1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3372]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Direktor A. ORTIKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 6-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 31-may
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 6-iyun
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 170-son buyrugʻiga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hokim yordamchisi — mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) “Davlat mulki” axborot tizimida joriy etilgan, onlayn-buyurtmanomalarni qabul qilish va ularni qayta ishlash maxsus moduli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti — davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat muassasalarining maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan belgilangan muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, shuningdek uch oydan ortiq muddat davomida boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, shu jumladan umumiy maydonining 50 foizidan koʻprogʻidan (bir bino yoki noturar joy xonasi konturi doirasida) tovarlar ishlab chiqarishda (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) foydalanilmayotgan obyektlar (mavsumiy tusdagi faoliyat amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno);
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 20-martdagi 01/14-23/35-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3372-1, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soha obyektlari — davlat maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional va oliy taʼlim tashkilotlari, kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha koʻrsatish muassasalari, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, kinolashtirish obyektlari (ushbu sohadagi vazirlik, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalarining maʼmuriy binolaridan tashqari);
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 20-martdagi 01/14-23/35-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3372-1, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
onlayn-buyurtmanoma — hokim yordamchisining axborot tizimi orqali Agentlikning hududiy boshqarmalariga boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini sotish boʻyicha yuborgan elektron murojaati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“E-auksion” elektron savdo platformasi (bundan buyon matnda elektron onlayn-auksion deb yuritiladi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
balansda saqlovchi — boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini balansida saqlovchi davlat organlari, davlat tashkilotlari va davlat muassasalari.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 20-martdagi 01/14-23/35-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3372-1, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, onlayn-buyurtmanoma hokim yordamchilari tomonidan axborot tizimi orqali beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomalariga asosan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish shartlari, agar qonunchilik hujjatlarida yoki Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Onlayn-buyurtmanoma berish va uni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hokim yordamchisi oʻziga biriktirilgan mahallada aniqlangan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Agentlikning hududiy boshqarmalariga axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, onlayn-buyurtmanoma axborot tizimi orqali hokim yordamchisining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining toʻliq manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining fotosuratlari va aniq geolakatsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha taklif, agar mavjud boʻlsa. Bunda, tegishli mahalla va (yoki) obyektning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, aynan qaysi yoʻnalishlar uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha hokim yordamchisining taklifi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasi axborot tizimi orqali Agentlikning tegishli hududiy boshqarmalariga avtomatik ravishda kelib tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan soʻng, uch ish kuni ichida Agentlikning hududiy boshqarmalari masʼul xodimlari tomonidan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti joyiga chiqqan holda koʻzdan kechiriladi hamda quyidagilar oʻrganiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻchmas mulk obyektining davlat organi, davlat tashkiloti yoki davlat muassasasiga tegishli ekanligi hamda boʻsh turganligi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 20-martdagi 01/14-23/35-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3372-1, 07.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadastr hujjatlariga muvofiq boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining umumiy yer maydoni va bino-inshootlar egallagan maydoni hamda balansda saqlovchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining ijtimoiy soha obyekti toifasiga kirishi yoki kirmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan hududlarni rivojlantirish dasturida (tarmoq jadvalida) mavjud yoki mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud yoki mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov)ning mavjud yoki mavjud emasligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Agentlik hududiy boshqarmasining masʼul xodimi oʻrganish jarayonida balansda saqlovchidan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin. Bunda, balansda saqlovchi boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir ish kuni ichida masʼul xodimga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish quyidagi hollarda rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt davlat koʻchmas mulk obyekti hisoblanmasa yoki boʻsh turgan boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydoni 2000 kvadrat metr va undan ortiq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti hududlarni rivojlantirish dasturi (tarmoq jadvali)da mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiylashtirish dasturlariga kirgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat mulkini sotishda Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi va Agentlikning boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanish boʻyicha qarori mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov) mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish rad etilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida axborot tizimi orqali hokim yordamchisiga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boʻsh turgan koʻchmas mulk obyekti xususiy mulk boʻlgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 666-son “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish uchun ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlmaganda, Agentlikning hududiy boshqarmalari bir ish kuni ichida hokim yordamchisining onlayn-buyurtmanomasini elektron tizim orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazadi hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Onlayn-buyurtmanoma axborot tizimi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazilganda, uch ish kuni ichida Agentlikning hududiy boshqarmalari boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini savdoga chiqarish toʻgʻrisida tegishli buyruq qabul qiladi va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksionga chiqarish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini sotishga tayyorlash va savdoga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Tadbirlar
Masʼullar
Ijro muddati
1-bosqich
Hokim yordamchisi tomonidan oʻziga biriktirilgan mahallada aniqlangan maydoni 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha qisqacha maʼlumotlarni (obyektning toʻliq manzili, fotosuratlari, aniq geopozitsiyasi, obyektdan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha taklifi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarining boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish va obyektni onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha elektron buyurtmanomani yuborish.
Hokim yordamchilari
Doimiy
2-bosqich
Agentlikning “Davlat mulki” axborot tizimiga kelib tushgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha maʼlumotlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish.
Agentlikning hududiy boshqarmalari
Onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan soʻng, 3 (uch) ish kuni ichida
3-bosqich
Oʻrganish natijalariga koʻra:
a) boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, hokim yordamchisiga Agentlikning “Davlat mulki” AT orqali asoslangan javob yuborish;
b) boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish uchun sabablar boʻlmaganda, onlayn-buyurtmanomani elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazish hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabar berish.
Agentlikning hududiy boshqarmalari
1 (bir) ish kuni ichida
4-bosqich
Onlayn-buyurtmanoma Agentlikning “Davlat mulki” AT orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayonlariga oʻtkazilganda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini sotish toʻgʻrisida buyruq qabul qilish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari
3 (uch) ish kuni ichida
Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish.
belgilangan muddatlarda
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/3372/0575-son; 07.04.2025-y., 10/25/3372-1/0307-son; 01.07.2025-y., 10/25/3372-2/0600-son)