07.07.2022 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5229-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5229-son qarorining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-bandiga muvofiq Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi (keyingi oʻrinlarda — Forum) har ikki yilda bir marta sentabr oyida Qoʻqon shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivali bilan uygʻun holda tashkil etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-bandiga muvofiq Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) Forumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ham Tashkiliy qoʻmita hisoblanishi belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 3-bandiga muvofiq Tashkiliy qoʻmitaga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumni yuqori badiiy saviyada oʻtkazish, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish, bu borada masʼul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum sovrindorlariga topshiriladigan diplom va sertifikatlar namunalarini tayyorlash hamda tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 20-apreldagi 02-RA 1-5710-son (XDFU) topshirigʻiga muvofiq dastlabki Forum 2023-yilning sentabr oyidan boshlab Qoʻqon shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivali bilan uygʻun holda oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fargʻona viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasini Forum tashkilotchilari sifatida belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar va ularning ishtirokchilarini saralash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov ishtirokchilarini baholash uchun Xalqaro hayʼatni tashkil etish va uning faoliyati tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrik-tanlov gʻoliblarini mukofotlash uchun nominatsiyalar va mukofot miqdorlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2023-yilda Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumni tashkil etish, jumladan, Tashkiliy qoʻmita yigʻilishini oʻtkazish, Forum oʻtkaziladigan joyni tanlash, mehmonlarni kutib olish, ularni joylashtirish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum rasmiy veb-saytini ishlab chiqish, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Forumni muntazam yoritib borish, xorijiy mehmonlarni Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish bilan bogʻliq madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum tadbirlarini moliyalashtirish tartibini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashkiliy qoʻmita mazkur qaror bilan tasdiqlangan “yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 7-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
370-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 370-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini (keyingi oʻrinlarda — Forum) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Forum quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hunarmandchilikni keng targʻib qilish, jumladan, hunarmandchilikning asosiy yoʻnalishlari boʻlgan kulolchilik anʼanalari va maktablarini saqlash, qayta tiklash, bu sohadagi ilmiy oʻrganish va izlanishlarni hamkorlikda amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish va mahorat darslari tashkil etish, ushbu sohadagi iqtidorli hunarmandlarni ragʻbatlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kulolchilik tarixi, maktabi va uslublarini, kulolchilik sanoat darajasida taraqqiy etgan va ularning ulushi iqtisodiyotga sezilarli foyda keltirayotgan mamlakatlar tajribasini oʻrganish va yurtimizda tatbiq etish, yosh avlod qalbida kulolchilikka boʻlgan qiziqishni shakllantirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududlarda kulolchilikni jadal rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi muhit yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kulolchilik namunalarini milliy brend sifatida xalqaro miqyosda targʻib qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mintaqada milliy hunarmandchilikning kulolchilik yoʻnalishi orqali turizm salohiyatini yanada yuksaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzbek xalq milliy madaniyati anʼanalarini namoyish etish orqali sayyohlarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kulolchilik sanʼatining noyob va yoʻqolib borayotgan namunalarini hozirgi zamon talabidan kelib chiqib yangi andozada uygʻunlashtirish va qayta tiklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumga iqtidorli yosh kulollarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumda xorijdagi kulolchilik maktablarining usta kulollari, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan xorijiy kulolchilik tashkilotlarining dizayn, marketing va menejment yoʻnalishlaridagi mutaxassislari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida ularni jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum tashkilotchilari (keyingi oʻrinlarda — Tashkilotchilar) — Fargʻona viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Hunarmand” uyushmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum ishtirokchisi — Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tomonidan tasdiqlanadigan hunarmandchilikning kulolchilik tarmogʻi sanoat yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan kulol ustalar, “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari, kulolchilik tarmogʻida faoliyat yurituvchi tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlarning sohadagi koʻzga koʻringan vakillari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
saralash komissiyasi — “Hunarmand” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya hamda boshqa vazirliklar va idoralarning soha mutaxassislaridan iborat Forum ishtirokchilari tomonidan mazkur Nizom talablari asosida taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib ishtirokchilar roʻyxatini Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun taqdim qiluvchi komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Forum Tashkiliy qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda respublikaning boshqa hududlarida ham oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Forumni oʻtkazish tartibi va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Forum doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi oʻrinlarda — konferensiya);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy hunarmandchilikning kulolchilik yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan milliy va xorijiy brend mahsulotlari koʻrik-tanlovi (keyingi oʻrinlarda — koʻrik-tanlov);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy va mahalliy kulol ustalari ishtirokida mahorat darslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq sayillari, mamlakatimizning taniqli sanʼatkorlari ishtirokidagi zamonaviy va kreativ usulda sahnalashtirilgan konsert dasturlari namoyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kulolchilik sanʼatiga oid koʻrgazmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, qadimiy kulolchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari namoyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududda faoliyat koʻrsatayotgan mashhur kulolchilik ustaxonalariga ekskursiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forum koʻrik-tanlovi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi va gala-konsert.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Forum doirasida oʻtkaziladigan mahsulotlar koʻrgazmasi ishtirokchilari bir vaqtning oʻzida koʻrik-tanlov ishtirokchisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koʻrik-tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tomonidan Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning Forumda qatnashish toʻgʻrisida arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning 3x4 va 10x15 oʻlchamli rangli fotosurati (4 dona);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish va ijodiy faoliyati toʻgʻrisida toʻliq yozma maʼlumot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqargan mahsulotlarining 10 tadan kam boʻlmagan sifatli fotosuratlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Koʻrik-tanlovning mahalliy ishtirokchilari mazkur Nizomga 1a-ilovaga muvofiq sxema asosida saralab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Koʻrik-tanlovning mahalliy ishtirokchilari ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni Forum oʻtkaziladigan yilning 1-martidan 1-iyuniga qadar “Hunarmand” uyushmasiga taqdim etadilar (fotosuratlar elektron shaklda taqdim etilishi shart).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Hunarmand” uyushmasi taqdim qilingan hujjatlarni umumlashtirgan holda Forum oʻtkaziladigan yilning 10-iyuniga qadar saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Forumning mahalliy ishtirokchilari hujjatlari saralash komissiyasi tomonidan mazkur Nizom talablari asosida Forum oʻtkaziladigan yilning 20-iyuliga qadar oʻrganib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashkiliy qoʻmita tomonidan mahalliy ishtirokchilar roʻyxati Forum oʻtkaziladigan yilning 1-avgustiga qadar tasdiqlanadi hamda ishtirokchilar “Hunarmand” uyushmasi tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Koʻrik-tanlovning chet ellik ishtirokchilari mazkur Nizomga 1b-ilovaga muvofiq sxema asosida saralab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrik-tanlovning chet ellik ishtirokchilari Forum va uning doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Forum oʻtkaziladigan yilning 10-fevralidan 10-mayiga qadar Forum veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadilar (Forum tashkilotchilari tomonidan taklif etiladigan yuqori martabali mehmonlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Koʻrik-tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan chet ellik ishtirokchilar roʻyxatdan oʻtish jarayonida Forum veb-sayti orqali mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. “Hunarmand” uyushmasi taqdim qilingan hujjatlarni umumlashtirgan holda Forum oʻtkaziladigan yilning 1-iyuniga qadar saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Chet ellik ishtirokchilar hujjatlari saralash komissiyasi tomonidan ushbu Nizom talablari asosida Forum oʻtkaziladigan yilning 10-iyuniga qadar oʻrganib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Chet ellik ishtirokchilar roʻyxati Forum oʻtkaziladigan yilning 1-avgustiga qadar Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan roʻyxat ishtirokchilarni xabardor qilish maqsadida “Hunarmand” uyushmasiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Hunarmand” uyushmasi oʻn kun muddatda ishtirokchilarni ularning elektron manziliga taklifnoma yuborish orqali xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Forumga Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan hayʼat aʼzolari va ishtirokchi sifatida har bir mamlakatdan 2 nafargacha ijodiy delegatsiya taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ularning yashash, ovqatlanish, Oʻzbekistonga kelib-ketish (uchinchi davlat orqali uchishlari ham), ichki transport va yoʻl xarajatlari ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumda oʻz hisobidan ishtirok etish istagini bildirgan (ijodiy delegatsiyaning ikki nafargacha aʼzolaridan tashqari) kulolchilik tashkiloti vakillari, sohaning taniqli olimlari va mutaxassislari hamda faxriy mehmonlar Tashkilotchilarning takliflari asosida qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Konferensiya ishtirokchilari mazkur Nizomga 1v-ilovaga muvofiq sxema asosida saralab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konferensiya ishtirokchisi konferensiya oʻtkazilishidan uch oy oldin Forum veb-sayti orqali Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi materiallarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼlumotnoma (rezyume);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6x9 oʻlchamli rangli fotosurat (3 dona);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konferensiya ishtirokchisining hajmi 4-5 betdan va 300 ta soʻzdan kam boʻlmagan maʼruzasi matni (oʻzbek, ingliz yoki rus tillarida).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Hunarmand” uyushmasi taqdim qilingan hujjatlarni umumlashtirgan holda Forum oʻtkaziladigan yilning 10-iyuliga qadar saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Hujjatlar saralash komissiyasi tomonidan Forum oʻtkaziladigan yilning 20-iyuliga qadar ushbu Nizom talablariga muvofiq oʻrganib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Forumda qatnashuvchilar roʻyxati Forum oʻtkaziladigan yilning 1-avgustiga qadar Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi hamda ishtirokchilar “Hunarmand” uyushmasi tomonidan oʻn kun muddatda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Forumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Tashkiliy qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Fargʻona viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 50 foizi — Fargʻona viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Xalqaro hayʼat faoliyatini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahoratini baholash uchun Tashkiliy qoʻmita tomonidan yetti kishidan iborat tarkibda xalqaro hayʼat tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro hayʼat tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar, taniqli sanʼat va madaniyat arboblari, olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchilar, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalar namoyandalari taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro hayʼat aʼzolari xalqaro hayʼat raisini saylaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro hayʼat raisiga va hayʼat aʼzolarining har biriga — 1000 AQSH dollari miqdorida gonorar toʻlov toʻlanadigan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilagan kurs boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Quyidagilar koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda asosiy mezon hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kulolchilik mahsulotlarining jozibasi va tarovati, oʻziga xos uslubga egaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kulolchilik mahsulotlarining anʼanaviy xususiyatlarga, tarixiy ildizga ega ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasi hamda tarixiy anʼana va zamonaviy innovatsion uslubning uygʻunlashuvi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot sifatli materiallardan tayyorlanganligi va standartlarga javob berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulotning oʻziga xosligi va yangiligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz yoʻnalishida alohida maktab yaratganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“usta-shogird” maktabi anʼanalari asosida yoshlarga hunar sirlarini oʻrgatganligi va shogirdlar tayyorlaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajdodlaridan qolgan hunar turini anʼanalarni saqlagan holda davom ettirayotgan sulola davomchisi ekanligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro hayʼat tomonidan koʻrik-tanlov ishtirokchilarining mahsulotlari koʻrgazmasi va mahorat darslari 6 ta nominatsiya (“Eng yaxshi kulol”, “Eng yaxshi kulolchilik maktabi ustasi”, “Kulolchilik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi”, “Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan kulol”, “Eng yosh mahoratli kulol”, “Eng mohir ayol kulol”) boʻyicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Mukofotlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Forum doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, qimmatbaho esdalik sovgʻasi va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi (toʻlov toʻlanadigan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilagan kurs boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi valyutasida):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi kulol” — 5 000 AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yaxshi kulolchilik maktabi ustasi” — 3 000 AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kulolchilik boʻyicha qadimiy sulola davomchisi” — 3 000 AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qadimiy anʼanalarni qayta tiklagan kulol” — 3 000 AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng yosh mahoratli kulol” — 3 000 AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Eng mohir ayol kulol” — 3 000 AQSH dollari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tashkilotchilar, ijodiy uyushmalar, jamgʻarmalar va boshqa tashkilotlar hayʼat aʼzolari va muxlislar eʼtirofiga sazovor boʻlgan mohir hunarmandlarni taqdirlash uchun mustaqil ravishda maxsus mukofotlar taʼsis etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumning har bir ishtirokchisiga Xalqaro kulolchilik forumi ishtirokchisi sertifikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tashkilotchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tashkilotchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumni oʻtkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumda ishtirok etishni istagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Tashkiliy qoʻmitaga yuboriladigan materiallardan ularning roziligi bilan reklama maqsadida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Forumga jahondagi yetakchi prodyuser, menejerlarni va soha mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Forum ishtirokchisi boʻlgan chet el fuqarosi oʻz tibbiy sugʻurtasiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Forumni tashkil etish va oʻtkazish uchun ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlarining maqsadli sarflanishini nazorat qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi doirasida oʻtkaziladigan Milliy hunarmandchilikning kulolchilik yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan milliy va xorijiy brend mahsulotlari koʻrik-tanloviga mahalliy ishtirokchilarni saralab olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar



 

1-bosqich

Koʻrik-tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan shaxs

Zarur hujjatlarni “Hunarmand” uyushmasiga taqdim etadi.

Forum oʻtkaziladigan yilning 1-martidan 1-iyuniga qadar



2-bosqich

“Hunarmand” uyushmasi

Taqdim qilingan hujjatlarni umumlashtirgan holda saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

10-iyunga qadar



3-bosqich

Saralash komissiyasi

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan kiritilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.

Qabul qilingan qaror (ishtirokchilar roʻyxati)ni Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.

20-iyulga qadar



4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Ishtirokchilar roʻyxatini tasdiqlaydi.

1-avgustga qadar



5-bosqich

“Hunarmand” uyushmasi

Ishtirokchilarni xabardor qiladi.

Roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 10 kun muddatda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1b-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi doirasida oʻtkaziladigan Milliy hunarmandchilikning kulolchilik yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan milliy va xorijiy brend mahsulotlari koʻrik-tanloviga chet ellik ishtirokchilarni saralab olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1-bosqich

Koʻrik-tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan shaxs

Forum veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi va roʻyxatdan oʻtish jarayonida kerakli hujjatlarni taqdim etadi.

Forum oʻtkaziladigan yilning 10-fevralidan 10-mayiga qadar

2-bosqich

“Hunarmand” uyushmasi

Taqdim qilingan hujjatlarni umumlashtirgan holda saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

1-iyunga qadar

3-bosqich

Saralash komissiyasi

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan kiritilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.

Qabul qilingan qaror (ishtirokchilar roʻyxati)ni Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.

10-iyunga qadar

 

4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Xorijiy ishtirokchilar roʻyxatini tasdiqlaydi va ishtirokchilarni xabardor qilish maqsadida “Hunarmand” uyushmasiga taqdim etadi.

1-avgustga qadar

5-bosqich

“Hunarmand” uyushmasi

Ishtirokchilarni ularning elektron manziliga taklifnoma yuborish orqali xabardor qiladi.

Roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 10 kun muddatda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1v-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro kulolchilik forumi doirasida oʻtkaziladigan Milliy hunarmandchilikning kulolchilik yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan milliy va xorijiy brend mahsulotlari koʻrik-tanloviga konferensiya ishtirokchilarini saralab olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Konferensiyada ishtirok etish istagini bildirgan shaxs

Forum veb-sayti orqali Tashkiliy qoʻmitaga tegishli materiallarni taqdim etadi.

Konferensiya oʻtkazilishidan uch oy oldin

2-bosqich

“Hunarmand” uyushmasi

Taqdim qilingan hujjatlarni umumlashtirgan holda saralash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Konferensiya oʻtkaziladigan yilning 10-iyuliga qadar

3-bosqich

Saralash komissiyasi

Saralash komissiyasi kiritilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.

Qabul qilingan qarorni Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritadi.

20-iyulga qadar

4-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

Forumda qatnashuvchilar roʻyxatini tasdiqlaydi.

1-avgustga qadar

5-bosqich

“Hunarmand” uyushmasi

Forum qatnashuvchilarini xabardor qiladi.

Roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 10 kun muddatda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyuldagi 370-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yilda Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Ijro uchun masʼullar

Vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Tashkiliy masalalar

1.

2023-yil sentabr oyida Xalqaro kulolchilik forumini oʻtkazish va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini (keyingi oʻrinlarda — Forum) tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning yigʻilishini oʻtkazish.

1. Ushbu chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar boʻyicha masʼul ijrochilarni belgilash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda smeta xarajatlari masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qoʻmita yigʻilishlarini oʻtkazish.

2023-yil fevral, may, avgust

Tashkiliy qoʻmita aʼzolari

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

F. Ruziyev,

M. Vaxobov

2. Forum doirasida:

a) ishtirokchilarni kutib oluvchi va kuzatuvchi;

ishtirokchilarni mehmonxonaga joylashtiruvchi va transport bilan taʼminlovchi;

ishtirokchilarni ovqatlantirishni tashkil etuvchi;

tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yorituvchi;

madaniy dam olishni tashkil etuvchi;

tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qiluvchi guruhlar tuzish;

b) tarjimon va volontyorlarga yoʻriqnoma berish va ularni oʻqitish.

2023-yil mart

Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Forum oʻtkaziladigan joyni tayyorlash (Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Kulolchilik markazi).

1. Forum oʻtkaziladigan joyni belgilash toʻgʻrisida Fargʻona viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda Forumda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi boʻyicha har biriga alohida) hamda xorijlik hunarmandlar uchun alohida joylar tashkil etish, shuningdek, koʻngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar va eko-hojatxonalar uchun alohida joylar ajratilishini nazarda tutish.

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda Forum doirasida Rishton tumanida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2023-yil mart

Fargʻona viloyati hokimligi

A. Ramatov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov

3. Forum oʻtkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

2023-yil iyul-avgust

Fargʻona viloyati hokimligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ

3.

Forum ishtirokchilarini mehmonxona bilan taʼminlash.

1. Rishton tumani va unga chegaradosh tuman (shahar)larda mavjud mehmonxonalardagi oʻrinlar sonini xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil aprel

Fargʻona viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, vazirliklar va idoralar

A. Abduhakimov,

O. Qudratov

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish imkoniyati yetarli boʻlmagan taqdirda, Rishton tumaniga qoʻshni boʻlgan tuman (shahar) hududlaridagi mehmonxonalardan qoʻshimcha joy zaxiralari shakllantirish.

2023-yil davomida

4.

Forumni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish.

1. Forum dasturini II Xalqaro hunarmandchilik festivali dasturi asosida ishlab chiqish.

2023-yil aprel

“Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

D. Xolmurodov,

F. Ruziyev

2. Dasturni turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarga keng joylashtirish orqali targʻib qilish.

2023-yil may

5.

Esdalik buyumlarini tayyorlash.

1. Forumni targʻib etuvchi esdalik buyumlari va bosma mahsulotlar (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) tayyorlash.

2. Esdalik buyumlari va bosma mahsulotlar (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) eskizlarini yaratish boʻyicha ijodkorlarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrish.

2023-yil fevral

“Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Badiiy akademiya, Turizm va madaniy meros vazirligi

A. Abduhakimov,

F. Ruziyev,

O. Qudratov,

D. Xolmurodov

6.

Rishton tumanida umumiy ovqatlanish xizmatlari toʻlaqonli koʻrsatilishini taʼminlash.

1. Forum davomida Rishton tumanidagi mavjud umumiy ovqatlanish tashkilotlarining mehmonlarni qamrab olish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2023-yil aprel

Fargʻona viloyati hokimligi, vazirliklar va idoralar

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

Sh. Abidov

2. Zaruratga koʻra yangi kafe va restoranlar tashkil qilish choralarini koʻrish.

2023-yil aprel — avgust

3. Zamon talablari asosida milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash.

Forum oʻtkaziladigan kunlari

7.

Yoʻlovchi tashish xizmati koʻrsatilishini tashkil etish.

1. Rishton tumanidagi barcha taksi xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlarni xatlovdan oʻtkazish, ularning texnik tayyorgarlik holatini oʻrganib chiqish.

2023-yil may

Fargʻona viloyati hokimligi, Transport vazirligi

A. Ramatov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov

2. Zaruratga koʻra Fargʻona viloyatining boshqa hududlaridan Rishton tumaniga taksi xizmati koʻrsatuvchi subyektlarni shartnoma asosida jalb qilish.

Forum oʻtkaziladigan kunlari

3. Tashabbuskorlarning taklifiga binoan ularga yoʻlovchi tashish transportlarini imtiyozli shartlarda sotib olishga (shu jumladan, kredit, lizing asosida) koʻmaklashish.

2023-yil davomida

8.

Mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Xorijdan tashrif buyuradigan Forum ishtirokchilarini mahalliy temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda kutib olish, kuzatish boʻyicha maxsus shtablar tashkil qilish. Shtablar faoliyati bilan bogʻliq barcha xarajatlarni belgilangan tartibda moliyalashtirish.

2. Mehmonlarni kutib olish joylarida Forum toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar qayd etilgan stendlar oʻrnatish.

3. Forum kunlari Toshkent shahridan Qoʻqon hamda Fargʻona shaharlariga harakatlanuvchi Forum ishtirokchilari uchun yoʻlovchi poyezdlarida belgilangan tartibda joylar ajratilishi va zarur hollarda qoʻshimcha poyezdlar qoʻyilishini taʼminlash.

4. Forumga moʻljallangan alohida yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish.

Forum oʻtkaziladigan kunlari

Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ

A. Ramatov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov

9.

Xavfsizlikni taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish.

Forum oʻtkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tez tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini koʻrish.

Forum oʻtkaziladigan kunlari

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

X. Berdibayev,

M. Vaxobov

II. Madaniy-maʼrifiy tadbirlar

10.

Forum rasmiy veb-saytini ishlab chiqish va ishga tushirish.

1. Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida Forum rasmiy veb-saytini yaratish va unda Forum toʻgʻrisidagi axborotlarni uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz tillarda) muntazam yoritib borish.

2. Forumda ishtirok etishni istagan xorijiy davlatlar hunarmandlarining ushbu sayt orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari va roʻyxatdan oʻtishlari uchun imkoniyat yaratish.

2023-yil fevral — sentabr

“Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Fargʻona viloyati hokimligi

A. Abduhakimov,

O. Qudratov,

D. Xolmurodov,

F. Ruziyev

11.

Mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida Forumni muntazam yoritib borish.

1. Forum doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil may

Fargʻona viloyati hokimligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, vazirliklar va idoralar

A. Abduxakimov,

O. Qudratov,

Sh. Abidov,

D. Xolmurodov,

F. Ruziyev

2. Forumni targʻib etuvchi kamida 3 ta (oʻzbek, rus va ingliz tillarida) reklama roliklarini tayyorlash, markaziy va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

2023-yil iyun

3. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini Forumni targʻib qiluvchi foto va videomateriallar bilan taʼminlash, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali sayyohlar hamda hunarmandlarni Forumda ishtirok etishga undovchi targʻibot materiallarini namoyish etish.

2023-yil davomida

4. Forumni xorijlik sayyohlar ekskursiya marshrutiga kiritish.

12.

Forumda milliy hunarmandchilik namunalarining keng taqdimotini tashkil qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning oʻziga xos milliy kulolchiligini aks ettiruvchi koʻrgazmali joylarni tayyorlash.

2023-yil avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi,Savdo-sanoat palatasi, Badiiy akademiya

A. Abduhakimov,

Sh. Abidov,

O. Qudratov,

D. Xolmurodov

2. Respublikaning barcha hududlarida faoliyat olib boruvchi kulollar ishtirokini taʼminlash.

Forum kunlari

3. Forum uchun ajratilgan maydon hududida Forum ishtirokchilari uchun mahorat darslari oʻtkazish.

2023-yil mart, may, avgust

13.

Xorijlik mehmonlarni Oʻzbekistonning tarixiy, madaniy va maʼrifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Forumning xorijlik ishtirokchilari va mehmonlarini shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish.

2023-yil iyul

Turizm va madaniy meros vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

A. Abduxakimov,

O. Qudratov,

Sh. Abidov

2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, taʼmirlash hamda mehmonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish.

2023-yil avgust

Fargʻona viloyati hokimligi

3. Oʻzbek xalqining tarixi va madaniy hayoti, hunarmandlar turmush tarzini oʻzida aks ettiruvchi teatrlashtirilgan ochilish va yopilish marosimlari, konsert dasturlari ssenariysini tayyorlash.

2023-yil iyul

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

4. Sahnalashtirish jarayonlariga tajribali rejissorlar, yozuvchi va shoirlar, teatr namoyandalari, sanʼat va madaniyat arboblarini jalb etish.

14.

“Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

Tashkiliy qoʻmitaning murojaatiga asosan Forum oʻtkaziladigan hududlarda belgilangan tartibda Wi-Fi nuqtalarini tashkil etish choralarini koʻrish.

Forum oʻtkaziladigan kunlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi

Sh. Rajabbayev,

F. Ruziyev

III. Forum tadbirlarini moliyalashtirish

15.

Forumni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni moliyalashtirish.

1. II Xalqaro hunarmandchilik festivali xarajatlari smetasini ishlab chiqish doirasida Forum xarajatlarini hisoblab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil fevral

Fargʻona viloyati hokimligi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, vazirliklar va idoralar

A. Abduhakimov,

Sh. Abidov,

F. Ruziyev,

O. Qudratov,

D. Xolmurodov

2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablagʻlarni Forum boshlanmasdan oldin toʻlab berish choralarini koʻrish.

2023-yil aprel

3. Muayyan tadbirlarni moliyalashtirishga davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini belgilangan tartibda keng jalb qilish.

2023-yil davomida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/370/0610-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)