16.08.2022 yildagi PQ-353-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalla instituti imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining har bir mahalla uchun budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanmaydigan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) quyidagilar jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga asosan mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchisi tavsiyasi asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun mahalliy budjetdan ajratiladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik koʻmak mablagʻlari (kredit, grant, begʻaraz yordam va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) quyidagilar jamgʻarmalar mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla hududidagi ichki yoʻllar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini taʼmirlash va tiklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʻmaklashish hamda ularning turar joylarini taʼmirlash va jihozlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kadastr agentligi bilan birgalikda har bir mahallaning aniq chegaralari belgilanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda mahallalarning yagona klassifikatori ishlab chiqilib, Davlat statistika qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mahallalar tashkil etilishi mezonlarini ular hududidagi xonadonlar sonidan kelib chiqqan holda belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Moliya vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda jamgʻarmalar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha hamkorlikda ishlarni olib borsin va 2023-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qarorining 3-bandiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri v.b. T.A. Xudaybergenov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 16-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-353-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-353-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qarorining 3-bandiga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “v” kichik band “taqsimlanadi” soʻzidan keyin “, ushbu bandning “g” kichik bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“g) mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda, tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga oʻtkaziladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2022-y., 07/22/353/0744-son)