Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 14.06.2005 yildagi PF-3618-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 14.06.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh VA IQTISODIYOTNI YaNADA ERKINLAShTIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR AMALGA OShIRILIShINI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan Dasturni ijro etish boʻyicha tuzilgan ishchi Komissiya tomonidan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi qonun va normativ hujjatlarining iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish boʻyicha qoʻyilgan vazifalarga muvofiqligi tanqidiy tahlil qilindi. Joylarda bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ishlarning ahvoli oʻrganildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shundan kelib chiqqan holda, qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlarining, idoraviy normativ hujjatlarning yangi loyihalari roʻyxati tuzilgan boʻlib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydigan, davlat hokimiyati oliy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar darajasida tasdiqlanishi lozim boʻlgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi lozim boʻlgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1 va 2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish boʻyicha qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar (3-ilovaga* muvofiq) qabul qilinganligi va amalda roʻyobga chiqarilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3 ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda maʼmuriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish komissiyasi (R. Azimov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan muddatlarga muvofiq 1-ilovadagi normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishi va kelishib olinishini taʼminlasin hamda ularni belgilangan tartibda davlat hokimiyati oliy organlari va Hukumatga tasdiqlash uchun taqdim qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Farmonda koʻzda tutilgan yangi qonunlar loyihalari tayyor boʻlishiga qarab ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muhokamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda ularni amalga oshirishning aniq-puxta mexanizmlarini albatta nazarda tutsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, iqtisodiy islohotlarning maqsad, vazifa va asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilishi, oʻzgartirishlar kiritilishi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxatlariga qoʻshimchalar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini qattiq nazorat ostiga olsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz darajalarida qabul qilinadigan normativ hujjatlarning mazkur qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelishib olish hamda davlat hokimiyati organlari va Hukumatga kiritish taomilidan oʻtishi ustidan monitoring oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari yuridik ekspertizadan oʻtkazilishini, shuningdek ushbu Farmonda koʻzda tutilgan idoraviy normativ hujjatlar belgilangan tartibda oʻz vaqtida roʻyxatga olinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻzlarining normativ hujjatlarini qabul qilinadigan qonun hujjatlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishlari ustidan nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari qabul qilingan qonun hujjatlarining barcha darajalarda amalda roʻyobga chiqarilishini taʼminlasinlar, toki umuman mamlakat iqtisodiyoti va har bir fuqarosi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning aniq ijobiy natijalarini his etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 14-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3618-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 166-modda)