O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining belgilangan tartibda turar joy bilan ta’minlanmagan harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida:
1. 2005-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) doirasida turarjoy bilan ta’minlanmagan oddiy askar, serjant va ofitser tarkiblari harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida — eng kam ish haqining ikki baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlari belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oila a’zolari uch kishi va undan ortiq bo‘lgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
2. Belgilansinki, Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilariga har oylik pul kompensatsiyasi to‘lovlarining ushbu normalari joriy etilishi bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati budjetining har yili tasdiqlanadigan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
bir hafta muddatda Moliya vazirligi (S. Rahimov), Mudofaa vazirligi (Q. G‘ulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibini belgilasin;
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini turarjoy bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun kiritsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining Kotibi R. Mirzayev zimmalariga yuklansin.