07.02.2023 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.02.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga zamonaviy muzeylar va koʻrgazmalar faoliyatini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bugungi kunda yurtimizning turli joylarida butun olamga qadimiy boy tariximiz haqida maʼlumotlar berib turuvchi muzeylar faoliyat yuritmoqda va dunyoning turli davlatlaridan sayyohlarni oʻziga jalb qilib, vatanimizning shonli tarixini olamga keng yoyishga xizmat qilib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yurtimizda muzeylar va koʻrgazmalar faoliyatini kengaytirish, xususan, Samarqand viloyatida zamonaviy muzeylar va koʻrgazmalarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 376-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandiga muvofiq Samarqand viloyati Samarqand shahrining Shohrux koʻchasidagi 19-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Samarqand viloyati bosh boshqarmasi binosi (umumiy maydoni 785,00 kv. metr boʻlgan tarixiy bino — Rasmiy mehmonlarni qabul qilish uyi) “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Madaniy meros agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi Markaziy bank bilan birgalikda ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoning belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilib olinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori B.G. Abdikarimov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 7-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-fevraldagi 58-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatining Samarqand viloyati bloki 209-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

209.

Fuqarolik inshooti

XX asr

Oʻzbekiston va Shohrux koʻchalari kesishmasida joylashgan

Davlat mulki. “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2023-y., 09/23/58/0079-son)