01.08.2022 yildagi 420-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotib olgan investorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son Farmoniga asosan boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat aktivlari va qishloq hoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat banklari tomonidan berilgan kreditni xaridorga faqat ushbu sotilgan davlat aktivi hisoblangan korxona (obyekt) va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini tegishli tijorat banki va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan monitoring qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tijorat banklariga ushbu qaror talabidan kelib chiqib kredit siyosatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 1-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
420-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-avgustdagi 420-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom qoidalari ijara huquqi asosida berilgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini ushbu Nizom talablariga muvofiq kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivi — mulk huquqi asosida davlatga tegishli boʻlgan davlat unitar korxonalari, mulkiy majmualar, bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, xoʻjalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi (aksiya paketi) boʻlgan davlat mulki;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) — qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridor — xususiylashtirilayotgan davlat aktivi va yer uchastkasi boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini (birja bitimini) tuzgan tomon (yuridik yoki jismoniy shaxs) va (yoki) uning vakili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirish — savdo gʻolibi tomonidan pul mablagʻlarining qolgan qismini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-auksion” elektron savdo platformasi va birja savdolarida sotib olingan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun savdo yakunlangan kundan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasining qarorlariga asosan sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy muddatda sotib olish toʻlovining (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda) kamida 35 foizini toʻlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kredit taʼminoti sifatida beriladigan davlat aktivi va yer uchastkasini sotish boʻyicha shartnoma tuzishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat aktivini va (yoki) yer uchastkalari boʻyicha dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshiradigan xaridorlarga oldi-sotdi shartnomasida qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlar va shartlar aks ettirilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan davlat aktivlari va yer uchastkalari boʻyicha kamida 35 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivi yoki yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar xaridor sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqidan foydalanmoqchi boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomasi imzolanganidan soʻng xaridorlarning toʻlovga qobiliyatliligini tasdiqlash uchun uning tomonidan kelgusi toʻlovlarni amalga oshirish taʼminoti sifatida toʻlovlarning qolgan qismiga tegishli sugʻurta kompaniyasining toʻlovni amalga oshirmaslik sugʻurta polisi va (yoki) toʻlov majburiyatlari boʻyicha sotuvchi oldida javob berish majburiyatini olish boʻyicha uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan davlat aktivini garovga qoʻygan holda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditni xaridor faqat aksiyalari (ulushlari) sotilgan korxona, obyekt va (yoki) yer uchastkasi negizida amalga oshiriladigan loyihalar va ularni rivojlantirish uchun sarflash hamda olingan kreditni oʻz vaqtida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizom doirasida xaridor tomonidan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit taʼminoti sifatida tijorat banklarida garovga qoʻyilgan taqdirda, sotuvchi undiruvni garovga qoʻyilgan davlat aktiviga va (yoki) yer uchastkasiga qaratishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sotuvchi sotib olish toʻlovlarining toʻlanishi, agar mavjud boʻlsa, oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat aktivini sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddati savdolar oʻtkazilgan sanadagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdori baravari miqdoridan kelib chiqqan holda oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab uch yildan oshmasligi lozim, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki Vazirlar Mahkamasi yoxud Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining qarorlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qoʻllaniladigan uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash muddatiga amal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Davlat aktivi va yer uchastkasiga huquqni belgilovchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi boʻyicha dastlabki toʻlov bir yoʻla amalga oshirilib, oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) imzolangandan soʻng xaridor uni kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqidan foydalanish uchun sotuvchiga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xaridor oʻz murojaatiga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sugʻurta polisini va (yoki) sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyilishi kerak boʻlgan tijorat banki tomonidan maʼqullangan uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolatini ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sotuvchi xaridorning murojaatiga asosan besh ish kunidan kechikmay “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi bilan” davlat orderini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat aktivlari va (yoki) yer uchastkalariga mulk huquqi berilmaydi hamda ularni boshqacha tarzda tasarruf etish (sotish, yuridik shaxsning ustav fondiga berish, almashtirish, hadya qilish yoki boshqacha tarzda begonalashtirish) taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xaridor oldi-sotdi shartnomasi (birja bitimi) boʻyicha qolgan sotib olish toʻlovlarini toʻliq toʻlash majburiyatini, xususan, taʼminotni kafolatlashni, shuningdek, agar mavjud boʻlganda oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sotuvchi davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini berishni davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun dastlabki 35 foiz toʻlov bir yoʻla amalga oshirilmaganda hamda mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan sugʻurta polisini va (yoki) uchinchi (yuridik) shaxs kafilligi va (yoki) bank kafolati taqdim etilmaganda rad etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tijorat banklarida davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov taʼminoti sifatida rasmiylashtirish “Garov toʻgʻrisida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garovga qoʻyishda sotuvchi garovga qoʻyuvchi sifatida ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini tijorat banklarida garovga qoʻyishda, uning garov bahosi sotuvchi tomonidan baholangan qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sanadan boshlab ikki yil muddat oʻtgan taqdirda, sotuvchi tomonidan ushbu davlat aktivi mustaqil baholovchi tashkilotga baholatiladi hamda ushbu baholash qiymati garovga qoʻyishda garov bahosi sifatida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tijorat banklari tomonidan berilgan kredit uning taʼminoti sifatida garovga qoʻyilgan davlat aksiya paketlari (ulushlari) boʻlgan korxona,bino-inshootlarda va yer uchastkasida xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, texnik qayta jihozlash va ishlab chiqarishni (xizmat koʻrsatishni) modernizatsiyalash uchun butlovchi qismlarni yaratish hamda rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun maqsadli ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tijorat banklari tomonidan ushbu Nizom doirasida xaridorlarga berilgan kreditning maqsadli ishlatilishi tegishli tijorat banki va sotuvchi tomonidan monitoring qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan va sotib olish toʻlovini toʻliq amalga oshirgunga qadar “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi bilan” davlat orderi berilgan xaridorlar qoʻshilgan qiymat soligʻini mazkur obyektlarga nisbatan tasarruf etish huquqi toʻliq oʻtgandan soʻng toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Garovga qoʻyilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda realizatsiya qilinganda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit qoplanishidan ortgan qismi sotuvchiga oʻtkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼullar

Ijro muddati

1-bosqich

Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi uchun savdo yakunlangan (qaror asosida oldi-sotdi shartnoma tuzilgan) kundan boshlab dastlabki toʻlovni bir yoʻla (zakalat toʻlovini inobatga olgan holda kamida 35 foiz toʻlovlarni) amalga oshirish

Xaridor

Bir oy muddatda

2-bosqich

Sotilgan davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasi boʻyicha dastlabki toʻlovni bir yoʻla amalga oshirib, uni kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqidan foydalanish uchun sotuvchiga xaridor tomonidan toʻlovlarning qolgan qismiga tegishli sugʻurta kompaniyasining toʻlovni amalga oshirmaslik sugʻurta polisi va (yoki) toʻlov majburiyatlari boʻyicha sotuvchi oldida javob berish majburiyatini olish boʻyicha bank kafolati va (yoki) uchinchi (yuridik) shaxs kafilligini taqdim etgan holda murojaat qilish.

Xaridor

Xaridor xohishiga koʻra

3-bosqich

Mul huquqini tasdiqlovchi “tasarruf etish huquqisiz faqat kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi bilan” davlat orderini taqdim etish.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Besh ish kunida

4-bosqich

Davlat aktivi va (yoki) yer uchastkasini garov taʼminoti sifatida rasmiylashtirish.

Tijorat banki

Belgilangan muddatda

5-bosqich

Xaridorga berilgan kreditning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish.

Tijorat banki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Belgilangan muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 09/22/420/0695-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)