28.06.2022 yildagi PQ-298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda avtotransport vositalari haydovchilari uchun qoʻshimcha qulayliklarni yaratish, aholining avtotransport vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq muammolarini tezkorlik bilan hal etish, shuningdek, fuqarolarimizning bu boradagi istaklari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Keng jamoatchilik bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot doirasida aholidan avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga ruxsatnoma berish uchun toʻlov stavkalari miqdorini kamaytirish hamda avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kelib tushayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun toʻlov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishlab chiqarilganiga oʻn yilgacha boʻlgan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yengil avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilganiga oʻn bir yildan oʻn toʻrt yilgacha boʻlgan yengil avtomototransport vositalari — ikki yilda bir marta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarilganiga oʻn besh yil va undan ortiq boʻlgan yengil avtomototransport vositalari — bir yilda bir marta.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransport vositalari uchun tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan ham amalga oshirish tartibi joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berilgan avtotransport vositasiga boʻlgan egalik huquqi oʻzgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining maʼlumotlarida oʻzgarish boʻlganda avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini avtomatik tarzda saqlab qolish tartibini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2022-yil 28-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-298-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-298-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 547-son qarorining 2-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari old yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi — 30 foizdan kam boʻlmagan darajada, shuningdek, M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini yorugʻlik oʻtkazuvchanligi — 30 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirish (qoraytirish) tasdiqlangan davlat standarti boʻyicha, shuningdek, xorijiy davlatlarning ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan tusi yuqorida belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlmagan darajada oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar oʻrnatilgan, erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnomaga asosan amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “b” kichik bandi “avtotransport vositalari orqa oynasining tusini,” soʻzlaridan keyin “M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) quyidagi mazmundagi “b1” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b1) oynalar tusini oʻzgartirishga ruxsat berilgan avtotransport vositasiga boʻlgan egalik huquqi oʻzgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining maʼlumotlarida oʻzgarish boʻlganda (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning joylashgan joyi (pochta manzili) yoki nomlanishi oʻzgartirilganda) avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtomatik tarzda saqlab qolinadi;”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshisi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“orqa va old yon oynalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravari miqdorini va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn toʻrt baravari miqdorini tashkil etadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 125-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2022-yil 31-dekabrga qadar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmatlari yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari uchun bittadan harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalarini xarid qilsin va foydalanishga kiritsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 5-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tadbirkorlik subyektlari mobil diagnostika stansiyalaridan faqat tadbirkorlik subyektlarining statsionar (turgʻun) diagnostika stansiyalari mavjud boʻlmagan uzoq hududlarda foydalanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-band 2022-yil 1-sentabrdan eʼtiboran quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va oʻrindiqlar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari — bir yilda ikki marta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishlab chiqarilganiga olti yildan koʻp boʻlmagan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn bir yildan oʻn toʻrt yilgacha (oʻn toʻrtinchi yili ham) boʻlgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ishlab chiqarilganiga olti yildan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari, ishlab chiqarilgan vaqti aniq boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari), shuningdek, ishlab chiqarilganiga oʻn besh yil va undan ortiq boʻlgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tirkamalar texnik koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarilganiga oʻn yilgacha (oʻninchi yili ham) boʻlgan jismoniy shaxslarga tegishli M1 toifadagi transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) texnik koʻrikdan ixtiyoriy ravishda oʻtkaziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Ishlab chiqarilganligidan qatʼi nazar transport vositalarini DYHXX organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda), ularning agregat raqamlari texnik hujjatlarga mosligi tekshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“avtomatik boshqaruvga ega boʻlgan M1 toifali transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz yoʻlagi mavjud boʻlishiga”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“gaz yonilgʻisida ishlaydigan transport vositalarida gaz sizib chiqishini aniqlovchi (techeiskatel) uskunasiga”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-band “viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari” soʻzlaridan keyin “jamoat xavfsizligi xizmatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — YHXBB)” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga (keyingi oʻrinlarda — YHXX)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshidagi “YHXBB” qisqartmasi “YHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“DYHXXning mobil diagnostika stansiyalarida transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu mablagʻ Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” soʻzlari “Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12. Ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydon 70 kvadrat metrdan kam boʻlmasligi kerak”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 465-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirish)ga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan koʻrsatilganda, ushbu xizmat uchun yigʻimlar Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarda toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati uchun yigʻimlar davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilganda, Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarning 90 foizi toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ushbu toʻlovlar summasi quyidagicha taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88,75 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-band quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) oid davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan koʻrsatilganda, ushbu xizmat uchun yigʻimlar Vazirlar Mahkamasining “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi 547-son qarorida koʻrsatilgan miqdorlarda toʻlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Davlat xizmati YIDXP orqali mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida, vakolatli organ tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilganda 1.1-ilovada keltirilgan sxema asosida koʻrsatiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bobning nomlanishidan “YIDXP orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — Tizim) foydalangan holda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga murojaat qilganda, vakolatli organ masʼul xodimi tomonidan ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani ariza beruvchi nomidan toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza beruvchi davlat xizmatidan YIDXP orqali foydalanmoqchi boʻlsa, u YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-banddagi “uni ariza beruvchining” soʻzlari “ariza beruvchiga yoki uning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-bandidan “, shu jumladan, YIDXP orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) quyidagi mazmundagi 1.1-ilova bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1.1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish uchun vakolatli organga murojaat etish.

2. Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha soʻrovnoma vakolatli organ tomonidan ariza beruvchi nomidan toʻldirish.

Murojaat qilingan vaqtda

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Davlat yoʻl harakati xavfsizlik xizmati “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning toʻliqligini tekshirish.

2. Soʻrovnomada maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagan yoki toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan taqdirda, soʻrovnomani rad etish.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Vakolatli organ

Davlat yoʻl harakati xavfsizlik xizmati “Avtomototransport” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ariza beruvchiga toʻlovni amalga oshirish uchun hisob raqamni taqdim etish

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Ariza beruvchi

Ruxsatnoma uchun toʻlovni amalga oshirish.

10 kun mobaynida

5-bosqich

Vakolatli organ

1. QR kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnomani avtomatik ravishda rasmiylashtirish hamda uni ariza beruvchiga elektron shaklda yuborish.

2. Avtotransport vositasini hisobga olish elektron maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Toʻlov toʻliq amalga oshirilgan vaqtdan soʻng 2 soat davomida

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2022-y., 07/22/298/0571-son)