25.07.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1981-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 25.07.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1981-4
Дата вступления в силу
25.07.2022
Hujjat 25.07.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1981-4]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 511-son “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga hamda taʼlimga oid qonunchilik takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 11-iyundagi 204-son “Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1981, 2009-yil 10-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 28-son, 330-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. TOShKULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 24-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-2022-son

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2022-yil 24-iyundagi 15-2022-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Buyruq muqaddimasidagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Nizom muqaddimasining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mazkur Nizom oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 10/22/1981-4/0670-son)