O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSULLIK USTAVINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 17-yanvardagi O‘RQ-517-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi 1996-yil 1-oktabrdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatining qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari o‘zlarining mazkur ustavga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
262-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 125-modda)