1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi shuni qayd qiladiki, davlat uy-jon fondini xususiylashtirish masalalari boʻyicha respublikada, shu jumladan, Toshkent shahrida olib borilayotgan ishlar ijobiy natijalar bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shu davr ichida Toshkent shahri aholisidan kvartiralarni xususiylashtirish toʻgʻrisida 252,1 mingta ariza tushdi, bu mahalliy Kengashlar uylaridagi kvartiralar umumiy sonining 99 foizini tashkil etadi. 218 ming kvartira fuqarolarga shaxsiy mulk qilib berildi, ulardan 92,9 mingtasi tekin berildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha Toshkent shahridagi ijobiy tajribani hisobga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish masalalari shu yil 13-fevralda viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar va idoralarning vakillari kengashida koʻrib chiqilganligi va maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha Toshkent shahri tajribasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, uy-joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq 1993-yilda xususiylashtirilgan kvartiralarga ega boʻlgan mahalliy Kengashlar uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini va uy atrofini saqlash uchun yetishmayotgan mablagʻlarini nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish uchun masʼuliyat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlariga yuklatilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish boʻyicha aniq tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun darhol chora-tadbirlar koʻrsin hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilayotgan va davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslarni qattiq javobgarlikka tortsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xususiylashtirilayotgan uy-joyni sotib olish uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga kredit berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ikki hafta muddat ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang);
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylarning oʻrniga olingan davlat kvartiralari shaxsiy mulk huquqi bilan fuqarolarga tekinga berilsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.02.00 Harbiy harakatlar qatnashchilari, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun imtiyozlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulugʻ Vatan urushi mehnat frontida qatnashganlarga, fashistlar konslagerlarining sobiq mahbuslariga, Leningrad shahrida qamalda boʻlganlarga uy-joyni tekin xususiylashtirish boʻyicha imtiyozlar berilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-maydagi 241-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1989–1991-yillarda buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralari (alohida uylar, kottejlar) olgan yoki oladigan fuqarolarga, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, uy-joylarni xususiylashtirishda imtiyozli huquq (1991-yildagi narxlar boʻyicha) berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” respublika Oliy Kengashining Qonuni qabul qilingunga qadar 1993-yilda xususiylashtirilgan davlat uy-joy fondini, shu jumladan, Toshkent shahrida, sotish va sotib olishni toʻxtatib turish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari ikki hafta muddat ichida uy-joylarni xususiylashtirish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni tashkil etish boʻyicha viloyatlar va idoralarning tegishli boʻlinmalari rahbarlari bilan seminar-kengash oʻtkazsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ommaviy axborot vositalari respublikada davlat uy-joylarini xususiylashtirish qanday borayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil avgust va dekabr oylarida Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 1-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(havola Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ishlarini oʻtkazishning huquqiy asoslarini, tartibi va shartlarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishdan maqsad fuqarolarning shaxsiy kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi)ni mulk qilib olish, xususiylashtirilgan uy-joydan erkin foydalanish (meros qilib qoldirish, hadya qilish, almashtirish, sotish), uy-joy sharoitlarini yaxshilash usulini tanlash huquqlarini roʻyobga chiqarish, uy-joy fondidan samarali foydalanish, uni asrash hamda uy-joy bozorini barpo qilishdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish deganda, keyingi oʻrinlarda “xususiylashtirish” deb ataladi, davlat uy-joy fondiga qarashli alohida uylarni, uylarning bir qismini, kvartiralarni sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish va haq olmasdan fuqarolarga ixtiyoriy ravishda mulk qilib berish tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mavjud boʻlgan va yangi qurilgan davlat uy-joy fondidagi ayrim kvartiralar va uylar (uylarning bir qismi) xususiylashtirish obyektlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yopiq harbiy shaharchalardagi uylarning kvartiralari, arxitektura tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan kvartiralar va uylar, uy-muzeylar, yotoqxonalardagi xonalar, belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) deb hisoblangan kvartiralar, ikki yoki undan ortiq ijarachi yashayotgan kvartiralar undagi barcha yashovchilarning roziligi boʻlmagan hollarda xususiylashtirilmaydi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan (propiskada boʻlgan) fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning oʻzga yuridik shaxslari oʻz xodimlarini, pensionerlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun mulkdordan uy-joy sotib olishlari mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzlari egallab turgan davlat uy-joylarini sotib olishga yoki uy-joyni ijaraga olishga qurbi yetmaydigan mehnatga yaroqsiz yolgʻiz keksa fuqarolar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar huzurida uy-joydan ijara shartnomasi asosida foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ulushli mablagʻlari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirishda imtiyozlar idoralarga qarashli uy-joy fondining egalari bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyga mulk egasi huquqini belgilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini oʻz ichiga oladigan uy-joyga shaxsiy egalik qilish huquqi quyidagilarga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan shaxsiy uy-joylar oʻrniga davlat kvartiralarini olgan fuqarolarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989-yil 21-iyundagi 203-son qaroriga binoan xususiylashtirgan fuqarolarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyini balans (qoldiq) qiymat asosida belgilangan narxlar boʻyicha, yangi qurilgan davlat uy-joy fondida haqiqatda shakllangan narxlar boʻyicha va mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda xususiylashtirgan fuqarolarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyinchalik uy-joyning toʻla qiymatini toʻlash (sotib olish) huquqi bilan uy-joyni ijaraga olgan fuqarolarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga egalik qilish, undan foydalanish huquqi fuqarolar tomonidan uy-joyning toʻla qiymati toʻlangan (sotib olingan) hamda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi olingan kundan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq arizani tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulkka egalik qilish huquqini beruvchi davlat orderini olmasdan vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidirlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Fuqarolarning 1992-yilgacha qurilgan uy-joyni sotib olishi kvartira (uy)ning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlash yoʻli bilan ham, shuningdek, 5 yil davomida toʻlash yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin, bunda bir yoʻla toʻlanadigan dastlabki haq (badal) kvartira qiymatining 40 foizini tashkil etadi. U xususiylashtiruvchining xohishiga koʻra yarim yilga, imtiyozga ega boʻlganlar uchun esa bir yilga taqsimlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan kvartiralarni, uylar (kottejlar)ni sotib oluvchi fuqarolarga toʻlov muddati 20 yil qilib belgilanadi, bunda bir yoʻla toʻlanadigan pay badali uy-joy qiymatining 10 foizini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Xususiylashtirilgan uy-joyning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlagan fuqarolarga 1992-yilgacha qurilgan uy-joy qiymatining 10 foizi, 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan uy-joy qiymatining 20 foizi miqdorida, kvartira haqini ikki yarim yil davomida toʻlaganlarga esa tegishli ravishda 5 va 10 foiz miqdorida chegirish belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mavjud davlat uy-joy fondini xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarga ular yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy propiskada boʻlgan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, uy-joyning foydalanish sifatini hisobga olgan holda, qoldiq (balans) qiymati asosida belgilangan narxlar boʻyicha sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan uy-joyni fuqarolarning ayrim toifalariga bepul berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyinchalik sotib olish sharti bilan davlat uy-joyini ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yangi qurilgan, qayta qurilgan, asosli tuzatilgan va boʻshagan davlat uy-joy fondidagi uylar, kvartiralarni xususiylashtirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi qurilgan davlat uy-joy fondida 20 foizgacha hamda qayta qurilgan, asosli tuzatilgan davlat uy-joy fondida 10 foizgacha kvartira (xona)larni va uylarni (uylarning bir qismini) auksion orqali aholiga mulk qilib sotish.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Auksion orqali uy-joy sotib olish huquqi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi, bunda mazkur uy-joydan xizmat maqsadida (idoralar, ofislar va shu kabilar) hamda ishlab chiqarish binolari (sexlar, ustaxonalar va shu kabilar) maqsadida foydalanish huquqisiz ushbu uy-joyni oʻz xodimlariga berish va xususiylashtirish majburiy shartdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi, boshqa davlatlarning fuqarolariga, yuridik shaxslarga va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarga eski, puturi ketgan va avariya holatidagi uy-joy fondini undan ofislar, vakolatxonalar va boshqa xizmat binolari sifatida foydalanish uchun auksionlarda sotish huquqiga ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Davlat uy-joylarini xususiylashtirish va oʻz mulki sifatida rasmiylashtirish huquqi fuqarolarga va yuridik shaxslarga bir marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Butun uyni (shu jumladan, uy atrofini ham) tuzatish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Uy-joylarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi hamda uy-joy xoʻjaligini saqlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishning qanday borayotganini nazorat qilish mazkur uy-joy fondining egasi yoki ular tomonidan vakil qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-martdagi 114-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, saqlash va undan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va uning mazmunini toʻldiradi.
(havola Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qoidalar yer uchastkalari davlat ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarning oʻrniga zararlarni qoplash tartibida davlat uy-joy fondidan mulkdorlarga beriladigan uylarga (uylarning bir qismiga) yoki kvartiralarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Qoidalar bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish shartlari va oʻzaro moliyaviy hisob-kitoblar tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy binolarini ijaraga berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan uy-joylarni saqlash va tuzatish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirishning borishini nazorat qilish va mazkur qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joylarini xususiylashtiruvchi organlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tegishli qarorlari bilan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Alohida uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirishga qaror qilgan fuqarolar belgilangan namunadagi ariza bilan yashash joyidagi hokimlikka murojaat qiladilar. U yerda ariza beruvchiga xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlari uchun schyot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar ariza berayotganlarida ularning yonlarida pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, fuqaroning imtiyozli xususiylashtirish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Uy-joyni xususiylashtirayotgan fuqarolar mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan maʼlumotlarni toʻplash va qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish zaruriyatidan ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar ariza beruvchi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan kvartiralar qiymatidan ortiqcha belgilanadigan tariflar doirasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fuqarolarning arizalarini maxsus Hisobga olish daftariga roʻyxatga olish ariza beruvchi tomonidan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishga hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida kvitansiya taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza ikki oy muddat ichida koʻrib chiqiladi va ijro etiladi. Bu muddat ichida uy-joyning tavsifi, joylashgan oʻrni; shinamligi, boshqa isteʼmol sifatlari aniqlanadi hamda qiymatini aniqlash metodikasiga muvofiq xususiylashtirilishi kerak boʻlgan uy-joyning uzil-kesil qiymati belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi biror sabab bilan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni xususiylashtirishdan voz kechsa xususiylashtirish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun toʻlangan hamda maxsus xususiylashtirish schyotiga tushgan mablagʻ qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi arizada birgalikda yashayotgan barcha balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi mavjud boʻlgan taqdirda oilaning istalgan balogʻatga yetgan aʼzosi kvartirani ijaraga olgan asosiy shaxs oʻrniga mulkdor sifatida koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Birgalikda yashayotgan balogʻatga yetgan oila aʼzolarining roziligi va texnik sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda bir kvartira har bir aniq xonaning egasi, uning hajmi va qiymati koʻrsatilgan holda ulushli mulk huquqi bilan ikki va undan koʻp balogʻatga yetgan oila aʼzolarining nomiga roʻyxatga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikki va undan koʻp boʻlgan mulkdorlar umumiy foydalaniladigan joydan birgalikda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Uy-joy fondini balansda saqlovchi davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning uy-joy fondi* ularning tegishli boʻlinmalari tomonidan xususiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* keyingi oʻrinlarda “idoralarga qarashli uy-joy fondi” deb ataladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Idoralarga qarashli uy-joy fondini xususiylashtirish vakolati shartnoma asosida idoraviy uy-joy fondi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga berilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarni xususiylashtiruvchi fuqarolar mazkur Qoidalarning 13-bandida bayon qilingan hollarda belgilangan tartibda ariza bilan tegishli davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boʻlinmalariga yoki tumanlar (shaharlar) hokimliklariga murojaat qiladilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoldiq balans qiymat boʻyicha baholash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani, shu jumladan idoralarga qarashli uy-joy fondiga tegishli boʻlgan uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan mulk huquqini beruvchi davlat orderlari beriladi. Mulk huquqini beruvchi davlat orderlarini rasmiylashtirish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasi (17-shakl);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqaroning imtiyozli asosda xususiylashtirish huquqini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ oʻn besh kun mobaynida ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar asosida fuqaroning nomiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, shuningdek uni fuqaroga belgilangan tartibda beradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161. Mulk huquqini beruvchi davlat orderi blankasi ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maxsus qogʻozda tayyorlanadi, tartib raqamiga ega boʻladi va qatʼiy hisobot beriladigan hujjat hisoblanadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
162. Vakolatli organ tomonidan mulk huquqini beruvchi davlat orderi rasmiylashtirilganligi va berilganligi boʻyicha xizmatlar uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan mulk huquqini beruvchi davlat orderlari oʻrniga vakolatli organ tomonidan dublikat beriladi. Mulk huquqini beruvchi davlat orderi dublikati berilishi boʻyicha xizmatlar uchun vakolatli organ tomonidan bir eng kam oylik ish haqi miqdorida yigʻim undiriladi.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Uy-joy fondini xususiylashtirish davomida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar respublika aholisini uy-joylarni xususiylashtirish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi tezkor va tushunarli axborot bilan taʼminlashga hamda fuqarolarning murojaatlari boʻyicha uy-joylarni ularning mulki qilib bepul berish va ularga sotishni toʻsiqsiz amalga oshirish imkonini beruvchi chora-tadbirlar koʻrishga majburdirlar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan uy-joy egasining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Fuqarolarning alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga va xonaga egalik qilish huquqi uy-joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va mulk huquqini beruvchi davlat orderi olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Uy-joyni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq xususiylashtiruvchi fuqarolar uchun mulk huquqi ariza tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazilgan va mulk huquqini beruvchi davlat orderi olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun badalni toʻliq toʻlagan yoki arizani tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulk huquqini beruvchi davlat orderini olmagan fuqaro vafot etgan taqdirda merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqlidir.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-iyundagi 190-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 24-son, 282-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Uy-joyni xususiylashtirgan fuqarolar uchun propiska qilish, kvartirani almashtirish paytida bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni normativiga oid tegishli cheklashlar olib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uyning bir qismining) egasi quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini, qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini buzmagan holda ushbu uy-joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda kommunal xizmatlar uchun haq toʻlash, koʻchmas mulk soliqlari, sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha imtiyozlardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egallab turgan uy-joy maydonidan qatʼi nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy maydonidan qatʼi nazar, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq oila aʼzolarini va boshqa shaxslarni kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) propiska qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
propiska va turar joyi boʻyicha hech qanday cheklashlarsiz, kvartirani, uyni boshqa har qanday kvartiraga, shu jumladan, kooperativ uy-joyga almashtirish (qonun hujjatlarida uy-joy sotib olish va propiska qilishda alohida holatlar belgilangan Toshkent shahri va Toshkent viloyati bundan mustasno);
(22-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkatlar tashkil etish, uy-joylardan va birgalikda foydalaniladigan joylardan foydalanishni tashkil etishni, davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurish tashkilotlarini, kooperativlarni, xususiy hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ham qoʻshganda, mustaqil ravishda belgilash, uy-joyga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish boʻyicha shartnomalar tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joylarni va ular atrofidagi hududlarni saqlash boʻyicha bajariladigan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkat tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek, alohida shaxslarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash boʻyicha materiallar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirilgan uy-joylardan fuqarolarni koʻchirmasdan asosli tuzatishni amalga oshirish mumkin boʻlmagan vaqt uchun mulkdorlardan yoki uy-joylardan foydalanishga vakil qilingan organlardan uy-joyni ijaraga olish.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori tahririda)
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Xususiylashtirilgan kvartira egasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turar joy binolari va uy atrofini saqlash meʼyorlari va qoidalariga rioya qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan xususiylashtiriladigan kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej) uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan soliqlarni va kommunal xizmatlar uchun haqlarni oʻz vaqtida toʻlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga qarashli uy-joyga xizmat koʻrsatish va uni tuzatish boʻyicha korxonalar va xususiy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga rioya qilishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Uy-joyni qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xususiylashtiradigan fuqarolar dastlabki badal toʻlangan paytdan boshlab kvartira (uy, uyning bir qismi, kottej)ni sotib olish tamom boʻlgunga qadar almashtirish, sotish, meros, vasiyat qilib qoldirish va hadya etish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari tomonidan belgilanadigan organlardan ruxsatnoma olishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirilgan uy-joyni saqlash va undan foydalanganlik uchun haq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Butun uyga (uy atrofi ham shu jumlaga kiradi) xizmat koʻrsatish va uni tuzatish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlarni toʻlash xarajatlarning shakllangan tannarxidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Xususiylashtirilgan uylardagi umumiy (birgalikda) foydalaniladigan joylarga, muhandislik asbob-uskunalariga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish, shuningdek, uy atrofini saqlash kvartira (uy)ni mulk qilib olgan fuqarolarning mablagʻi hisobiga, ular bu uyda egallab turgan umumiy maydonga mutanosib ravishda, mazkur qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Har bir muayyan holatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarida sanab oʻtilmagan, aholining ijtimoiy kam taʼminlangan guruhiga kiruvchi shaxslar uchun imtiyozlar belgilashlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Xususiylashtirilgan kvartiralar egalari shirkatining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Xususiylashtirilgan turar joylarga, uy atrofiga xizmat koʻrsatish va tuzatish, yordamchi binolarni saqlash uchun haq toʻlash miqdori davlat uy-joylardan foydalanish va tuzatish-qurilish tashkilotlari, kooperativlar, xususiy firmalar va shaxslar tomonidan uy egalariga koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar roʻyxatiga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday ishlar va xizmatlarning roʻyxati, ularga haq toʻlash tartibi va shartlari xususiylashtirilgan uy-joylarga xizmat koʻrsatish va ularni tuzatish uchun tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Xususiylashtirilgan kvartiralarni qayta qurish va qayta rejalashtirish davlat uy-joy fondidan foydalanish texnik meʼyorlari va qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Xususiylashtirilgan uy-joydan toʻgʻri foydalanish va uni oʻz vaqtida tuzatish ustidan nazorat qilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari, shuningdek, uy-joy-kommunal xoʻjaligi idoralari amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. “Ijara toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijaraga beruvchi uy-joylar, kvartiralarni yashash uchun foydalanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ijaraga berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyni ijaraga olganlik uchun haq toʻlash tomonlarning kelishuvi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davlat uy-joyini ijaraga olish shartnomasini bajarish va toʻxtatib qoʻyish paytida paydo boʻladigan nizolar sud orqali hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirishning qanday borayotganligini nazorat qilish va qoidalarni buzishlarning oldini olish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Uy-joy fondini xususiylashtirish qanday borayotganligini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari huzurida tashkil etilgan muvofiqlashtirish kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Mazkur qoidalarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.