20.02.2023 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.02.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga oid nizolarni hal qilishda qonun normalarini sudlar tomonidan bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlarga tushuntirilsinki, umumiy mol-mulkni boʻlish er va xotinning daʼvosi boʻyicha nikoh davomida, nikohdan ajratish haqidagi ishni koʻrish bilan bir vaqtda, shuningdek nikoh bekor boʻlgandan keyin ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi daʼvo bilan sudga er va xotindan tashqari, ulardan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish zarurati tugʻilgan holatlarda kreditor ham murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalaga layoqatsiz er yoki xotinning manfaatida umumiy mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini uning vasiysi berishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 66-moddasi birinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan er yoki xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushini aniqlash va boʻlish haqidagi daʼvo arizasi bilan uning merosxoʻrlari murojaat qilishga haqli (Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 1114-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha daʼvo arizalari sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalariga koʻra, javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi. Shuningdek, daʼvo arizasini qabul qilishda FPK 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilikning alohida qoidalari ham inobatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sud tartibida taraflar yoki biror-bir asosga koʻra uchinchi shaxslarning (masalan, ijara, mulkdan tekin foydalanish, omonat saqlash va shu kabi shartnomalar boʻyicha) egaligida yoki foydalanishida boʻlgan mol-mulk boʻlinishini inobatga olib, sudlar daʼvo arizasini qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulklar haqida tegishli maʼlumotlarni aniqlab olishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu toifadagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda, sud taraflarning arizasi yoki oʻz tashabbusiga koʻra, daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daʼvoni taʼminlash choralarining saqlanish muddati va ularni bekor qilish masalalari FPK 112-moddasi talablari asosida tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga oid nizolarni toʻgʻri hal qilish uchun sudlar, birinchi navbatda, ularning egaligida va foydalanishida boʻlgan mol-mulkning qaysi biri qonunga koʻra er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki va qaysi biri har birining oʻz mulki ekanligini aniqlashlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki tarkibi Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (bundan buyon matnda OK deb yuritiladi) 23-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni umumiy birgalikdagi mulk deb topish masalasini hal qilishda mol-mulk er yoki xotindan qaysi birining nomiga rasmiylashtirilganligi yoxud pul mablagʻlari qaysi biri tomonidan kiritilganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er va xotinning yozma kelishuvi asosida aliment majburiyatlarini bajarish yuzasidan ulardan birining nomiga olingan mol-mulk er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Er va xotinning nikohga qadar oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulki, ulardan har birining nikoh davomida bepul olgan mol-mulki, shuningdek nikoh davomida umumiy mablagʻlari hisobiga olingan er va xotinning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari har birining oʻz mulki hisoblanadi va boʻlinmaydi. Nikoh davomida umumiy mablagʻlari hisobiga olingan qimmatbaho buyumlar va zeb-ziynatlar bundan mustasno (OK 25, 26-moddalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. OK 27-moddasining oltinchi va yettinchi qismlariga koʻra, voyaga yetmagan bolalar ehtiyoji uchun olingan narsalar (kiyim-kechak, oyoq kiyim, maktab va sport anjomlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar), shuningdek er-xotinning umumiy mol-mulki hisobidan voyaga yetmagan bolalari nomiga qoʻyilgan omonatlar ham bolalarga tegishli hisoblanib, er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishda hisobga olinmaydi hamda mazkur mol-mulklar bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar er-xotin nikohdan ajratilgunga qadar oilaviy munosabatlarni tugatgan, yaʼni alohida yashagan va oʻz mablagʻlaridan alohida foydalangan, umumiy mablagʻlari hisobiga mol-mulk olmagan boʻlsalar, sud OK 27-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, er yoki xotinning biri tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan davrda orttirilgan mol-mulkni ulardan har birining oʻz mulki deb topishi va faqat er-xotin tomonidan oilaviy munosabatlar tugatilgan vaqtga qadar orttirilgan mol-mulkni boʻlishi mumkin. Oilaviy munosabatlar tugatilgandan keyin orttirilgan mol-mulkni er yoki xotinning oʻz mulki deb topish toʻgʻrisida qarshi daʼvo berilishi shart emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Nikoh davrida er yoki xotindan har biriga tegishli boʻlgan mol-mulkning qiymati ancha oshgan boʻlsa, ushbu mol-mulk manfaatdor er yoki xotinning talabi boʻyicha sud tomonidan birgalikdagi mulk deb topilishi mumkin. Bunday talabni hal etishda mol-mulkning qiymati qanday mablagʻlar, yaʼni umumiy mol-mulk, er-xotindan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga ancha oshganligi, shuningdek mol-mulkning nikohga qadar va nikoh davrida mablagʻ qoʻshilgandan keyingi holati aniqlanishi lozim (OK 25-moddasining ikkinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi masalani hal qilishda, basharti ularning oʻrtasida nikoh shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, sudlar OK 5-bobida nazarda tutilgan normalarga rioya etishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er va xotin oʻrtasida notarial tartibda tasdiqlangan nikoh shartnomasi mavjud boʻlgan hollarda mol-mulk nikoh shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nikoh shartnomasida umumiy mol-mulkning ayrim turlariga nisbatan birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibi (OK 23-moddasi) oʻzgartirilgan hollarda, nikoh shartnomasida koʻrsatilmagan mol-mulk qonunda belgilangan tartibda boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shuni inobatga olish kerakki, OK 31-moddasining beshinchi qismiga koʻra, nikoh shartnomasining er yoki xotindan birini oʻta noqulay sharoitga solib qoʻyadigan (masalan, er-xotindan birini nikoh davrida topilgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqidan batamom mahrum etadigan) shartlari shu er yoki xotin talabi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Er va xotindan birining talabi boʻyicha sud OK 28-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, er-xotinning umumiy mol-mulkdagi ulushlari tengligidan chekinishi mumkin. Er va xotin ulushlari tengligidan chekinish sud hujjatida batafsil asoslantirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. OK 27-moddasining toʻqqizinchi qismida nikohdan ajratilgan er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi talablar uchun belgilangan uch yillik daʼvo muddatining oʻtishini nikoh tugatilgan vaqtdan (fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratish qayd etilgan yoki sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan) emas, balki shaxs oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab hisoblash lozim (FK 154-moddasining birinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, daʼvo muddati faqat tarafning birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar bergan arizasiga asosan qoʻllaniladi. Sud daʼvo muddatini oʻz tashabbusi bilan qoʻllashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Umumiy mol-mulkni boʻlishda, OK 28-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan er yoki xotindan biri tomonidan er yoki xotinning erkiga zid ravishda va oila manfaatiga mos boʻlmagan tarzda sarflangan mol-mulk yoxud uning qiymati hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar er yoki xotin umumiy mol-mulkni yashirgan, unga zarar yetkazgan yoki yoʻq qilgan boʻlsa, sud oila va fuqarolik huquqining umumiy tamoyillari (huquq oʻxshashligi), shuningdek halollik va adolat tamoyillaridan kelib chiqib, mol-mulkni boʻlishda ushbu mol-mulkni yoki uning qiymatini hisobga olishi mumkin (OK 7-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Er-xotindan biriga mol-mulkni asl holida berish masalasini hal etishda sud mol-mulkning xususiyati va nima uchun moʻljallanganligi, uni sotib olish shartlari va boshqa eʼtiborga molik holatlarni inobatga olishi lozim. Masalan, avtotransport vositasini boʻlishda sud er-xotindan qay biri undan amalda foydalanganligi, texnik holatiga qarab kelganligi, haydovchilik guvohnomasi borligi va boshqa holatlarni eʼtiborga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Turar joy yoki boshqa koʻchmas mulkni asl holida boʻlish masalasi sud tomonidan fuqarolik qonunchiligi normalarini inobatga olgan holda hal etilishi lozim (FK 223, 226-moddalari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy mol-mulk hisoblangan turar joyni asl holida boʻlish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, sud daʼvoni rad qilish bilan birga, taraflarga turar joydan foydalanish tartibini belgilash haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Boʻlinishi lozim boʻlgan mol-mulk qiymati ish koʻrilgan vaqtdagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turar joy yoki boshqa koʻchmas mulkning qiymati nizoli obyekt turgan joydagi narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er va xotinning umumiy mol-mulki qiymati yuzasidan nizo boʻlganda tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Umumiy mol-mulkni boʻlishda sud er va xotinning har biriga qaysi mol-mulk berilishini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Er va xotinning birgalikdagi umumiy mulkida ikki yoki undan ortiq turar joy mavjud boʻlsa (uy, kvartira) sud er va xotindan qay birining egaligiga u yoki bu turar joy oʻtishini belgilashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflardan biriga uning mol-mulkdagi ulushidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk berilgan hollarda sud boshqa tarafga pul kompensatsiyasi toʻlashni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatining xulosa qismida aynan qaysi mol-mulk qaysi tarafga berilganligi, kompensatsiya miqdori va uni toʻlashi lozim boʻlgan shaxs aniq koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, pul kompensatsiyasi undirish belgilangan hollarda sud hujjatining xulosa qismida er yoki xotinning biriga oʻtgan mol-mulkka egalik huquqi pul kompensatsiyasi toʻlab berilganidan keyin vujudga kelishi koʻrsatilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Huquqi buzilgan er yoki xotin er-xotindan biri tomonidan umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha amalga oshirilgan bitim yuzasidan nizolashganda, nizo OK 24-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari talablariga asosan hal qilinishi lozim. Ushbu moddada belgilangan maxsus daʼvo muddatini qoʻllash FK 153-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi berilgandan keyin er yoki xotindan biri vafot etgan taqdirda, sud protsessual huquqiy vorislik tartibida uni merosxoʻrlari bilan almashtiradi (FPK 47-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Er va xotinning roziligi bilan masʼuliyati cheklangan jamiyat, qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat, xoʻjalik shirkati ustav fondiga kiritilgan pul va mulkiy hissalar, jumladan, koʻchar va koʻchmas mulk mazkur tijorat tashkilotining mulki hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tijorat tashkiloti ustav fondidagi ulush er va xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor er yoki xotinning tijorat tashkilotidagi ulushning bir qismini unga oʻtkazib berish (ulushni boʻlish) haqidagi talabi faqatgina qonun yoki tijorat tashkilotining taʼsis hujjatlarida ulush (bir qismi)ni uchinchi shaxslarga oʻtish imkoniyati nazarda tutilgan hollarda qanoatlantirilishi mumkin. Bunda manfaatdor er yoki xotin qonun va taʼsis hujjatlarida belgilangan tijorat tashkiloti ishtirokchisi majburiyatlarini qabul qilishga rozi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aks holda manfaatdor er yoki xotin koʻrsatilgan tijorat tashkilotining ustav fondidagi unga tegishli ulushini pul shaklida ajratib berishni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizolashilayotgan ulush qiymati tegishli tijorat tashkilotining faoliyatini tartibga soluvchi qonunda belgilangan qoidalar asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shartnoma asosida mol-mulk olinganda (masalan, koʻchmas mulk, yer uchastkasi, avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomalari va hokazo) mulk huquqi FK 185-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki notarial tartibda tasdiqlangan paytdan boshlab vujudga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mol-mulk shartnoma asosida nikoh davomida olingan boʻlib, shartnoma er-xotin nikohdan ajratilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda, sud OK 23-moddasi talablariga amal qilishi lozim. Aksincha, mol-mulk shartnoma asosida nikohga qadar olingan boʻlib, shartnoma er-xotin nikohga kirgandan soʻng davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan holda, basharti mol-mulk boʻlajak er-xotinning umumiy mablagʻlari hisobiga olinganligi isbotlanmasa, sud OK 25-moddasi talablariga amal qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Umumiy mol-mulkni boʻlishda er-xotinning umumiy qarzlari (OK 28-moddasining uchinchi qismi) va oila manfaatlari yoʻlida vujudga kelgan majburiyatlar ham inobatga olinadi. Biroq, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, toʻyni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun olingan qarzlar va boshqa xarajatlar bunda inobatga olinmaydi (OK 44-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mulk huquqini vujudga kelishi asoslaridan biri bitimlar boʻlib, kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan koʻchmas mulk ham er va xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi (FK 182-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunga koʻra, OK 28-moddasining uchinchi qismi talabidan kelib chiqib, kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan koʻchmas mulkni boʻlishda sudlarning eʼtibori kredit shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan pul summasi ham er va xotinning umumiy qarz majburiyatlari deb topilishi shartligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud hujjatida er va xotin ularga taqsimlangan koʻchmas mulkdagi ulushlariga mutanosib ravishda kreditor oldida javobgar ekanliklari tushuntirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kredit majburiyatlarini koʻchmas mulkdagi ulushi qiymatidan ortiq miqdorda bajargan er yoki xotin kredit boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan keyin oʻz ulushi qiymatidan ortiq toʻlangan summani undirish yoki ulushlarni qayta taqsimlash haqidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda sudlar tegishli kredit tashkilotini mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, agar mol-mulk er yoki xotinning biri tomonidan nikohga kirguniga qadar kredit mablagʻlari evaziga sotib olingan boʻlib, kredit majburiyatlari esa nikoh davomida bajarilganda, nikoh davomida toʻlangan pul summasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sudlarning eʼtibori, agar shartnomada mol-mulk qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash va mulk huquqi toʻlovlar toʻliq amalga oshirilgandan keyin sotib oluvchiga oʻtishi nazarda tutilganda, ish holatlaridan kelib chiqib, taraflar nikohdan ajratilguniga yoki umumiy roʻzgʻor yuritish tugatilgunga qadar toʻlangan pul summasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki hisoblanishiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi daʼvo arizasi yuzasidan davlat boji qonunda belgilangan miqdorda daʼvogar talab qilayotgan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud mazkur toifadagi ishlar boʻyicha davlat bojini taqsimlashda taraflarga berilgan mol-mulk yoki uning ulushi qiymatidan kelib chiqishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Quyidagi mulkiy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar fuqarolik qonunchiligi boʻyicha hal etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan bir oila boʻlib yashaydigan shaxslarning mulkiy nizolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dehqon va fermer xoʻjaliklarining, xususiy korxona va oilaviy korxonaning mol-mulkini boʻlish haqidagi nizolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy nizolari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning birgalikda orttirgan mol-mulkini boʻlish haqidagi nizolarni koʻrishda sudlar OK 56-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan, bunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan er yoki xotin (insofli er yoki xotin) manfaatida OK 23, 27 va 28-moddalarini qoʻllashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2011-yil 20-iyuldagi 6-sonli qarorining 20 — 28-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 20-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-son