30.11.2022 yildagi 687-son
Hujjat 07.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
mahsulotlarni savdoga qo‘yish jadvallari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga muvofiq sotuvchilar tomonidan tasdiqlanadigan mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallari;
a) to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
o‘n ikkinchi xatboshi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi” so‘zlaridan keyin “va ushbu mahsulotlarni mazkur jadvallarda belgilangan muddatlar va hajmlarda birja savdolariga qo‘yib boradi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 31-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
d) 311-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “birinchi va ikkinchi qismida” so‘zlari “birinchi — uchinchi xatboshilarida” so‘zlari bilan almashtirilsin”.
1-bandning uchinchi xatboshisidagi “29” raqam “30” raqam bilan almashtirilsin;

1. Litsenziya nomi:

Birja faoliyati uchun litsenziya

2. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari:

Tovar xom-ashyo birjasi faoliyati

3. Ariza beruvchilar toifasi:

Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar

4. Litsenziyalovchi organ:

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Litsenziya berish to‘g‘risida ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, asosiy faoliyat turi, telefon raqami, elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.

2. Birja tovarlari bilan savdo qilish qoidalari nusxasi.

3. Ustav jamg‘armasining shakllantirilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

6. Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida

8. Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

20 ish kuni

9. Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga rioya etish;

b) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy markazga ega bo‘lgan va Tovar-xomashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan hamda ularga asosan ishlab turgan elektron birja savdo tizimining mavjudligi;*

v) ustav fondining ariza berilgan sanada bazaviy hisoblash miqdorining kamida qirq ming baravari miqdorida shakllantirilganligi;

g) litsenziya talabgori (litsenziat) rahbari bir vaqtning o‘zida boshqa tovar-xomashyo birjalarida rahbarlik lavozimini egallashiga yo‘l qo‘ymaslik;

d) quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari bo‘lishi mumkin emas:*

moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lmagan shaxslar;

qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texn�logiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruvi organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar;

yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar yoki ularning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun tovar-xomashyo birjasi faoliyatini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tmagan bo‘lsa;

iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar;

e) tuzilgan birja bitimlari bajarilishining kafolatlanish tizimi mavjudligi;

j) qonunchilik hujjatlariga muvofiq axborotning maxfiyligini ta’minlash;*

z) birja savdosi qoidalari mavjudligi, unda:*

birja a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi nizom;

birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatib turish va tugatish tartibi;

birja a’zolarining birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi;

birja tovarlarini muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari;

tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta’minlash uchun sharoit yaratish tartibi;

birja savdolarini o‘tkazish tartibi va birja bitimlari turlari;

birja savdolarida muomalada bo‘ladigan hosila moliyaviy vosital�rning (derivativlarning) tavsifi;

birja tovarlarini kotirovkalash (ularning narxini belgilash) va ular to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish tartibi;

birja tovarlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, birja bitimlarini va birja savdolari natijalarini ro‘yxatga olish hamda rasmiylashtirish tartibi;

birja savdolari ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;

birjada narxlarning shakllanish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;

birja savdolari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish tartibi;

birja savdolari qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalar;

birjada nizolarni hal etish tartibi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining bajarilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar;

birja savdolarida narxlar manipulatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risidagi qoidalar mavjudligi;

i) birja savdolarida faqat oldindan e’lon qilinadigan, iste’molchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin bo‘lgan birjaning kotirovkalash varag‘iga kiritilgan tovarlarni sotish, oldindan e’lon qilinadigan birjaning kotirovkalash varag‘iga kiritilmagan tovarlarning sotilishiga qo‘yilgan taqiqlarning mavjudligi;

k) birja tovarlariga bo‘lgan talab va taklifning nisbati asosida ularni kotirovkalash (narxini belgilashni);

l) axborotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi;

m) litsenziyalovchi organ talabiga ko‘ra tovar-xomashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq axborotni, shu jumladan, internet tarmog‘idan foydalangan holda shaxsiy kabinet orqali birja tovarlarining qo‘yilishi, sotilishi va hisob-kitob-kliring palatasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish. Bunda vakolatli organga birja savdolari jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratish;*

n) birja savdolarini faqat O‘zbekiston Respublikasining butun hududida hamda chet el davlatlaridagi barcha birja a’zolariga savdolarda bir vaqtning o‘zida qatnashish imkoniyatini beruvchi va teng kirishini ta’minlovchi markazlashtirilgan elektron tizimda o‘tkazish. Bunda birja savdolarini tashkil etishda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarning joriy etilishini taqiqlash;

o) tovar-xomashyo birjasining elektron savdo tizimida avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, o‘lchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qo‘yilgan narxi va bitimda ro‘yxatdan o‘tkazilgan narx, tovarni yetkazib berish shartlari, bitim tomonlari, bitim amalga oshirilgan aniq vaqt ko‘rsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash;

p) tovar-xomashyo birjasining kotirovkalash varag‘iga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega bo‘lgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda dastlabki ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;

r) litsenziya olish, uni qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlarning soxta, yolg‘on va noto‘g‘ri emasligini ta’minlash;

s) litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin besh ish kunida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida murojaat qilinishi;

t) zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy markazning mavjudligi, unda:*

infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 1 TB xotiraga ega bo‘lishi;

bir vaqtning o‘zida axborot tizimining kamida 5 000 ta so‘rovni qayta ishlash tezligini ta’minlay olishi;

kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega bo‘lishi;

yonmaydigan materiallardan ko‘tarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan bo‘lishi;

isitilgan va namlikni yo‘qotuvchi toza havo oqimini ta’minlovchi tizimga ega bo‘lgan, 24/7 rejimida ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi;

kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi;

elektr ta’minoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) kamida 2 soat ta’minlovchi quvvat manbai batareyalariga (UPS) ega bo‘lishi;

maxsus gaz yordamida avtomatik yong‘in o‘chirish tizimiga ega bo‘lishi;

ma’lumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini ta’minlovchi generator uskunasiga ega bo‘lishi;

u) axborot xavfsizligini ta’minlash, bunda:*

dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini ta’minlovchi internet, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan bo‘lishi;

ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS/IPS funksiyalari, antivirus, spam filtrlari va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlash;

dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni ta’minlovchi yechimlarga ega bo‘lish;

veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL sertifikatlari bilan himoyalangan bo‘lishi;

ma’lumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan o‘zgartirilishidan himoya qilish uchun PAM tizimiga ega bo‘lish;

xodimlar tomonidan ma’lumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP tizimiga ega bo‘lishi.

10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar

Mavjud emas

11. Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

12. Izoh:

*qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”.