06.12.2022 yildagi O‘RQ-808-son
Hujjat 07.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 5-moddaning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 11-modda 5-bandining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi qismi “davlat organlari va tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismi “davlat organlari va tashkilotlari” degan so‘zlardan keyin “shuningdek xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

o) avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi

avtomototransport vositalari uchun

— BHMning 3 baravari

bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun

— BHMning 25 foizi

Izoh. Ayirboshlash shartnomasi rasmiylashtirilayotganda davlat boji faqat bir avtomototransport vositasi uchun undiriladi.

Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi;

bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi;

yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga ko‘ra va notariusning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan hududlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

p) avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga

BHMning 50 foizi

boshqa shaxslarga

BHMning 2 baravari

;