LexUZ sharhi
Qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-son qarori tahririda. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarni, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sug‘urtasi joriy etilsin.
Sug‘urtalash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Milliy xavfsizlik xizmatiga, Davlat bojxona qo‘mitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita sug‘urtalovchilar hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda).
a) sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir yil mobaynida olingan jarohat(kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respublikada belgilangan eng kam ish haqining 7 yilligi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
b) sug‘urtalangan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironiga — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovlarning 75 foizi, II guruh nogironiga — 50 foizi, III guruh nogironiga — 30 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
v) sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda — ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovlarning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida sug‘urta puli to‘laydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sug‘urtalovchining sug‘urta o‘tkazishga ushbu sug‘urta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
bir sug‘urta qilinuvchiga bir yilda eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-noyabrdagi 413-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4.1. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) mazkur qarorda belgilangan tartibda majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni 2002-yil 31-dekabrgacha davom ettirsin.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi (vakil qilingan sug‘urtalovchi) majburiy davlat sug‘urtasi o‘tkazishni mazkur qarorda belgilangan tartibda 2003-yil 1-yanvardan boshlasin.
4.2. “Kafolat” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi 2003-yil 1-fevralgacha harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning majburiy davlat sug‘urtasiga tegishli hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalari “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasiga berilishini ta’minlasin.
“O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hujjatlar ro‘yxati va sug‘urta zaxiralari vositalarini qabul qilsin, keyingi har bir yil boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita bilan zarur sug‘urta shartnomalari tuzilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.