formula boʻyicha aniqlanadi. Bunda “M” harfi qolgan oylarga ajratiladigan davlat mablagʻlarining umumiy miqdorini ifodalaydi. Bunda oylar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdori qolgan summani ushbu yilning qolgan oylari soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlarni qayta taqsimlash muayyan siyosiy partiyaga ajratiladigan mablagʻlar miqdorini kamaytirish yoki koʻpaytirish zaruriyatiga olib kelsa — mazkur partiyaga keyingi davrlarga ajratiladigan mablagʻlar miqdori deputatlar soni oʻzgarishi yuz bergan oydan keyingi oydan boshlab qayta koʻrib chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgarishlar natijasida muayyan siyosiy partiya deputatlarining soni 9 deputatdan boʻlib qolsa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻzgarish yuz bergan oydan keyingi oydan boshlab mazkur partiyaning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishni toʻxtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat mablagʻlarini qayta taqsimlash toʻgʻrisidagi qarori u tomonidan Qonunchilik palatasi apparati va Markaziy saylov komissiyasining yuz bergan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi bildirishnomasini olgan kundan boshlab besh kun mobaynida qabul qilinadi (3-sxema).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qarori mablagʻlar kamaytirilishi (koʻpaytirilishi) miqdori koʻrsatilgan holda qabul qilingan kundan boshlab ikki kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Siyosiy partiya tomonidan moliya yili mobaynida foydalanilmagan davlat mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarilmaydi va ulardan kelgusi yillarda ularning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-yanvardagi 9-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 3-son, 24-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlarning tushishi va siyosiy partiyalarning ushbu mablagʻlardan maqsadli foydalanishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining tushishini va siyosiy partiyalar tomonidan ushbu mablagʻlardan foydalanilishini tekshirish, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida oʻndan bir qismini tashkil etgan deputatlar guruhining murojaati boʻyicha Qonunchilik palatasi tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siyosiy partiyalar faoliyatining qonun hujjatlariga va ular ustavlariga muvofiqligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Siyosiy partiya har yili qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, davlat soliq xizmati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga va Adliya vazirligiga hisobot davrida moliyaviy mablagʻlar va boshqa mablagʻlarning tushumi va sarflanishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart. Davlat mablagʻlarining tushishi va sarflanishi siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida alohida ustunda koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi faoliyatining birinchi yilida siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishning
1-sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari boʻyicha saylovlar natijalari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalarining barcha protokollari taqdim etilgan vaqtdan boshlab 3 kun muddatda respublika boʻyicha saylovchilar sonini koʻrsatgan holda umumiy protokol tuzadi. Protokol imzolangandan keyin 10 kun muddat doirasida Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaziy saylov komissiyasi Qonunchilik palatasi deputatlari roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun muddatda Adliya vazirligiga har bir siyosiy partiyadan saylangan deputatlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Siyosiy partiya moliyalashtirishning birinchi oyi boshlangunga qadar Adliya vazirligiga xarajatlar smetasini va bank tomonidan tasdiqlangan hisob raqamini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliya vazirligi ajratilayotgan mablagʻlar miqdorini Adliya vazirligiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligi 10 kun muddatda muayyan siyosiy partiyani yillik moliyalashtirish miqdorini va mablagʻlarni oylar boʻyicha ajratish jadvalini belgilaydi. Qaror ikki kun muddatda Moliya vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliya vazirligi har oyda 10-kungacha mablagʻlarning Adliya vazirligi hisob raqamiga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Adliya vazirligi mablagʻlar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi faoliyatining keyingi yillarida siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishning
2-sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Siyosiy partiya moliyaviy yildan oldingi yilning 10-dekabrigacha Adliya vazirligiga xarajatlar smetasini va bank tomonidan tasdiqlangan hisob raqamini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Moliya vazirligi ajratilayotgan mablagʻlar miqdorini har yili Adliya vazirligiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi 10 kun muddatda muayyan siyosiy partiyani yillik moliyalashtirish miqdorini va mablagʻlarni oylar boʻyicha ajratish jadvalini belgilaydi. Qaror 2 kun muddatda Moliya vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliya vazirligi har oyda 10-kungacha mablagʻlarning Adliya vazirligi hisob raqamiga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligi mablagʻlar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi deputatlari tarkibi oʻzgargan hollarda siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirishni qayta koʻrib chiqishning
3-sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonunchilik palatasi apparati fraksiyalar roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki tugatilgan, shuningdek deputatlar fraksiyaga kirgan yoki uning tarkibidan chiqqan kundan boshlab 3 kun muddatda bu haqda Adliya vazirligiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylovlar oʻtkazilgandan hamda chiqib ketgan deputatlar oʻrniga Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻlib oʻtgandan keyin, shuningdek deputatlik vakolatlari muddatidan oldin toʻxtatilganda Qonunchilik palatasi deputati roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 3 kun muddatda bu haqda Adliya vazirligiga maʼlum qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi Qonunchilik palatasidan, Markaziy saylov komissiyasidan axborot olingan kundan boshlab 5 kun muddatda qolgan mablagʻlarni qayta taqsimlaydi. Qaror 2 kun muddatda Moliya vazirligiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Moliya vazirligi har oyda 10-kungacha mablagʻlarning Adliya vazirligi hisob raqamiga oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligi mablagʻlar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Adliya vazirligi mablagʻlar Moliya vazirligidan tushgan kundan boshlab 3 kun muddatda siyosiy partiyaning hisob raqamiga tegishli summani oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 75-modda; 2016-y., 3-son, 24-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.09.2024-y., 09/24/553/0704-son)