1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.02.00 Savdo sohasini boshqarish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan taʼminlash va mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qoʻshimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori bilan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari tasdiqlanganligi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror bilan tasdiqlangan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) asosan qoʻllanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarif va notarif tartibga solish kengashi xulosasiga asosan Reyestrga xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan import qiluvchilar kiritilishi tartibi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.03.00 Tashqi iqtisodiy aloqalar. Eksport-import kontraktlarini roʻyxatga va hisobga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrni shakllantirish, yuritish va tasdiqlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari, Reyestrga kiritishni rad etish hamda undan chiqarish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrni yurituvchi vakolatli organning vazifalari, majburiyatlari va arizalarni koʻrib chiqish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga nisbatan import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 9-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro brend — bu global miqyosda yagona strategik tamoyillarga asoslangan, maʼlum bir ishlab chiqaruvchi (huquq egasi) tovarlarini individuallashtirish uchun moʻljallangan va ular brendi ostida sotiladigan hamda savdoga qoʻyiladigan brend tovar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brend Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va quyidagi dunyo mintaqalaridan kamida ikkitasining chakana savdo tarmoqlarida ishtirok etishi lozim: Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr — Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchilar — brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida xalqaro brendlarning ayrim turdagi mahsulotlarni import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli yetkazib beruvchilar — xalqaro brendlarning rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brend tovar — xalqaro brendni qoʻllash yoki undan foydalanish orqali savdoga chiqarilgan, shuningdek xalqaro bozorda 5 yildan ortiq mavjud boʻlgan tovar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchi — xalqaro brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xalqaro brend tovarlarini import qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (rasmiy distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona elektron axborot tizimi (YAEAT) — Reyestrga kiritish uchun arizalarni yuborish, ularni qabul qilish va koʻrib chiqish jarayonlarining barcha bosqichlarini qamrab olgan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki “Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — vazirlikning vakolatli tashkilotining) elektron tizimi;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning vakolatli aʼzolari — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri (Kengash raisi), iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari (kengash raisining oʻrinbosari), shuningdek, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq elektron shaklda ariza yuboradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchini Reyestrga kiritish shartlari va talablari:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni sotish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga tegishli (yoki ijara) chakana savdo shahobchaga yoki shahobchalariga ega boʻlishi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro brendlar yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mahsulot yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalari;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.03.00 Tovarning kelib chiqish joyi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarning kelib chiqish mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.02.00 Tovar belgisi (Xizmat koʻrsatish belgisi)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza berilayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan turgʻun chakana savdo shahobchalari, shu jumladan binolari, brend tovarlarni sotish (savdo qilish) uchun obyekt yoki obyektlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brend egalarining xalqaro chakana savdo tarmoqlari mavjudligi haqida maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahonning quyidagi mintaqalaridan (davlatlaridan) kamida ikkitasi — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyoning chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.14.00 Intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha hamkorlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doʻkonlarda chakana savdo qilish uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻliq hajmda taqdim etilmagan hujjatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi, toʻliq hujjatlarga ega boʻlmagan arizaga esa, elektron tizim orqali 5 ish kuni mobaynida rad javobi beriladi hamda elektron tizimda koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng, arizani qayta topshirish mumkin hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza u qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi va ularning mavjudligini rasmiy, ishonchli, foydalanish mumkin boʻlgan manbalar, shu jumladan, internet jahon axborot tarmogʻi orqali oʻrganadi va tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlar haqiqiyligiga yoki undagi maʼlumotlarning aniqligiga shubha tugʻilganda, shuningdek internet-resurslar orqali toʻplangan maʼlumotlar yetarli deb hisoblanmagan holatlarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti tegishli vakolatli organlar yoki boshqa tashkilotlarga rasmiy soʻrov yuboradi. Bunda, arizani koʻrib chiqish muddati yana 10 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Taqdim etilgan arizani oʻrganish natijasida hujjatlar haqiqiy, asosli va yetarli deb topilgan taqdirda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Tarif va notarif tartibga solish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) kotibiyatiga YAEAT orqali mazkur Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shaklda Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritish boʻyicha ekspert xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni kiritadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash kotibiyati YAEAT orqali ekspert xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni 1 ish kuni ichida Kengashning vakolatli aʼzolari shaxsiy kabinetlariga (Kengash raisi va uning oʻrinbosari bundan mustasno) yuboradi. YAEAT bu haqda, Kengashning vakolatli aʼzolari mobil aloqa vositalariga avtomatik ravishda SMS-xabarnoma joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning vakolatli aʼzolari mazkur Nizomning 3-bobiga muvofiq ekspert xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchini va xalqaro brendlar tovarlarining Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi Sertifikat bir yil amal qilish muddati bilan beriladi va ushbu muddat Reyestrda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikat investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va real vaqt rejimida avtomatik ravishda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikat amal qilish muddati davomida unga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, jumladan import shartnomasiga qoʻshimcha kelishuv natijasida (qoʻshimcha kelishuvga muvofiq import shartnomasi summasi oʻzgargan hollar bundan mustasno) sertifikatni qayta rasmiylashtirish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sertifikatni soddalashtirilgan tartibda berishda, agar maʼlumotlar mazkur nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarda oʻzgarmagan boʻlsa, ularni qayta taqdim etish talab etilmaydi va Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim ushbu Nizomning 26-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar yoki ularning distribyutorlari, dilerlari, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlarining brenddan foydalanish yoki tarqatish vakolati muddatidan oldin tugatilgan hollarda Reyestrdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, ariza beruvchi vakolat muddati tugaganligi haqidagi maʼlumotni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga 5 kun muddatda maʼlum qilish majburiyatini oladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etishni rad etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur nizomning 6-bandida keltirilgan hujjatlar bilan taqdim etilgan maʼlumotlarda ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining mazkur Nizom talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash tomonidan asoslantirilgan holda ariza beruvchini Reyestrga kiritishning rad etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq, Sharqiy Osiyo mintaqalarining kamida ikkitasining chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotining mavjud emasligi;
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlarning brend mahsulotlarini yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga mos kelmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni sotish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻziga tegishli (yoki ijara) chakana savdo shahobchasi yoki shahobchalari mavjud emasligi.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda, ariza beruvchiga YAEAT orqali aniq sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar Reyestrdan chiqarishga asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchining Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrga kirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va ishonchsiz maʼlumotlar hamda brenddan foydalanish huquqini beruvchi maʼlumotlarda nomuvofiqliklar aniqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs uning arizasiga binoan qayta tashkil etilganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda, Reyestrga kiritish masalasini koʻrib chiqish dastlabki murojaat kabi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Tarif va notarif tartibga solish Kengashi tomonidan xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida xulosa berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kengashning xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarni Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqishi YAEAT orqali amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kengash qarorlari Kengash Bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kengashning xalqaro brendlar va ularning tovarlarini import qiluvchilarini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinishi uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti ushbu Nizom talablariga javob beradigan har bir xulosa yuzasidan tegishli materiallarni elektron shaklda koʻrib chiqish uchun Kengash muhokamasiga kiritadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kengashning vakolatli aʼzolari 3 ish kuni ichida Kengash kotibiyati tomonidan YAEAT orqali yuborilgan xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqishi hamda koʻrib chiqish natijalariga koʻra ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz berishi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan berilgan ovozlardan kelib chiqib, mazkur Nizomga 2b-ilovaga muvofiq Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha kengash bayoni YAEATda avtomatik ravishda shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Kengashning vakolatli aʼzosi (yoki aʼzolari) tomonidan ariza beruvchini Reyestrga kiritishni maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, ushbu Nizomning 19-bandida belgilangan tahlillar asosida xulosa shakllantiriladi va YAEATga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddat ichida ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz berilmagan yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etilmagan taqdirda, ijobiy xulosa olingan deb hisoblanadi va Bayonnoma avtomatik ravishda YAEATda shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlar Kengashning vakolatli aʼzolari zimmasida yuklatiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kengashning vakolatli aʼzolarining xulosasi ariza beruvchini Reyestrga kiritilishining quyidagilarga taʼsirini tahlil qilish asosida shakllantirilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki bozordagi raqobat muhiti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi mavqeyini tenglashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
import qilinadigan mahsulotlarning samaradorligi va xavfsizligi tamoyillariga asoslangan holda, bozorda adolatli savdo va teng faoliyat sharoitlarini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy iqtisodiyot tarmoqlariga zarar yetkazmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kengashning ariza beruvchini Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qarori, agar Kengash vakolatli aʼzolarining koʻpchiligi ovozi bilan ijobiy xulosa olinsa, qabul qilingan hisoblanadi. Kengashning vakolatli aʼzolarining ovozlari soni teng boʻlsa, Kengash raisi ikkinchi ovoz berish huquqiga ega hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Kengashning vakolatli aʼzolari qarori Bayonnoma shaklida qabul qilingandan soʻng real vaqt rejimida avtomatik ravishda Kengash kotibiyatiga kelib tushadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kengashning vakolatli aʼzolari qarori Bayonnoma shaklida qabul qilingandan soʻng:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritilganligi haqidagi sertifikat avtomatik ravishda shakllantiriladi va imzolash uchun YAEAT orqali investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosariga yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salbiy qaror qabul qilingan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror YAEAT orqali Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga yoki vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti 2 ish kuni mobaynida:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAEAT orqali sertifikat imzolangandan soʻng oʻz veb-saytida bu haqda eʼlon joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengashning ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi bayoni taqdim etilgan taqdirda, bu toʻgʻrisida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining yoki vazirlikning vakolatli tashkilotining arizani koʻrib chiqish va Reyestrni elektron tarzda yuritish xarajatlari ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Reyestrga kiritish boʻyicha arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov qiymati har bir import shartnomasi yoki qoʻshimcha kelishuvlarga muvofiq taqdim etilgan spetsifikatsiyasi summasining 0,8 foizi miqdorida hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq Sertifikatni qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Arizani koʻrib chiqish uchun haq toʻlash ularning natijalaridan qatʼiy nazar amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.03 Chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini milliy valyutada aniqlash maqsadida shartnoma boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov varaqasi taqdim etilgan sanadagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan kurs qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Reyestrga kiritilgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga tovarlarni olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash tartibi
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.03.00 Import bojxona bojlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Xalqaro brendlar tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda (import qilishda) import bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari (keyingi oʻrinlarda — pasaytirilgan stavkalar) xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilariga (keyingi oʻrinlarda — import qiluvchilar) Reyestrga kiritilgan kundan boshlab qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Import qiluvchilar tomonidan pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilishi uchun bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Sertifikat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brend tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi Sertifikat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
brend tovarini joʻnatuvchi mamlakatning eksport (tranzit) bojxona yuk deklaratsiyasi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Import qilinayotgan tovar import qiluvchi tomonidan taqdim etilgan import shartnomasi (kontrakt), Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi sertifikatdagi maʼlumotlar bilan oʻzaro muvofiq boʻlgan taqdirda bojxona bojining pasaytirilgan stavkalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Import qiluvchilar Reyestrdan chiqarilgan sanadan keyingi kalendar kunidan boshlab pasaytirilgan stavkalar qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur nizomning 12-bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq import qiluvchi Reyestrdan chiqarilgan boʻlsa, pasaytirilgan stavkalar bekor qilinadi xamda Reyestrdan chiqarilgan sanadan oldingi davr uchun umumiy belgilangan bojxona boji stavkalaridan kelib chiqib qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlari penya qoʻllangan holda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bojxona qoʻmitasiga Reyestrga kiritilgan va undan chiqarilgan import qiluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Reyestrga kirgan xalqaro brendlar tovarlarini import qiluvchilar tomonidan import qilinayotgan xalqaro brendlarining Reyestrga kiritilgan, import shartnomada koʻrsatilgan hajmda va qiymatdagi tovarlariga nisbatan pasaytirilgan stavkalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bojxona rasmiylashtiruvida ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining tovarlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xabardor qilish, bojxona organlariga mahsulotning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan xavfsizlik yoki sifat talablariga muvofiqligi ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan kafolat xatini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Reyestrga kirish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligiga ariza beruvchi javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar, shuningdek Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan toʻplangan maʼlumotlar arxivda 5 yildan kam boʻlmagan muddatda saqlanadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti tomonidan ariza rad etilgan hollarda ariza beruvchi qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi yoki vazirlikning vakolatli tashkiloti oʻzining rasmiy saytida Reyestrga kiritilgan ariza beruvchilarning elektron roʻyxatini hamda maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-maydagi 311-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2024-y., 09/24/311/0392-son — 2024-yil 4-avgustdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Sertifikat olish va Reyestrga kirish uchun elektron shaklda YAEAT orqali arizani toʻldiradi va zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qiladi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Vakolatli organ
1. YAEAT orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Taqdim etilgan arizani oʻrganish natijasida hujjatlar haqiqiy, asosli va yetarli deb topilgan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Kengash kotibiyatiga YAEAT orqali ekspert xulosasi va hujjatlarni yuboradi.
10 ish kuni
3-bosqich
Kengash kotibiyati
YAEAT orqali ekspert xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Kengashning vakolatli aʼzolarining shaxsiy kabinetlariga (Kengash raisi va uning oʻrinbosari bundan mustasno) yuboradi.
1 ish kunida
4-bosqich
Kengashning vakolatli aʼzolari
1. Kengash kotibiyati tomonidan YAEAT orqali yuborilgan xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
2. Koʻrib chiqish natijalariga koʻra, YAEAT orqali ariza beruvchini Reyestrga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida ovoz beradi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa yuboradi.
3 ish kunida
5-bosqich
YAEAT
1. Kengashning vakolatli aʼzolari tomonidan berilgan ovozlardan (xulosadan) kelib chiqib, Kengash bayoni YAEATda avtomatik ravishda shakllanadi.
2. Ariza beruvchini Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, ariza beruvchi Reyestrga kiritilganligi haqidagi sertifikat avtomatik ravishda shakllantiriladi va imzolash uchun investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosariga yuboriladi.
3. Ariza beruvchini reyestrga kiritish maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror vazirlikning vakolatli tashkilotiga yuboriladi.
real vaqt rejimida
6-bosqich
Vakolatli organ
1. Sertifikatni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va avtomatik ravishda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
2. Kengash tomonidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, sertifikat rasmiylashtiriladi va ariza beruvchi Reyestrga kiritadi va oʻz veb-saytida bu haqda eʼlon joylashtiradi.
3. Kengashning ariza beruvchini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi bayoni taqdim etilgan taqdirda, bu toʻgʻrisida ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi.
real vaqt rejimida
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestriga kirish uchun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchining nomi (yuridik shaxs — tashkilot nomi)
Manzili/Joylashgan yeri (pochta manzili)
KTUT, STIR, IFUT kodi
Telefon va telefaks raqami
Bank rekvizitlari
Olib kelinayotgan brend nomi
Ariza berilayotgan tovarning TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot
Xalqaro brendlar tovarlari ayrim turlarining brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) ekanligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar
Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan import shartnomalarining raqami va sanasi
jahonning quyidagi mintaqalaridan (davlatlaridan) kamida ikkitasi — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklarining chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
Tovarning kelib chiqishi mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot (yuk bojxona hududiga kelib tushganda kelib chiqish sertifikati, eksport deklaratsiyasi va tranzit deklaratsiyasi (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi)
chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
Xalqaro brendlar import qiluvchining tovarlarini realizatsiya qilishi (savdo qilishi) uchun oʻzining yoki ijaraga olingan bino, inshoot obyekt(lar)i mavjudligi haqida maʼlumot
Xalqaro distribyutorlik tarmoqlari mavjudligi haqida maʼlumot
Brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Ariza rahbarning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi va zarur hujjatlar ilova qilinadi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning
vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab
chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari)
bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritish boʻyicha ______-sonli EKSPERT XULOSASI
Ariza beruvchining nomi (yuridik shaxs — tashkilot nomi)
Manzili/Joylashgan joyi (pochta manzili)
KTUT
STIR
IFUT kodi
Telefon va telefaks raqami
Bank rekvizitlari
Olib kelinayotgan brend nomi
Sertifikatlanayotgan mahsulotning nomi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-sonli qarori boʻyicha taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlar
Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar
Olib kelinayotgan brend nomi
Ariza berilayotgan tovarning TIF TN boʻyicha tasnif kodi haqida maʼlumot
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar
Toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomalar tuzilgan raqami va sanasi
Tovarning kelib chiqishi mamlakati va ishlab chiqaruvchisi haqida dastlabki maʼlumot (yuk bojxona hududiga kelib tushganda bojxona organlariga kelib chiqish sertifikati, eksport deklaratsiyasi va tranzit deklaratsiyasi (mavjud boʻlsa) taqdim etish orqali tasdiqlanadi)
Xalqaro brendlar import qiluvchining tovarlarini realizatsiya qilishi (savdo qilishi) uchun oʻzining yoki ijaraga olingan bino, inshoot obyekt yoki obyektlari mavjudligi haqida maʼlumot
Brendlar rasmiy internet saytlarining mavjudligi haqida maʼlumot
Brendning bozorda kamida besh yil mavjudligini tasdiqlash
Chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
Jahonning quyidagi mintaqalaridan
(davlatlaridan) kamida ikkitasi — Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklarining chakana savdo tarmogʻida brend mahsulotlarining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar
Brendning Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global brend maʼlumotlar bazasida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi maʼlumot
Qoʻshimcha maʼlumot
Ekspert xulosasi:
“Oʻzbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati vakolatli eksperti _____ yil “____” __________dagi _______-son ariza va unga ilova qilingan _____-yil “____” ___________dagi _____-son ________ (____________) _______ miqdoridagi import shartnomasini oʻrganib chiqib, arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar va materiallar Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan belgilangan talablarga javob berishi va Ariza beruvchini Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga kiritish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq, ushbu xulosaga ilova qilingan hujjatlar Ariza beruvchi ___________ni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Tarif va notarif tartibga solish kengashiga taqdim etiladi.
(QR kod)
Ekspert:
Rahbar:
____._____________y.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarif va notarif tartibga solish boʻyicha kengash bayoni
Ish raqami ____________
“____” ____________ y.
Kengashning vakolatli aʼzolari:
1.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
4.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
5.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
6.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
Kun tartibi:
__________-sonli ish boʻyicha ariza beruvchi taqdim etgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-martdagi 99-son qarori talablari asosida import qiluvchini xalqaro brend tovarlarining ayrim turlarini import qiluvchilar Reyestriga kiritishning maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emasligini koʻrib chiqish.
Arizani koʻrib chiqish natijasiga koʻra kengash qarori:
T/r
Kengash aʼzolari
Ovoz berish sanasi
Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq
Reyestrga kiritish maqsadga muvofiq emas
QR kodli imzo
1.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
3.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
4.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
5.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
6.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi
7.
Tarif va notarif tartibga solish Kengashi Raisi
(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab chiqaruvchilarning savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xalqaro brendlar tovarlarining ayrim turlarini brend egalari yoki ularning
vakolatli yetkazib beruvchilari (rasmiy distribyutorlar, dilerlar, ishlab
chiqaruvchilarni savdo vakillari va ularning distribyutorlari, litsenziatlari)
bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida import qiluvchilar Reyestriga
kiritilganligi haqidagi
son-_____ SERTIFIKAT
1. Ariza beruvchi (import qiluvchi) ____________________________________________________
2. Eksport qiluvchi (import shartnomasi boʻyicha yuk joʻnatuvchi) _____________________________
3. Import shartnomasi raqami va sanasi, shuningdek umumiy qiymati ________________________
4. Sertifikatlanayotgan mahsulotning nomi _____________________________________________
5. Sertifikatlanayotgan mahsulotning 4 tadan 10 tagacha raqamdan iborat TIF TN kodi*__________
6. Sertifikatlanayotgan mahsulotning kelib chiqish mamlakati ______________________________
7. Brend nomi _____________________________________________________________________
Sertifikat bergan organning vakolatli shaxsi
_______________________
(F.I.O.)
(QR kod)
Sertifikat berilgan sana _________________
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarori ilovasiga muvofiq
Izoh. Sertifikat berilgan sanadan boshlab 1 (bir) yil davomida amal qiladi.
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-martdagi 112-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/112/0202-son)