26.01.1994 yildagi 38-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarning davlat majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hamda harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek, maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarning xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish (kontuziya), kasallanish hodisalaridan davlat majburiy sug‘urtasi joriy etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urtalash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga, Mudofaa vazirligiga, Ichki ishlar vazirligiga, Davlat xavfsizlik xizmatiga, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hamda Harbiy prokuraturaga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Harbiy prokuratura sug‘urta qildiruvchilar hisoblanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakil qilingan sug‘urtalovchi ochiq tanlovlar asosida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir yil boshlangunga qadar vakil qilingan sug‘urtalovchi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Harbiy prokuratura o‘rtasida zarur sug‘urta shartnomalari tuziladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, vakil qilingan sug‘urtalovchi quyidagi miqdorda sug‘urta summasi to‘laydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sug‘urtalangan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 2023-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtda, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lganda — uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) to‘lovni amalga oshirish kunidagi respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lganda (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno) yoki xizmat (harbiy yig‘inlar)dan bo‘shagandan so‘ng bir yil mobaynida olingan jarohat (kontuziya), kasallanish natijasida vafot etganda — uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) to‘lovni amalga oshirish kunidagi respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 84 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sug‘urtalangan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin bir yil mobaynida unga xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik belgilanganda: I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovning 75 foizi, II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — 50 foizi, III guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga — 30 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash (harbiy yig‘inlar) davrida og‘ir jarohatlanganda — ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovning 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi miqdorida;
(2-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchining, harbiy yig‘inlarni o‘tayotganda harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarning sog‘lig‘iga ko‘ra kelgusi harbiy xizmat (harbiy yig‘inlar)ni o‘tashga yaroqsiz deb topilganda — ushbu bandning “b” kichik bandida nazarda tutilgan to‘lovning 10 foizi miqdorida.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi 458-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2025-y., 09/25/458/0648-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi, shu jumladan vakil qilingan sug‘urtalovchining sug‘urta o‘tkazishga ushbu sug‘urta mukofotlari summasining 8 foizi miqdoridagi xarajatlari 2002-yil 31-dekabrgacha amal qiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir sug‘urtalangan shaxsga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdoridagi sug‘urta mukofoti tarifi — 2003-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy sug‘urtasini amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyul 359-son — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 345-modda qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41 va 42-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-avgustdagi 454-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2022-y., 09/22/454/0749-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-yanvar 1994-yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-son