10.11.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2569-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qarori, 10.11.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2569-1
Дата вступления в силу
10.11.2022
Hujjat 10.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 10-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2569-1]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-martdagi OʻRQ-761-son “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 637-son “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi xat-xabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 22-oktabrdagi 655-son “Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2014-yil 4-martdagi 4-q/q, 5, 5, 21-son qarori (roʻyxat raqami 2569, 2014-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 11-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. YOʻLDOShEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2022-yil 1-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-QQ-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 22-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-son

Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 20-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53qq-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi DXX raisi A. AZIZOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi A. USMANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 19-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R. DJURAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 24-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5145-son

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022-yil 1-noyabrdagi 33-QQ-son, Mudofaa vazirligining 2022-yil 22-oktabrdagi 31-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-oktabrdagi 53qq-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 21-oktabrdagi 15-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining 2022-yil 19-oktabrdagi 5-son va Milliy gvardiyasining 2022-yil 24-oktabrdagi 5145-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur Nizom reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibini belgilaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yagona milliy tizim — xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarning elektron tarzda qabul qilinishi hamda tegishli pochta aloqasi bogʻlamasi tomonidan qogʻoz koʻrinishida chop etilib, koʻrsatilgan manzillar boʻyicha pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib berilishini, yetkazilganligini tasdiqlashni, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishni taʼminlovchi axborot tizimi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 10-banddagi “Harbiy” degan soʻz “Oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 23-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 266-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“29. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchining oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini eʼtirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga topshiriladi yoki yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi orqali yetkazib beriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“30. Reabilitatsiya etish toʻgʻrisida qaror chiqargan sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchidan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan mulkiy ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tugʻilganda buning uchun vazirlik va idoralarning moliya organlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida sud tomonidan tugatilgan boʻlsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida aniqlaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“31. Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchiga, u vafot etgan boʻlsa, ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi yoki yagona milliy tizimdan foydalanilgan holda pochta aloqasi orqali yetkazib beriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“32. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasiga muvofiq, zarar harbiy xizmatchiga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qoʻllanish, qonunga xilof tarzda maʼmuriy jazo qoʻllanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash natijasida yetkazilgan boʻlsa, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, qoplanishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. 35-band “qamalganligi” hamda “tergovchining” degan soʻzlardan keyin tegishli ravishda “yoki uy qamogʻida turganligi” hamda “va surishtiruvchining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2022-y., 10/22/2569-1/1010-son)