24.11.2022 yildagi PQ-430-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birja savdo operatsiyalarini yanada kengaytirish, tovar-xom ashyo birjalari va ularning professional ishtirokchilari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish, tovar derivativlari, shu jumladan fyuchers savdolarini tashkil etishning zamonaviy mexanizmlarini amaliyotga keng joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ularni bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarining yuqori likvidli va monopol bo‘lmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga, o‘z xohishiga ko‘ra, birjadan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-dekabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi:
(2-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) monopol korxonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortig‘i ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqarilgan po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta, barda — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) monopol bo‘lmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metall list prokati va sement — ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxtadan olingan chigit, paxta moyi (shu jumladan, ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va iste’mol etil spirti — ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ushbu bandda nazarda tutilgan tovarlarning o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan hajmlardan ortgan qismi birja savdolariga qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ichki bozorda narxlar keskin oshib ketishining va sun’iy tanqislik vujudga kelishining oldini olish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tizim joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
monopoliyaga qarshi organ narxlar keskin tebranishi davrida birja savdolariga majburiy qo‘yilishi kerak bo‘lgan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish hajmlari, mavjud imkoniyat va zaxiralaridan kelib chiqqan holda tasdiqlanishi ustidan nazorat olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlari birja savdolariga majburiy qo‘yilishi kerak bo‘lgan yuqori likvidli va monopol mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida realizatsiya qilingan taqdirda, o‘sha kundagi birja savdolari yakunlariga ko‘ra bir xil turdagi mahsulot bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan birja kotirovkasi (narx) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomada ko‘rsatilgan narx o‘rtasidagi farq summasiga belgilangan stavkada qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini hisoblaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi o‘zlarining axborot tizimlarini tovar-xom ashyo birjalarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilib, tovarlarning haqiqiy bozor narxlarini kuzatish, kelishib qilingan harakatlar va til biriktirish, manipulyatsiyalar va boshqa qonunchilik buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmlarini joriy qiladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, birja operatsiyalari bo‘yicha axborot konfidensialligini kafolatlash va birja ma’lumotlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan davlat organlarining tegishli mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan birja savdolari natijalariga ta’sir etuvchi, shu jumladan, tovar bozori ishtirokchilari hamda ular tomonidan beriladigan narxlarga cheklovlar o‘rnatish yuzasidan qarorlar qabul qilinishi yoki ko‘rsatmalar berilishi taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlariga muvofiq bozor tamoyillari asosida monopolist korxonalar va (yoki) ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan birja savdolari orqali sotilishi belgilangan yuqori likvidli, monopol va talab yuqori bo‘lgan mahsulot turlari, xom ashyo va materiallar faqat “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ orqali realizatsiya qilinadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Vazirlik va idoralar o‘zlariga tegishli axborot tizimlarining “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJning so‘rovlariga muvofiq ularning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2023-yil 1-martga qadar xorijiy ekspertlar va konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahonning yirik birjalarida keng qo‘llaniladigan savdo mexanizmlari va tovar derivativlarini amaliyotga joriy qilish hamda sohada axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy va hududiy iqtisodiyot miqyosida talab yuqori bo‘lgan tovarlar bo‘yicha takliflar va narxlarni, ular bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni hamda mavjud imkoniyatlarni kompleks baholash tizimini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari vakillarida birja savdolari va davlat xaridlari elektron tizimlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar hamda ilg‘or simulyatsion dasturiy ta’minotlarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini yo‘lga qo‘yish va xalqaro kredit reytingini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil yakunlari bo‘yicha katta to‘rtlik (“big four”) auditorlik tashkilotlaridan birini jalb qilgan holda birjaning moliyaviy hisobotlarini xalqaro audit standartlari asosida mustaqil auditdan o‘tkazish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar-xom ashyo birjalarida tovar derivativlari, shu jumladan fyuchers savdolari bilan shug‘ullanadigan brokerlik idoralarini akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda birja a’zolariga qo‘yiladigan malakaviy talablarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi, ichki (insayderlik) ma’lumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning boshqa raqobatga zid usullaridan foydalanishning oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar-xom ashyo birjalarining elektron savdo tizimlariga qo‘yiladigan umumiy talablarni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh.Sh. Sharaxmetov belgilansin.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 24-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-430-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 07/22/430/1037-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)